Iqtisodiy geografiya



Download 296,14 Kb.
bet93/137
Sana02.02.2022
Hajmi296,14 Kb.
#425189
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   137
Bog'liq
Iqtisodiy geofrafiya (2)

30-jadval


O’zbekiston aholisi tabiiy o’sishning mutloq ko’rsatkichlari va koeffitsentlari



Yillar


Ming kishi hisobida

Aholining har 100ga nisbatan

Tug’ilganl ar

O’lganlar

Tabiiy o’sish

Tug’ilganl ar

O’lganlar

Tabiiy o’sish

1980

540,0

118,9

421,1

33,9

7,5

26,4

1981

572,0

117,8

454,4

34,9

7,2

27,7

1982

589,3

124,1

465,2

35,0

7,4

27,6

1983

609,4

128,8

480,6

35,3

7,5

27,8

1984

641,4

132,0

509,4

36,2

7,4

28,8

1985

679,1

137,7

547,4

37,4

7,3

30,1

1986

708,7

132,2

576,5

37,9

7,4

30,8

1987

714,4

133,8

580,6

37,3

7,1

30,3

1988

694,1

134,7

559,4

35,3

6,8

28,5

1989

668,8

126,9

541,9

33,3

6,3

27,0

1990

691,6

124,5

567,1

33,7

6,1

27,6

1991

723,4

130,3

593,1

34,5

6,2

28,3

1992

710,5

140,1

570,4

33,1

6,5

26,6

1993

689,2

148,0

544,3

31,4

6,6

24,8

1994

680,0

148,0

532,0

30,1

6,9

23,2

1995

669,8

150,4

519,8

29,4

6,6

22,8

1996

692,1

148,6

546,5

29,8

6,4

23,4

1997

646,0

146,7

499,3

27,3

6,2

21,1

O’zbekistonda keyingi 10-15 yilda tabiiy o’sish sur’atlari sezilarli ravishda qisqardi (30-jadval). Bu xolat tug’ilish darajasining pasayishi bilan bog’langan. Tug’ilish darajasining qisqarishi demografik (ayollarning tug’ish yoshi chegarasining qisqarishi), milliy etnik (oiladagi bolalar sonining rejalashtirila boshlanganligi, ko’p avlodlar asosida tarkib topgan murakkab oilalar soni va salmog’ining kamayishi), ijtimoiy (aholining, shu jumladan qishloq aholisi ijtimoiy xarakatining oshishi) va boshqa omillarning bevosita va bilvosita ta’siri natijasida davom etmoqda.


O’zbekiston aholisi nafaqat tabiiy ko’payish, balki boshqa respublikalardan ko’chib kelayotganlar hisobiga ham ko’paymoqda. Aholishunos mutaxassislarning fikriga ko’ra 2010 yilga borib, O’zbekiston aholisining 30 mln. Kishidan ortadi.
O’zbekiston aholisiga xos bo’lgan yana bir muhim jihat, uning hududiy joylashuvida o’z aksini topadi. Bugungi kunga qadar O’zbekiston aholisining aksariyat qismi qishloq joylarida istiqomat qiladi. Buning albatta tarixiy, ijtimoiy- iqtisodiy sabablari bor. Ma’lumki, O’zbekiston hududi qadimiy qishloq xo’jaligi madaniyati rivojlangan maskanlardan biri hisoblanadi. Shu boisdan ham aholi azal- azaldan dehqonchilik uchun qulay bo’lgan hududlarda istiqomat qilib kelgan.
Obikor dehqonchilik asosan qo’l mehnatiga tayanishi sababli vodiylarda aholi azaldan zich, tog’ va cho’llarda esa noqulay sharoit tufayli siyrak joylashgan. Agar respublikamiz bo’yicha aholining zichligi xar bir km2ga 1999 yil yanvar ma’lumotiga ko’ra o’rtacha 53,0 kishini tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich Xorazm viloyatida – 165,6; Andijon viloyatida – 419,3; Farg’ona viloyati – 308,2 kishiga teng bo’lgan.
O’zbeklar, qoraqalpoqlar, tojiklar, qozoqlar, qirg’izlar O’zbekistonda qadim- qadimdan yashab kelayotgan tub joy aholisi hisoblanadi. O’zbeklar barcha shaharlarda, obikor yerlarda yashaydilar. Ruslar O’zbekistonga asosan Rossiya O’rta Osiyoni bosib olgandan keyin ko’chib kela boshladilar. Oktyabr to’ntarishidan so’ng Kommunistik partiyaning ulkan mamlakatning barcha qismlarini iqtisodiy va madaniy taraqqiyot darajasini tenglashtirishga yo’naltirilgan g’ayri ilmiy siyosati tufayli O’zbekistonga sobiq Ittifoqning g’arbiy mintaqasidan ko’plab aholi ko’chirib keltirildi. Bu esa O’zbekiston aholisining milliy tarkibiga hamda uning huddudiy joylashuviga jiddiy ta’sir ko’rsatdi.
Ruslar asosan Toshkent viloyatida, shuningdek barcha sanoat shaharlari, ishchi shaharchalarida yashaydi. Tatarlar ham asosan shaharlarda va qisman obikor yerlarda istiqomat qiladi. Qozoqlar esa O’zbekistonning Qozog’iston bilan chegaradosh tumanlarida – Qoraqalpog’istonning shimoliy qismida, Buxoro viloyatining Tomdi tumanida hamda Toshkent viloyatlarida yashaydilar. Tojiklar Tojikistonga tutash tumanlarida Surxondaryo, Zarafshon va Farg’ona vodiysida, Samarqand, Buxoro va Namangan viloyatlarida yashaydilar. Qoraqalpoqlar azaldan Amudaryo va Oro’l dengizi sohilida yashab keladilar va yaylov chorvachiligi, baliq ovlash hamda obikor dehqonchilik bilan shug’ullanadilar. Qrim tatarlari esa Toshkent, Namangan viloyatlarida yashab, dehqonchilik qiladilar, sanoat korxonalarida ishlaydilar. Qirg’izlar Qirg’izistonga tutash tog’li va tog’ oldi tumanlarida o’rnashgan bo’lib, yaylov chorvachiligi va dehqonchilik bilan shug’ullanadilar, shuningdek tog’-kon sanoatida faoliyat ko’rsatadilar. Koreys millatiga mansub bo’lgan aholi O’zbekistonning Chirchiq vodiysida, Amudaryo etagi va obikor yerlarda hayot kechiradilar. O’zbekistondagi yahudiylar, ukrainlar, Ozarbayjonlar, armanlar va boshqa xalqlar ham, aynan ruslar va tatarlar singari shahar va shaharchalarda istiqomat qiladilar.
Respublikamiz aholisining 85%dan ko’prog’ini madaniyati, urf-odati, tarixi va tilida umumiylik bo’lgan turkiy til guruhidagi xalqlar tashkil etadi. Ko’chirib keltirilgan xalqlar, xususan ruslar o’zbeklardan sug’orib dehqonchilik qilishni va sohibkorlikni o’rgandilar. Sabzovat yetishtirishga mirishkor qrim tatarlar esa o’zbeklardan g’o’zani parvarishlash, pilla boqishdek sermehnat hamda yuksak malaka talab qiluvchi sohalarni o’zlashtirdilar.



Download 296,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish