MEHNAT UNUMDORLIGI VA UNGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR
Ishlab chiqarish jarayoni resurslarning o‘zaro birikishi natijasida vujudga keladi.
Resurslarning muayyan miqdoridan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori ushbu resursning
mahsuldorligi deb ataladi. Har bir korxonaning maqsadi kam resurs sarflab, ko‘p miqdorda
mahsulot ishlab chiqarishdan, ya’ni mahsuldorlikni oshirishdan iborat bo‘ladi. Chunki
ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi nafaqat qancha ishchi ishlayotganiga, balki qanday
ishlayotganiga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich mehnat unumdorligi yordamida
aniqlanadi.
Mehnat unumdorligi deb vaqt birligi ichida bir birlik resursdan foydalanib ishlab
chiqarilgan tovar va xizmat miqdoriga aytiladi.
Mahsuldorlik
— resurslarning muayyan miqdoridan ishlab chiqarilgan mahsulot
miqdori.
Texnologiya
— mahsulot ishlab chiqarishda qaysi resurslardan foydalanish, qanday
usul va ketma-ketlikda ishlov be rish yo‘l-yo‘rig‘i.
Mehnat unumdorligi
— vaqt birligi ichida bir birlik resursdan foydalanib ishlab
chiqarilgan tovar va xizmatlar miqdori.
Tadbirkorlik layoqati
— odamlarning iqtisodiy qarorlar qabul qilishi bilan bog‘liq
tovarlar va xizmatlar ishlab chiqa rish layoqati.
Qurilish uchun eng zarur bo‘lgan sement ishlab chiqarishni tashkil qilish misolida ishlab
chiqarish omillarini aniqlaylik. Ma’lumki, sement ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun
birinchidan, tabiiy resurs — yer maydoni va sement olinadigan tog‘ jinsi bo‘lishi kerak.
Ikkinchidan, sement ishlab chiqarish uchun mehnat resurslari — odamlar— ishchi kuchi
talab etiladi. Mehnat omili — odamlarsiz, ularning jismoniy kuchisiz, aqli va malakasisiz
hech narsa qilib bo‘lmaydi. Uchinchidan, tog‘ jinslariga ishlov berishda qo‘llaniladigan
asbob-uskuna, bino va inshootlar, ya’ni kapital resurslar ham bo‘lishi kerak.
Bu omillarni o‘zaro birlashtirish — to‘rtinchi omil — tadbirkorlik layoqati evaziga
amalga oshiriladi. Tadbirkor sement ishlab chiqarish imkoniyatlarini hammadan oldin
ko‘rib, tashabbusni qo‘lga oladi. Bu ishni amalga oshirish uchun uchala omilni birlashtiradi.
Mavjud resurslarni jalb etadi, kuch-g‘ayrati, bilimini sarflaydi, ma’lum darajada tavakkal
qiladi va ishbilarmonligini ishga soladi. Oxir-oqibat uning xatti-harakatlari, tadbirkorligi
sement ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga sababchi omil bo‘ladi. Demak, ishlab chiqarish
tabiiy, ishchi kuchi, kapital va tadbirkorlik layoqati omillarining birlashishidan yuzaga kelar
ekan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik layoqati omili alohida ahamiyat kasb etadi.
uskuna
kompyuter
AQSH
el. energiya
йqahva
shokolad
Muzqaymoq
Ukraina
shakar
sut
Do'stlaringiz bilan baham: |