Iqtisodiy geografiya



Download 296,14 Kb.
bet80/137
Sana02.02.2022
Hajmi296,14 Kb.
#425189
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   137
Bog'liq
Iqtisodiy geofrafiya (2)

Adabiyotlar





  1. Alisov N.V., Xorev B.S. Ekonomicheskaya i sotsialnaya geografiya mira (Obshchiy obzor). M.: «Garoarim» 2000., 365 s.

  2. Regionalnaya ekonomika (nad.red. Morozovoy T.G.) M. «YuNITO» 2000., 465 s.

  3. Xrushev A.T. «TPK Rossii» «M Nauke» 1996 god 320 s.



Qo’shimcha adabiyotlar





  1. To’xpiev N. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti. T., 1998.

  2. O’zbeksiton Respublikasi. Entsiklopediya. T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1997.
        1. bob. O’zbekistonning jahon ho’jaligi tizimida tutgan o’rni va ahamiyati





    1. O’zbekistonning iqtisodiy-geografik o’rni, tabiiy sharoiti va resurslari

Respublikaning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishining muhim omillari

O’zbekiston Respublikasi O’rta Osiyoning markazida joylashgan. Hududi shimoli-g’arbda Oro’l dengizi hamda Ustyurt platosidan janubda Afg’oniston bilan tabiiy chegara vazifasini bajarayotgan Amudaryogacha, sharqiy va janubi-sharqiy tomonlarda Tyanshan hamda Hisor-Oloy tog’larigacha cho’zilgan.


Hududning eng muhim jihatlaridan biri shundan iboratki, bu erda qorli cho’qqilar va baland tog’ muzliklari, ulkan vodiylar va keng vohalar bilan birga bamisoli cheksiz cho’llar va platolar mavjuddir.
O’zbekistonning maydoni 447,4 ming kv.km. shuning 3/4 qismini tekistliklar va platolar, qolgan 1/4 qismini tog’ oldi hududlari va tog’lar tashkil etadi. Hududning katta qismida mo’’tadil iqlim hukmron. Iqlimi keskin kontinental, yozi issiq va quruq, qishi sovuq va kam qorli. Yog’inlar asosan bahor hamda qishga to’g’ri keladi. Iqlim sharoiti bu erda issiqsevar o’simliklar: paxta, kanop, kunjut, zig’ir hamda shirin-shakar uzum va mevalar, sabzavot va poliz ekinlarini etishtirish uchun nihoyatda qulaydir. Respublika hududidan Amudaryo va Sirdaryo hamda ularning juda ko’p irmoqlari oqib o’tadi.
O’zbekiston hozirigi vaqtda O’rta Osiyo mamlakatlari ichida iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatdir. O’zbekiston jahonning sug’orma dehqonchilik va u bilan bog’liq paxtachilik, ipakchilik va qorako’lchilik yuqori darajada taraqqiy etgan mamlakatidir. Shuning uchun Respublikaning paxta, pilla etishtirish hamda qorako’l teri tayyorlash bo’yicha jahon mamlakatlari ichida yuqori o’rinlarni barqaror ravishda egallab kelishi bejiz emas.
O’zbekiston xilma-xil turdagi tabiiy resurslarga, ayniqsa mineral, er-suv hamda rekreatsion resurslariga boy mamlakatdir.
Respublika hududida 900 dan ortiq foydali qazilma konlari qidirib topilgan bo’lib, shulardan 60 dan ortiq mineral-xom ashyo turlari ishlab chiqarishga jalb etilgan. Foydali qazilma konlarining tasdiqlangan zahiralari 970 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral-xom ashyo potentsiali 3,3 trillion AQSh dollaridan ortiq baholanayotganini ham aytib o’tish kerak.
Muhim strategik manbalar-neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo’yicha 255 ta istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo’yicha – 40 dan ortiq, rangli, nodir va radioaktiv metallar bo’yicha – 40, konchilik-kimyo xom ashyosi bo’yicha 15 ta kon qidirib topilgan.6
O’zbekiston tabiiy manbalari xilma-xil turlarga va ulkan zahiralarga ega bo’lgan yoqilg’i-energetika sanoatiga ega. Respublika yoqilg’i balansida neftning salmog’i salkam 10%ni, tabiiy gaz salmog’i-85%dan ortiq, ko’mirning salmog’i



I.A.Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”. T.: O’zbekiston, 1997., 230- 231 betlar.


salkam 5%ni tashkil etadi. Respublika sanoati mahsulotining umumiy hajmida yoqilg’i-energetika kompleksining salmog’i 1999yilda salkam 15%ga teng bo’ladi. Mamlakatda 1999 yilda 8,1 mln. tonna neft (gaz kondensati bilan), 55,6 mlrd. kub.m. tabiiy gaz va 2,9 mln. tonna ko’mir (asosan, qo’ng’ir ko’mir) qazib chiqarildi.
O’zbekiston xilma-xil rudali va noruda qazilmalar turlariga boy. Bu o’rinda, Respublikada ayniqsa rangli, nodir va qimmatbaho metallar rudalarining zahiralari ulkan ekanligini ta’kidlab o’tish asoslidir. Mis rudasining yirik konlari - Qalmmoqqir, Sariqcheku va Dalnee Angren-Olmaliq rayonida joylashgan. Qo’rg’oshin-rux rudalarining juda katta zahiralari Surxondaryodagi Xondiza va Jizzax viloyatidagi Uchquloch konlarida mavjud. Oltinning dunyo miqyosidagi ulkan konlari qatoriga Muruntov, Ajibugut, Bulutkon, Balpantov, Aristontov, To’rboy, Ko’chbuloq, Zarmiton, kumush bo’yicha esa Kosmonachi, Visokovoltnoe, O’qjetpes (Qizilqum) va Oqtepa konlari kiradi. Mamlakatmizda uran, volfram, molibden va boshqa ma’danlarning ham yirik konlari ochilgan. Kimyoviy xom ashyo resurslari fosforitlar (Markaziy Qizilqum), osh va kaliy tuzlari (respublikaning janubiy, markaziy va shimoli-g’arbiy hududlarining) zahiralari esa deyarli bitmas- tuganmasdir. Huddi shunday fikrni granit, marmar va boshqa bezak toshlari hamda qurilish materiallari haqida ham bildirish mumkin.
O’zbekiston yer resurslari bilan yaxshi ta’minlangan. Umumiy yer zihrasining salkam o’n foizini haydalgan va sug’oriladigan yerlar tashkil etadi. Shularning asosiy qismi dehqonchilik uchun qulay bo’lgan, aholi zich joylashgan vodiy va vohalarga to’g’ri keladi. Sug’oriladigan yerlarda paxta, bug’doy, sholi, jo’xori, kanop, sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari, lalmi yerlarda esa bug’doy va arpa etishtiriladi.
“O’zbekiston-qadimdan sug’orma dehqonchilik mamlakati bo’lib kelgan. Sug’orma dehqonchilik oziq-ovqat sohasida Respublika mustaqilligining negizi va asosiy eksport mahsulotining manbaidir”.7
Mamlakatda sug’oriladigan yerlarning umumiy maydoni salkam 4,3 mln. gektarni tashkil etib, uning asosiy qismi tuproq-suv sharoiti nisbatan qulay bo’lgan vodiy va vohalarda joylashgan. Farg’ona, Zarafshon vodiylari, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm vohalari shular jumlasidandir. Sug’oriladigan yerlar maydoni XX asrning 60-yillaridan so’ng ikki martadan ziyod ko’paydi. O’sish asosan Mirzacho’l, Qarshi cho’li, Ellikqal’a massivi hisobiga ta’minlandi.
O’zbekistonda bog’lar va tokzorlar egallagan maydon salkam 0,4 mln. gektarga teng. Shularning asosiy qismi tog’oldi mintaqasi yaxshi rivojlangan viloyatlarda joylashgan.
O’zbekistonda so’nggi yillarda tomorqa xo’jaligini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatda tomorqa va dala-bog’ yerlarning umumiy maydoni 0,6 mln. gektarni tashkil etadi.
O’zbekiston ulkan inson salohiyatiga ega bo’lgan mamlakatdir.

I.A.Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”. T.: O’zbekiston, 1997., 249 bet.


7 I.A.Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”. T.: O’zbekiston, 1997., 252 bet.
“Inson salohiyati eng faol, eng bunyodkor omil bo’lib, u mamlakatning islohotlar va tub o’zgarishlar yo’lida tinimsiz ilgarilab borishi ta’minlab beradi”.8 Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi darajasi bilan belgilanuvchi mazkur omil o’z navbatida uni rivojlantirish va tarqqiy ettirishda hal qiluvchi ro’l o’ynaydi.
Inson salohiyatining shaklanishi juda ko’p omillarga bog’liq bo’lib, ularning ichida ijtimoiy demografik vaziyat alohida o’rin egallaydi.
Respublika aholisining soni 2000 yilning 1 yanvar kuniga salkam 24,5 mln. kishini tashkil etadi. Bu jahondagi 229 mamlakat ichida 37chi ko’rsatkich hisoblanadi. Jami aholidan 9,2 mln. kishi (37,4%) shahar va shaharchalarda, 15,3 mln. kishi (62,6%) qishloqlarda yashaydi.
Tabiiy-geografik sharoitlarining qulayligi, xilma-xil tabiiy hamda inson resurslari bilan yaxshi ta’minlanganligi O’zbekiston Respublikasini iqtisodiy taraqqiy etishi, jahonning rivojlangan davlatlari qatoriga kirishi uchun juda yaxshi imkoniyatlar yaratadi.



    1. Download 296,14 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish