Asosiy tayanch tushunchalar.
Ichki milliy mahsulot(IMM)- yil davomida mamlakat hududida ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor baholaridagi qiymati.
Yalpi milliy mahsulot(YaMM)- milliy iqtisodiyotda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita iste’molchilarga borib tushadigan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor baholaridagi summasi.
Sof milliy mahsulot(SMM)- amortizatsiya ajratmalari summasiga kamaytirilgan YaMM(IMM) sifatida chiqib, tarkiban milliy daromad va egri soliqlardan iborat bo’ladi.
Milliy daromad- yangidan vujudga keltirilgan qiymat bo’lib, SMMdan egri soliqlarni chiqarib tashlash yo’li bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |