Mamalakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy rivojlanishda va ilmiy-texnik taraqqiyotida tashqi iqtisodiy aloqalarning o’rni va ahamiyati beqiyosdir.
Sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi va respublikalar o’rnida mustaqil mamlakatlarning vujudga kelishi, o’z navbatida tashqi iqtisodiy aloqalarga ta’sir ko’rsatmasdan qolmadi. Ayni davrda O’zbekiston Respublikasi jahonning juda ko’p mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni o’rnatgan.
28-jadval
O’zbekiston Respublikasining MDH davlatlari bilan tashqi iqtisodiy faoliyati (% hisobida)
Mamlakatlar
|
Eksport darajasi
|
Import darajasi
|
1996
|
1997
|
1998
|
1999
|
1996
|
1997
|
1998
|
199
9
|
MDH
|
22,9
|
34,4
|
26,6
|
30,4
|
32,1
|
28
|
27,8
|
26
|
Rossiya
|
11,6
|
19,1
|
14,9
|
13,4
|
21
|
11
|
16
|
13,
9
|
Ukraina
|
0,8
|
4,6
|
0,9
|
3,8
|
3,5
|
2,7
|
4,5
|
4,2
|
Qozog’iston
|
2,6
|
4,5
|
3,5
|
4,6
|
4,7
|
4,3
|
4,1
|
2,7
|
Tojikiston
|
1,5
|
2,4
|
3,5
|
3,7
|
0,5
|
1,4
|
0,5
|
1
|
Turkmaniston
|
3,8
|
2,1
|
1,2
|
2,4
|
0,4
|
0,5
|
0,3
|
0,3
|
va boshqalar
|
2,6
|
1,7
|
2
|
2,6
|
2
|
2,1
|
1,5
|
2,6
|
MDH davlatlari bilan O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat tarkibi bilan tanishadigan bo’lsak, Respublikamizning tovar ayirboshlashdagi salmog’i 1996 yilda eksportda 22,9% importda esa 32,1% tashkil qilgan. 1998 yilda esa bu ko’rsatgichlar 30,4% va 26% ga teng. Ayniqsa MDH davlatlari ichida O’zbekiston Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qozog’iston Respublikasi bilan tashqi iqtisodiy faoliyati ancha rivojlangan. (1-chizma) O’zbekistoning eksportga chiqaradigan tovarlari mahsulotlarini paxta-tolasi, ipak xom ashyosi, qorako’l terisi, avtomobil, kabel mahsulotlari tashkil qilsa, import tovarlari eng ko’proq sanoat va iste’mol mahsulotlari tashkil qiladi.
Rossiya Federatsiyasini MDH davlatlari bilan tashqi iqtisodiy faoliyatini ko’radigan bo’lsak, u davlatning MDH bilan tashqi savdodagi tovar ayriboshlashdagi salmog’i 1992 yilda 17,8%ni tashkil qilgan bo’sa, 1996 yilda esa bu ko’rsatkich 23,5%ga yetdi.
Rossiyaning eksport tovarlari tarkibini, asosan- mashinasozlik, ximiya, yoqilg’- energetika sanoati mahsulotlari va xom ashyo tashkil qiladi. Shuningdek, bu davlatning Ukraina bilan eksport salmog’i- 48%, Belorussiya- 20,5%, Qozog’iston bilan esa 18,5%ni tashkil qiladi.
MDH davlatlari o’rtasida tashqi iqtisodiy aloqalarini takomillashtirishda ma’lum imkoniyat va sharoitlar bor, albatta. Chunonchi, umumiy transport tizimini shakllanganligi, xo’jaliklarni tarixan vujudga kelishi, iqtisodiy integratsiyani mavjud bo’lganligi, hududiy mehnat taqsimotidagi ixtisoslashuv, xamkorlik va boshqalar.
Biroq MDH davlatlari o’rtasida tashqi faoliyat borasida iqtisodiy to’siqlar vujudga kelgan, bular chegara bojxonasidagi cheklanishlar, narx siyosatidagi kelishmovchilik, tovar-pul munosabatlari o’rnida barter ayriboshlashning mavjudligida va boshqalarda namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |