31-jadval
O’zbekiston Respublikasi aholisining milliy tarkibi (milliy tarkib bevosita aholi ro’yhati o’tkazilgan yillar asosida o’rganiladi)
MILLATLAR
|
Millatlar soni (ming)
|
Millatlar soni (%)
|
1959
|
1970
|
1979
|
1989
|
1959
|
1970
|
1970
|
1989
|
O’zbeklar
|
5038
|
7725
|
10569
|
14142
|
62,1
|
65,5
|
68,7
|
71,4
|
Ruslar
|
1029
|
1473
|
1666
|
1653
|
13,5
|
12,5
|
10,8
|
8,3
|
Tatarlar
|
445
|
574
|
649
|
531
|
5,5
|
4,9
|
4,2
|
2,7
|
Qozoqlar
|
343
|
347
|
620
|
808
|
4,2
|
4,0
|
4,0
|
4,1
|
Tojiklar
|
311
|
449
|
595
|
934
|
3,8
|
3,8
|
3,9
|
4,7
|
Qoraqalpoq.
|
168
|
230
|
298
|
412
|
2,1
|
2,0
|
1,9
|
2,1
|
Koreyslar
|
138
|
148
|
163
|
183
|
1,7
|
1,3
|
1,1
|
0,9
|
Qirg’izlar
|
93
|
111
|
142
|
175
|
1,1
|
0,9
|
1,9
|
0,9
|
Ukrainlar
|
88
|
112
|
114
|
153
|
1,1
|
0,9
|
0,7
|
0,8
|
Yahudiylar
|
94
|
103
|
100
|
65
|
1,2
|
0,9
|
0,6
|
0,3
|
Turkmanlar
|
55
|
71
|
92
|
122
|
0,7
|
0,6
|
0,6
|
0,6
|
Boshqalar
|
254
|
328
|
381
|
632
|
3,0
|
2,7
|
2,6
|
3,2
|
JAMI:
|
8119
|
11800
|
15380
|
19810
|
100
|
100
|
100
|
100
|
Aholi va u bilan bog’liq muammolarni hal etishda hisobga olinishi muhim bo’lgan jihatlardan biri aholining yosh va jinsiy tarkibidir. Chunki, aholining yosh- jinsiy tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlar zarur bo’lmagan ijtimoiy hayotning biron-bir sohasi amalda yo’q. Sababi, mazkur ma’lumotlar boshqarishning nihoyatda muhim elementi hisoblanadi. Aholi soni va tarkibini bashorat qilishda ham uning yosh- jinsiy tarkibiga asoslaniladi. Zero, aholining yosh tarkibi, ayniqsa, uning tabiiy qayta barpo qilinishi jarayoniga katta ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda tug’ilgan bolalarning asosiy qismi 25-34 yoshdagi ayollarga to’g’ri keladi, qoloq mamlakatlarda esa mazkur ko’rsatkich 16-29 yoshni tashkil etadi.
Respublika aholisida hozirgi kunda jinsiy mutanosiblik mavjud, ya’ni erkaklar va ayollar teng (32-jadval). Ammo ayni paytda ayrim, ayniqsa katta yoshdagi aholi guruhlarida ayollarning salmog’i ustun ekanligini ta’kidlab o’tish joizdir. Bunday holat juda ko’p mamlakatlarga xos bo’lib, ob’ektiv sabablar bilan asoslanadi.
32-jadval
O’zbekiston aholisining jinsiy tarkibi (foiz hisobida) E.Nabiev, A. Qayumov ma’lumotlari
Yillar
|
Yerkaklar salmog’i
|
Ayollar salmog’i
|
1926
|
53,0
|
47,0
|
1939
|
51,7
|
48,3
|
1979
|
49,0
|
51,0
|
1989
|
49,9
|
50,1
|
1997
|
50,0
|
50,0
|
Aholi yosh tarkibini o’rganishda uni ayrim guruhlarga ajratish muhim ahamiyat kasb etadi. Demografik va iqtisodiy statistika xilma-xil ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar bilan qamrab olinadigan aholi yosh guruhlarini ajratadi. Masalan, 0-2 yoshdagi yasli yoshidagi bolalar, 3-6 yoshdagilar – maktabgacha yoshdagi bolalar, 6(7)-15(17) yoshdagilar esa maktab yoshidagi bolalar va h.k. Iqtisodiy nuqtai nazardan mehnat qilish qobiliyati bo’yicha aholini quyidagi guruhlarga ajratilishi mumkin.
Mehnatga yaroqli yoshgacha;
Mehnatga yaroqli yoshdagi;
Mehnatga yaroqli yoshdan keyingi.
O’zbekiston bugungi kunda aholining qulay yosh tarkibiga ega bo’lib, bu jihat uning samarali ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotida muhim mezon bo’lib xizmat qiladi (5-jadval).
33-jadval
O’zbekiston aholisining yosh tarkibi (foiz hisobida)
Yosh guruhlari
|
Jami aholi
|
Shahar aholisi, 1989
|
Qishloq aholisi, 1989
|
1989
|
2000
|
0-4
|
16,2
|
15,4
|
13,6
|
18,0
|
5-9
|
13,2
|
13,5
|
11,3
|
14,6
|
10-14
|
11,4
|
11,5
|
10,0
|
12,3
|
15-19
|
10,1
|
10,2
|
10,2
|
10,1
|
20-24
|
9,3
|
9,4
|
9,4
|
9,1
|
25-29
|
9,0
|
9,1
|
9,3
|
8,8
|
30-34
|
7,0
|
7,1
|
7,8
|
6,5
|
35-39
|
5,1
|
5,3
|
6,2
|
4,4
|
40-44
|
2,9
|
3,0
|
3,7
|
2,3
|
45-49
|
3,2
|
3,0
|
3,8
|
2,7
|
50-54
|
3,3
|
3,1
|
3,9
|
2,8
|
55-59
|
2,8
|
2,8
|
3,2
|
2,6
|
60
|
6,5
|
6,8
|
7,7
|
5,8
|
Jami
|
100
|
100
|
100
|
100
|
O’zbekiston aholisi yosh tarkibi keltirilgan mazkur jadval ma’lumotlari tahlili natijasida quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
aholining aksariyati bolalar va o’smirlardan iborat. Yoshi 0-14ga teng bo’lgan aholining ulushi 1979 yilda 41,2%ni, 1989 yilda esa 40,8%ni tashkil etdi. Bunda o’g’il bolalar salmog’i qizlarnikidan biroz ortiq;
aholi tarkibida 30 yoshgacha bo’lganlarning salmog’i 1979 yilda 69,9%ga, 1989 yilda 69,2%ga teng bo’ldi. Bu esa G’arbiy Yevropa, Yaponiya, Kanada, AQSh mamlakatlariga xos bo’lgan ko’rstkichlardan 15-25 tartibga yuqori;
aholi tarkibida bolalar, o’smirlar va umuman yoshlarning salmog’i qisqarmoqda. Shu vaqtning o’zida mehnatga yaroqli yoshdagi aholining ulushi ko’paymoqda;
nafaqa yoshidagi aholining ulushi 1979-1989 yillarda qisqarib, 6,5%ga teng bo’lgan bo’lsa, so’ngi yillarda aholining bu guruhini salmog’i sezilarli darajada ortib bormoqda. Bu esa o’z navbatida o’rtacha umr davrining o’sishiga sabab bo’lmoqda (1990 yilda qisqarib, 69,3 yosh, 1996 yilda esa 70,1 yosh).
Mehnat resurslari va ulardan foydalanish
Bugungi milliy istiqlol va bozor iqtisodiyoti munosabatlari shakllanayotgan sharoitda aholining tabiiy ko’payishi va chetdan kelayotganlar salmog’ining kattaligi tufayli mehnatga yaroqli kishilarning mutloq soni ortib, ularni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish va undan oqilona foydalanish muammosi yuzaga kelmoqda. Qo’shimcha ish joyi yaratish sur’ati mehnatga yaroqlilarning ko’payish sur’atidan ortda qolayotganligi esa respublikamizda bu muammoni tezda bartaraf etishni tarixiy zaruriyat sifatida ilgari surmoqda.
Pahta, pilla, qorako’l yetishtirish, tabiiy gaz ishlab chiqarish, rangli metallurgiya, kimyo, paxtachilikni yalpi mexanizatsiyalashga xizmat qiladigan mashinasozlik sanoati kabi tarmoqlarni yuksaltirish uchun respublikamizning o’zida ish kuchlari yetarli.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov “Respublikamiz boshqa mintaqalar xavas qilsa arziydigan ming-minglab ish kuchlariga, avloddan-avlodga o’tib kelayotgan mehnatsevarlik, insonparvarlik, bag’rikenglik, bardoshlilik singari ma’naviy boyliklarga egadir” degan edi.
Mehnatga yaroqlilar sobiq Ittifoqda respublikalararo ham ayriboshlanar edi. Jumladan, kimyo, mashinasozlik, elektrotexnika, to’qimachilik, binokorlik va kon sanoati korxonalariga asosan Rossiya Federatsiyasi va Ukrainadan kadrlar jalb etilar edi. Bu nomaqbul jarayon tub joy aholisining zamonaviy ixtisosliklarni egallashlari uchun birmuncha to’siq bo’lib xizmat qilgan. Bugungi kunda esa respublikamizda milliy kadrlar tayorlash dasturiga asosan zamonaviy ilm-fan yutuqlarini yaxshi biladigan malakali mutaxasislar tayyorlanib moddiy ishlab chiqarishga jalb etilmoqda. Shu boisdan ham hozir respublikamiz qudratli mehnat salohiyatiga ega.
Inson salohiyatining negizini tashkil etuvchi mehnat resurslari 1997 yilda butun aholining 48,7%ga teng bo’lib, har yili 210-220 ming kishiga ko’payib bormoqda.
Mehnat resurslarining shakllanishi, avvalambor yuqorida ko’rib o’tilgan aholining yosh-jinsiy tarkibi orqali aniqlanadi. Sababi uning o’zgarishi nafaqat mehnat resurslarida, balki jamiyat iqtisodiy taraqqiyotida ham o’z ifodasini topadi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda respublikamizda mehnatga yaroqli aholi soni 1990 yilda 10,0 mln. kishi, 1996 yilda esa 11,4 mln. kishini tashkil etgan (6-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |