Aholi va uning eng faol qismi bo’lgan mehnat resurslari makroiqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. Makroiqtisodiyot aholi va mehnat resurslarining ijtimoiy- iqtisodiy yo’nalishlarini tadqiq etish orqali uni samarali boshqarish va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishni maqsad qilib oladi. Chunki, mehnat resurslari va uning faol qismi bo’lgan ish kuchi ishlab chiqaruvchi kuchlarning eng asosiy qismidir. Shu bilan birga mehnat resurslari bozor iqtisodiyoti munosabatining tarkibiy elementlaridir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida respublikamizda mehnat bozori, mehnatni boshqarish institutlarini va iqtisodiy huquqiy mexanizmlarini yaratish talab etiladi. Bozor iqtisodiyoti erkin ishlab chiqaruvchilarning, iste’molchilarning gorizantal munosabatlariga asoslanar ekan, ishsizlik, qashshoqlik ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligi kabi salbiy xodisalarning bo’lishi mumkinligini nazarda tutish zarur. Umuman makroiqtisodiyotni mutassil o’sish sur’atlarini ta’minlash uchun respublika aholisining o’sish sur’atlarini tartibga solish lozim. Aholining o’sishi esa ish kuchining manbaidir.
Mehnot bozorida ham talab va taklif qonunlari amal qiladi. Buning mohiyatini anglashdan oldin ish kuchini ish bilan bandlik kontsepsiyasini bilish lozim. Ish bilan bandlikning klassik nazariyasini hozirgi mehnat bozoridagi raqobat sharoitida “talab va taklif”ning umumbashariy funktsiyasidan boshlanadi. Hozirgi raqobat sharoitida ishbilarmonlar ish kuchidan shunday miqdorda foydalanadilarki bunda mehnatning yuqori mahsuli real ish xaqi bilan teng bo’lishi yoki ish xaqqi xajmining puldagi ifodasi mehnatning yuqori maxsuli qiymatiga teng bo’lishi kerak. Agar real ish xaqqi miqdori oshsa ishbilarmon ish kuchiga bo’lgan talabni qisqartiradi, agar real ish xaqqi kamaysa ish kuchiga bo’lgan talab ortadi. Bu yerda ishbilarmon shu yo’l bilan daromadning kamayishini muvozanatlashtiradi.
Ma’lumki klassik iqtisodiy nazariyada ish bilan to’la bandlik, bozor iqtisodiyotining normasi eng yaxshi iqtisodiy siyosat deb esa davlatni iqtisodiyotga aralashmasligi tushuniladi.
Keyns nazariyasiga ko’ra sof kapitalizm uchun ishsizlik xos bo’lib ishsizlikning mavjud bo’lishi tabiiy holdir. Resurslarni isrof bo’lmaslik uchun davlat iqtisodiyot bilan faol shug’ullanishi lozim. Bu g’oya ishchi kuchiga tegishlidir.
Keyns nazariyasining eng qat’iy jihati shundaki u bozor iqtisodiyoti sharoitida ish bilan to’la bandlikni ta’minlovchi xech qanday mexanizm yo’qligini aniqlab berdi. Makroko’lamda iqtisodiy muvozanatga erishish mumkin shunda ham ma’lum salmoqda ishsizlik va inflyatsiya saqlanib qolinishi ilmiy jihatdan isbotlangan.
Makroiqtisodiyotni asosiy maqsadlaridan biri aholining yuksak darajada ish bilan bandligini ta’minlashdir. T. A. Samuelsonning ta’rificha, ish
qidirmayotganlardan tashqari barcha ishlovchilar va ishlamoqchi bo’lganlar ishchi kuchini tashkil etadi.
“Aholining ish bilan bandligi” degan tushuncha bor. Lekin bunday natijaga o’z-o’zidan erishib bo’lmaydi, chunki 100% aholining ishlamoqchi bo’lgan qismini ish bilan deyarli ta’minlab bo’lmaydi. Shuning uchun ham ma’lum miqdorda aholining ishsiz bo’lishi iqtisodiy jihatdan normal va asoslidir.
Ishsizlarning quyidagi turlari mavjud:
Ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan ta’minlanishini kutayotgan ishchi kuchlari. Bu guruh ishsizlar iqtisodchilar tilida friktsion ishsizlik ham deyiladi. U asosan ish joylarining kengayishi, mavsumiy ishlar, korxonadagi eski modelning yangisi bilan almashishi natijasida paydo bo’ladi. Friktsion ishsizlikning bo’lishi ma’lum darajada iqtisodiy jihatdan zarurat va uning bo’lishi ob’ektivdir.
Strukturali ishsizlik – iste’mol bozori ma’lum mahsulot bilan to’ldirilganda va u mahsulotga ehtiyoj qolmagan taqdirda tashkil topadi. Boshqacha so’z bilan aytganda mahsulotga ehtiyoj bo’lmaganligi uchun shu mahsulotni ishlab chiqaruvchilar ham ishsiz qoladi. Sanoatning joylashuvida bo’lgan o’zgarishlar ham strukturali ishsizlarni keltirib chiqaradi.
Tsiklik ishsizlik – ishlab chiqarishni pasayishi natijasida ishchi kuchiga bo’lgan talabning kamayishi va ishsizlarnign paydo bo’lishi
Friktsion va strukturali ishsizlik ilojisiz hol bo’lganligi uchun mutloq to’la ish bilan bandlikka erishish mumkin emas. Agar tsiklik ishsizlik bo’lmasa (0 ga teng bo’lsa), u holda to’la ish bilan banlikka erishiladi. To’la ish bilan bandlik davridagi ishsizlik tabiiy ishsizlik darajasi deyiladi.
Tabiiy ishsizlik darajasi bilan bog’liq holdagi real milliy mahsulot xajmi iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyati deyiladi.
O’zbekistonda mehnat bozori faoliyati quyidagi omillarga bog’liq:
aholi soni, yoshi va jinsining salmog’idagi o’zgarishlarga;
ish bilan birgalikda tarmoq va hududiy o’zgarishlar;
qo’shimcha ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish me’zoni;
ishlab chiqarish xajmiga, uning o’sish sur’atiga, ishlab chiqarish strukturasiga;
ishlab chiqaruvchi kuchlarning hududiy joylashuviga;
mehnat resurslarini boshqarish usuliga.
Demak, aholi bir tomondan moddiy boyliklar yaratuvchisi, ikkinchi tomondan esa iste’molchi hamdir. Uning mana shu ikki tomonlama xususiyati mutanosib sotsial-iqtisodiy vaziyatni shakllantirishni talab etadi. Bu esa aholining o’zi bilan bog’liq bo’lgan qonuniyatlarni jarayonlarni kuzatish, tahlil etish va boshqaruv asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |