6 -§. Mikrodarajadagi tadbirkorlik va mulk formalari
Tadbirkorlik faoliyati bozorning zarur elementi bo‘lib
hisoblanadi. Bu degan so‘z tadbirkorlik faqat maksimal foyda olish emas «tadbirkor» degan term in XVIII asrda A.Smit va
boshqa iqtisodchilarning asarlarida paydo bo'ldi. Bizning davrimizda, tadbirkor haqida gap kelganda xo‘jalik yuritish san'ati, iqtisodiy va tashkiliy ijod, boshqarish, shijoat ko'rsatish, yangilik yaratish, tijorat riskiga tayyor bo'lish va
h.k. kabi tushunchalar tushuniladi.
Bozor tadbirkorlik faoliyati har xil tashkiliy-iqtisodiy formalarda amalga oshiriladi.
Yakka tadbirkorlik kicliik biznesga kiritiladi hamda u xususiy va oilaviy mulk formasiga asoslangan. Kichik biznes ikki xil usulda tashkil etilishi mumkin: a) tadbirkoming o'zi va oila a’zolari mehnatiga asoslangan mehnat faoliyati; b) yollan- gan xodimlar mehnatini jalb qilish yo‘li bilan amalga oshirilgan xususiy (oilaviy) tadbirkorlik.
O ‘rtoqlik har xil mulk (payli, qismli) egalari asosida bir- lashtirish. Paylar asosida va yordamida quyidagi funksiyalar amalga oshiriladi: 1) o'rtoqlik a’zolari o'rtasida qo'shilgan payga proporsional ravishda foydani taqsimlash; 2) firma faoliyati bilan bog'liq masalalami yechishda o'rtoqlik a’zolari qo'shilgan payga proporsional ravishda qatnashadilar. Pay- ning nominal qiymati deganda, kapitalning o'rtoqlikka kiritilgan paytdagi qiymati tushuniladi. Uning balansdagi qi ymati esa payga to 'g 'ri kelgan kapital qiymatini qo'shgandagi qiymatiga aytiladi.
Aksionerlik jamiyatlari aksionerlik m ablagiari bilan pay sifatida ishtirok etuvchi ishtirokchilar (aksionerlar) yig'indisi. O'rtoqlikdan farqli o'laroq aksioner jamiyatlari aksiyalar ko'rinishidagi pul formasida o'z kapitallarini tashkil etadilar. Aksiya — bu qiymatli qog'oz-pul bo'lib, uning egasining ak sioner kapitalidagi qismi (ulushi)ni anglatadi va shu ulushga asosan u kapitaldan olingan daromadning qismini (divi- dendni) oladi.
Aksiyalar nomi bilan, shuningdek, ko'rsatgan odam nomi
bilan chiqariladi. Dividendlarni olish usuli bo'yicha aksiyalar imtiyozli va odatdagicha aksiyalarga bo'linadilar.
Imtiyozli aksiyalar belgilangan dividendga ega bo'ladi, uni birinchi bo'lib olish huquqiga ega bo'ladilar, lekin uning egasiga aksioner jamiyati majlislarida ovoz berish huquqini bermaydi.
Odatdagi aksiyalar egalari imtiyozli aksiya egalari olgan daromaddan qolgan qismini oladilar, lekin uning egasiga majlislarda ovoz berish huquqi beriladi.
Yopiq va ochiq aksionerlik jamiyatlari mavjud bo'lib, „ ularning aksiyalari fondlar bozorida sotiladi va sotib olinadi.
Aksioner jamiyatlarining yuqori organi bo'lib, ovoz beruvchi aksionerlar majlisi hisoblanadi va ular boshqaruvchi va na zorat qiluvchi organlarni — Direktorlar kengashi, Boshqaruv hay’ati, Taftish komissiyasi va boshqalardan saylaydilar.
Kapitalni tashkil etishning aksionerlik formasi mulkchi- likni qo'shilishi, xo'jalik yuritish formalari va iqtisodiy qiziqish bozorning har xil tashkiliy-iqtisodiy formalarini tash kil topishiga va rivojiga sabab bo'ladi: firmalar, Xolding kompaniyalari, investitsiya fondlari va h.k.
Xolding kompaniyalari bir qancha aksioner jamiyatlarini
«nazorat paketini» o'z qo'lida asrab, ularga nisbatan «опа» kompaniya sifatida yuzaga keladi, ular esa o'z navbatida unga «qiz» kompaniyalar hisoblanadi. Shu bilan birga ushbu
«опа» kompaniya boshqa quwatliroq kompaniyaga nisbatan
«qiz» kompaniya bo'lib ham hisoblanishi mumkin. Bunday bozor mexanizmi «qatnashish tizimi» deb ataladi va ular katta hajmdagi kapitalni nazorat qiladiiar. «Investitsiya fond lari» ham shunga xizmat qiladiiar, ular ko'p sonli kichik in- vestorlar kapitallarini birlashtiradilar, u mablag'larni har xil kompaniyalar aksiyalarini sotib olishga ishlatadilar va o'z
manfaat lari yo'lida foydalanadilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Davlat korxonalari hayotiy zarur, katta aholiga ega bo'lgan yoki katta hajmdagi kapital talab qiladigan tarm oq- larda (energetik, temir yo‘1 transporti, aloqa. aerokosmik kompleks va boshqalar) tashkil etiladi. Davlat korxonalarini asosiy uch guruhga bo'lish mumkin: budjet korxonalari, dav lat korporatsiyalari, aralash aksionerlik kompaniyalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |