Tayanch so’z va iboralar: xom ipak, taranglik kuchi, tangensial ishqalanish kuchi, dasta tagidagi pillalar soni, nazorat qilish.
-Taranglik kuchi hisobiga hom ipakni chiziqli zichligini nazorat qilish.
-Tangensial ishqalanish kuchi hisobiga chiziqli zichlikni nazorat qilish
-Dasta tagidagi pillalar soni bilan xom ipakning chiziqli zichligini nazorat qilish
Pilla chuvish jarayonini maqsadi- berilgan chiziqli zichlikdagi va sifat kо‘rsatkichlari- qalinligi, uzilishga pishiqligi, elastikligi jipsligi, tozaligi va boshqalari bо‘yicha bir tekis bо‘lgan uzluksiz texnik kompleks iplarni olish. Bunday ipaklar xom ipak deb yuritiladi. Va pilla chuvish jarayonida bir necha pilla iplarini qо‘shilishi natijasida olinadi. Chuvish davrida pilla iplarining bitta kompleks iplarga yig‘ilishi dasta deb ataladi. Yangi chuvila boshlangan pillalar yangi pillalar, chuvilishi oxiriga yaqinlashgan pillalar eski pillalar deb yuritiladi.
Barcha konstruksiyadagi pilla chuvish dastgohlarida pilla chuvish davridagi asosiy operatsiyalar quyidagilardan iboratdir:
-xom ipakning qalinligini nazorat qilish va rostlash;
-pilla ipi uchlarini dastadagi pilla ipi uchlariga qо‘shish;
-xom ipakning shakllanishi;
-xom ipakning uzilishini bartaraf etish;
-berilgan pakovkaga xom-ipakni yig‘ish;
-qoldiq pillalarni yig‘ish.
Xom ipakning chiziqli zichligini:
-dasta tagidagi pillalar soni doimiyligi bilan;
-doimiy tortilishdagi ipning taraglik kuchi bilan;
-ipning tangensial ishqalanish kuchi bilan nazorat qilinadi va rostlanadi.
Dasta tagidagi pillalar soni bilan nazorat qilinganda yangi va eski pillalar aralashmasi va tо‘pi bir xilligi asosida bunga erishiladi. Pilla ipining yо‘g‘onligi uning uchidan oxiriga tomon kamayib boradi. Shunga kо‘ra, bir yо‘la bir necha pilla tortila boshlasa-yu, pillalar soni о‘zgartirilmasa, xom-ipakning yо‘g‘onligi bir tekis chiqmaydi.
Agar yangi tortila boshlagan pillalarga eski, ya’ni ipining ancha qismi tortilgan pillalar qо‘shilsa, xom-ipak ipi butun uzunligi bо‘yicha bir xil yо‘g‘onlikda bо‘ladi.
Xom ipakning chiziqli zichligini taranglik kuchi bilan nazorat qilinganda mahsus nazorat apparati xom ipakning taraglik kuchini R berilgan nisbiy kattaliklar chо‘zilishini о‘lchab turadi. Bu xom ipak chiziqli zichligini rostlash va nazorat qilish, chiziqli zichlik, taraglik kuchi va nisbiy chо‘zilish orasidagi bog‘liqlik, Guk qonuniga bо‘ysinadi:
(11)
bu yerda:
R- taranglik kuchi, sN;
- ipning dastlabki uzunligi ulushi, nisbiy chо‘zilishi:
E- qayishqoqlik moduli, sN/mm2
- ipning zichligi, g/ sm3
- xom ipakning о‘rtacha chiziqli zichligi.
Xom ipak ipining yо‘g‘onligi о‘zgara boshlasa mashinaning nazorat qurilmasi qо‘shimcha pilla yetkazib beradigan mexanizmlarni ishga soladi. Ip qancha ingichka bо‘lsa, uni chо‘zishga shuncha kam kuch kerak bо‘ladi. Pilla chuvish avtomatlarida xom ipak ipining yо‘g‘onligi uni tegishlicha tortib chо‘zuvchi kuchlar nazorat qiladi.
Xom ipakning chiziqli zichligini tangensial ishqalanish kuchi orqali nazorat qilinganda, berilgan assortimentdagi xom ipak chiziqli zichligiga mos bо‘lgan tirqish datchik-о‘lchagichlardan foydalanilib, ular asosida ipning qalinligi ushlab turiladi. Bu usulda pilla chuvish jarayonida suvda bо‘kkan xom ipak, tirqish orqali о‘tayotib, datchikning yuza qismi bilan kontaktda bо‘ladi va uning natijasida ular orasida tangensial ishqalanish kuchi xosil bо‘ladi. Qachon ishqalanish kuchi momenti, datchikning harakatlanuvchi qismi og‘irlik kuchi momentidan katta yoki teng bо‘lsa ip bilan birga datchik ham kо‘tarilib yuqoriga harakatlanadi. Agar ishqalanish kuchi momenti, datchikning og‘irlik kuchi momentidan kam bо‘lsa, unda oxiri pastga tushadi yoki tо‘g‘irlanadi.
Avtomatlarda xom ipak chiziqli zichligini nazorat qilish uchun turli datchiklardan foydalaniladi. Masalan shaybali plastinka, sakkiz simon shel, turli shkivlar va x.k.
Sakkizsimon tirqish va shaybali datchiklar oralig‘ о‘lchami xom ipak chiziqli zichligi uchun alohida qilib yasaladi. Masalan 2,33 teks qalinlikdagi xom ipak uchun shaybali plastinka oralig‘i s= 0,068 mm ga teng. Sakkizsimon shelda chiziqli zichlik nazorat qilinganda ishqalanish kuchi natijasida chiziqli zichlikni nazorat qilish datchik materialiga ipning ishqalanish koeffitsiyenti, siqilish deformatsiyasiga, datchik yuzasi bilan suvda hо‘l bо‘lgan kontaktdagi ipning uzunligiga va siqilish moduliga bog‘liq bо‘ladi.
(12)
bu yerda: - nisbiy siqilish deformatsiyasi; - ishqalanish kuchi koeffitsiyenti
Do'stlaringiz bilan baham: |