BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Quyidagi omillar mehnat unumdorligining oshishiga sezilarli ta ’sir ko‘rsatadi:
— korxonadagi ishchilarning malakasi, ularning kasb mahorati;
— ishlab chiqarish dastgohlari va asbob-uskunalarining sifati;
— ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasining to‘g‘ri tanlanganligi;
— mehnat taqsimotining to‘g‘ri tashkil etilganligi.
Biror korxonaga borib mahsulot yaratish jarayonini kuzatgan bo‘lsangiz, xomashyoga
ishlov berish jarayoni ishchilar orasida taqsimlab olingan bo‘lib, har bir ishchi o‘ziga
ajratilgan ishnigina bajaradi. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonini bunday tashkil qilishga,
ya’ni ishni ishchilarga bunday taqsimlab berishga, o‘z nomi bilan mehnat taqsimoti deb
ataladi. Mehnat taqsimotining asosida — ishni tezroq bajarish, kam resurs sarflab, ko‘proq
yaxshi, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, ya’ni mahsuldorlikni oshirish yotadi. Mehnat
taqsimoti natijasida, odamlar turli xil kasblar bo‘yicha ixtisoslashishadi.
Bularning hammasi
birgina maqsad — mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan bo‘ladi.
MEHNAT TAQSIMOTINING
Ixtisoslashuv
— biror mahsulot turini yoki mahsulotning bir qismini ishlab chiqarish
bo‘yi cha korxonalar o‘rta sidagi mehnat taqsi moti.
Hududiy ixtisoslashuv
— sharoit, an’analar, mahalliy imkoniyatlar tufayli butun bir
hu dud mahsulotning bi ror turini ishlab chiqa rishga moslashuvi.
Mehnat taqsimoti
— mahsulot ishlab chiqarish jarayonining ishchilar o‘rta sida ishni
taqsimlash aso sida tashkil qilinishi.
Buni yodda tuting!
•
Iqtisodiy rivojlanish zamirida mehnat unumdorligini oshirish yotadi.
•
Mehnat unumdorligiga — mehnat taqsimoti, ishchi xodimlar malakasi, texnologiya
va asbob-uskunalarning holati ta’sir ko‘rsatadi.
Shu tariqa bir necha korxonalardan iborat, muayyan mahsulotni ishlab chiqaruvchi
tarmoq vujudga keladi. Misol tariqasida avtomobil ishlab chiqarishni olaylik. Ma’lumki,
avtomobil yuzdan ortiq katta-kichik detallar, qismlardan tashkil topgan. Uning bitta detali,
masalan, g‘ildiraklari bitta korxonada ishlab chiqarilsa, oynasi ikkinchi korxonada, motori
esa uchinchi korxonada ishlab chiqariladi va hokazo. Xullas, avtomobil qismlarini ishlab
chiqarish bilan o‘nlab korxonalar shug‘ullanadi. Oxiri yig‘uv korxonasida bu qismlardan
avtomobil yig‘iladi. Shu tariqa bu korxonalar birgalikda avtomobil ishlab chiqarish
tarmog‘ini tashkil qiladi va har biri ma’lum detalni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.
Korxonalarning ma’lum bir mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha bitta tarmoqqa
birlashishi ham mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan bo‘ladi.
O‘z navbatida, bir-biriga yaqin turdagi mahsulot ishlab chiqarayotgan tarmoqlar
birlashib, ishlab chiqarishning yirikroq tarmoqlarini, ular ham birlashib, ishlab chiqarish
sohalarini tashkil qiladi.
Ba’zida shart-sharoit, an’analar, mahalliy zarurat tufayli bir butun hudud, hatto
mamlakatlar ham ko‘proq mahsulotlarning ayrim turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.
Masalan: Braziliya – qahva, Hindiston – choy ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bunday
ixtisoslashuv hududiy ixtisoslashuv
deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |