Ipak texnologiyasi


Mavzu: Xom-ipakni shakllantirish usullari



Download 8,22 Mb.
bet22/33
Sana01.01.2022
Hajmi8,22 Mb.
#286413
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
Bog'liq
IICHQIJNA chuvish ma'ruza 97

Mavzu: Xom-ipakni shakllantirish usullari

Reja:

  1. Xom ipak kompleks ipini shakllantirish (chirmash) nazariyasining asosiy holati va ma’nosi

  2. Chirmov о‘lchamiga bog‘liq holdagi charxa borishdan oldingi xom ipak namligi.



Tayanch so’z va iboralar: pilla ipi, xom ipak, kompleks iplarni shakllantirish, yolg’on buram, chirmovlash, suvini siqilishi, yo’naltiruvchi roliklar.
Pilla ipini bir-biri bilan oddiy birlashtirish va ularni paralel joylashtirib birlashtirish yigiruv-tо‘quv korxonasiga qayta ishlashga yaraydigan xom ipak ipini bermaydi. Bunday ip yiriklashtirish natijasida, silliqlash va dastadagi chuvilayotgan pilla iplarini barchasini chirmash yо‘li bilan о‘zaro yopishishi orqali hosil bо‘ladi. Chirmash jarayonida ip markazi shakllanadi va yolg‘ondan buralishi natijasida shakllanadi. Kо‘p turdagi chirmash mavjuddir (yuqori bo’limdagi rasm). Kо‘p yerda italyan turi qullaniladi. Bu chirmash uchta ip о‘tkazuvchi blachok yordamida bajariladi – roliklar, ular harakatlanayotgan ip orqali aylanadi. Chirmash quyidagicha hosil bо‘ladi. Nina yordamida iplar yig‘indisi oxiri tutqich kо‘zchasi orqali tortib olinadi, sо‘ng ularni yuqori orqa rolik orqali tashlanadi, past rolikni о‘ralib о‘tib a b qismi davomida iplar yig‘indisi buraladi (rasm). Shundan sо‘ng iplar oxirini yuqori oldingi rolik orqali о‘tkaziladi va dastgohning tо‘g‘ri kelgan bо‘g‘inlaridan о‘tkazib, yig‘uvchi qurilmaga yо‘naltiriladi. Buning natijasida uchta rolik va tutqich orasida teng yonli bо‘lmagan ikki uchli trapetsiya shakli hosil bо‘ladi, uni chirmash shakli deb ataladi. Bunda buralgan ikkilangan ip qismi av chirmash tanasi de ataladi, -burchak ip shoxlarini chirmashga kirish burchagi deb, unga qarama-qarshi burchagi -chirmashdanchiqayotgan ip shoxlari burchagi deb ataladi.

Chirmash kerakli texnologik kо‘rsatkich hisoblanadi. Lekin sо‘nggi vaqtga qadar unda yuz beradigan jarayonning fizik ma’nosi haqida aniq tushuncha yо‘q edi. Faqatgina chirmashni kо‘p tomonlama о‘rganilib, mazmuniSobiq Ittifoqida S.A.Aleksandrov va P.A.Osipovlar tomonidan о‘tkazilgan tajriba, ularni butunlay ochishga va ularni yozishga muvaffaq bо‘ldilar.

Chirmashda murakkab jarayon bо‘lib о‘tadi, uning mazmuni shundan iboratki, unda ip siqiladi, yopishadi yiriklashadi, hamda undan molekulyar bо‘lmagan namlikni burash va ipni markaziyshakllash yо‘li bilan chiqarib, tashlanadi. U yoki bu jarayon chirmovdagi ipni vint harakatini (aylanma-qaytuvchi) davomi hisoblanadi. Bu holda chirmash tanini tashkil qiluvchi ip bir butun kabi harakat qiladi.

S.A.Aleksandrov chirmashni ikkita egiluvchi zvenodan tuzilgan kinematik juftlik deb qarab, u yolg‘ondan buram beruvchi burovchi mexanizm ekanligini kо‘rsatdi.

Chirmash tanidan aylanish burchak tezlanishi

= (10)

Bunda -pilla chuvish tezligi: m/min; - vintli chiziqni kо‘tarilish burchagi, undagi boshlang‘ich silindrda shakllanayotgan ipni chirmash tanidagi geometrik о‘qi I-I joylashagan.; -chirmash tanining boshlang‘ich silindri radiusi.

n=90 m/min, g=80o va r=22,5 mkm bо‘lganda, w kattaligi 10 ayl/min atrofida bо‘ladi. Bunday aylanishda anglasa bо‘ladigan sentrafugalniy effekt (natija) olsa bо‘ladi.

Ip chirmash taniga kirishidan oldin buraladi va undan chiqayotganda yechiladi. Bunda buramlar chirmash tani davomida va tutqich trubasidagi ipi qismi bо‘ylab tarqaladi. Buram ta’sirida tutqich tagidagi dastadagi pillalar aylanadi. Shakllanayotgan ip yо‘g‘onligi bо‘yicha birtekis emasligi sababli mustahkamligi va qattiqligi, seritsinni tarkibi va adgeziyasi, vintli chiziq kо‘rsatkichlarini chirmashga kirguncha tortishishida bо‘ladi, (varirovaniya), u bо‘yiga harakatdagi svitix ip qismini geometrik о‘qi joylashgan va natijada ularni vaqt bо‘yicha aylanishida burchak tezligi turlichadir. Shu sababli chirmash tanini uni shoxlarini tashkil qiluvchi chetki qismlarida iplar bir-biriga nisbatan sirg‘anib tushib ketadiva katta tezlikda chirmash tanini sezilarli masofada taxminan о‘zini о‘rta holidan yuqori va pastga tebranishini vujudga keltiradi. Bu esa ipda qoladigan tekis bо‘lmagan о‘zgaruvchan shaklli о‘zga qoldiq buram va chirmash shaklida qism bо‘yicha tortilishini tekis emasligini о‘ziga mujassamlashtiradi.

S.A.Aleksandrov kо‘rsatishi bо‘yicha xom ipak ipi 2,33 teks 1 m taxminan 1318,35 qoldiq buramni mujassamlashtiradi.

Bunda buralish burchagi taxminan to 2 о‘zgaradi, qoldiq buram topilgan bо‘lak uzunligi esa – 0,25 to 1 mm qismning buramli qimsning katta qismi nisbiy buramga ega bо‘lib, u taxminan 500 b/m ni tashkil qiladi va 2000 b/m maksimalgacha yetadi. £oladigan о‘zgaruvchan shaklli buram ip uzunligini faqatgina uchdan bir bо‘lagida bо‘ladi, uchdan ikki qismida esa buraladi va sо‘ng esa butunlay yechiladi .

Pilla ipi chuvilganda qozonda kо‘p miqdorda suv olib chiqadi. U ipni plenka kabi о‘raydi, qalinligi 0,028 mmni tashkil qiladi.

Bir qism suv pilla ipi va shoxchalar orasiga kiradi, bir qismi esa ikki molekulyar tortishish kuchi bilan bog‘liqdir. Chirmashda ipdan chiqariladigan namlik miqdori kо‘p omillarga bog‘liq bо‘ladi: qozondagi suv va о‘rab turgan havo haroratiga, uning nisbiy namligiga, chirmov uzunligiga, uningshoxlarini tarqalish burchagiga va hokazo. £uyidagi о‘zaro bog‘liq uchta omil katta ta’sir kо‘rsatadi: shoxlarni tarqalish burchagi, chirmov uzunligi va о‘rash soni.

I.I.Chernobilskiy, O.A.Kremnev va boshqalar ipni namligini chirmov о‘lchami bо‘yicha tadqiqot о‘tkazib, shoxlarni tarqalish burchak 58-60 oC to 67-70 oC bо‘lganda havoning nisbiy namligi 60-70% harorat 28-30 oC va chuvish tezligi 80 m/min bо‘lganda u tо‘g‘ri chiziqli xarakterga ega bо‘ladi deb ta’kidlashdi.

S.A.Aleksandrov hisoblashicha ipni namligiga chirmov katta ta’sir kо‘rsatadi. Chirmash jarayoniga faqatgina molekulyar bog‘lanmagan ikki bosqichda chiqariladi. Uning yarmi darhol ip chirmashga kirayotganda birinchi ip о‘rami bilan suv plenkasini kesganda chiqadi. Chirmov uzunligi davomida ipdan chiqayotgan namlik miqdori sekin-asta kamayadi va chirmashni 250 о‘ramida namlikni ajralishi qisman tamom bо‘ladi. Chirmash jarayonida ipni namligi boshlang‘ich holiga qaraganda 2 marta kamayadi.

Bu savol bо‘yicha UzNIISHP tizimidagi avtomatlarda о‘tkazilgan tajribadan quyidagi ma’lumotlar olindi.

UzNIISHP izlanishlari kо‘rsatadiki, UzNIISHP tizimidagi avtomatlarda chirmovdan va nazorat apparatidan sо‘ng ip namligi taxminan 100% ni tashkil qiladi va chirmov о‘lchamiga bog‘liq bо‘lmaydi (jadval ).

S.A. Tumanyan bо‘yicha, ipni shaklllantirish jarayonida 10 ta tutqichdan о‘rab turgan muhitga soatiga 75 to 150 g suv sachraydi.

Radial kuch harakati davomida ip chirmovda zichlanadi, yiriklashadi va kо‘ndalang kesimi bо‘yicha taxminan 2 marotaba kamayadi. Bunda zichlanayotgan ip chirmovni birinchi о‘ralish ta’siridayoq butunlay namoyon bо‘ladi (1.15-jadval).

15-jadval

UzNIISHP tizimidagi avtomatlarda ipni shakllantirish jarayonida xom ipak namligi.



Xom ipak ipdan olingan namuna о‘rni

Namuna olingan zonadagi rejim kо‘rsatkichlari

Xom ipak ipning namligi, %

O`rta kvadrat farqlanishi

Variatsiya koeffitsiyenti

Harorat,

0C

Havoning nisbiy namligi

Maksimal (yuqori)

Minimal (past)

O’rtacha va uning xatoligi

Ilgichdan chiqandan sо‘ng

27

81,8

268

174

224,57,25

26,9

11,98

Chirmovdan chiqqandan sо‘ng

27

84,6

148

98

120,33,12

11,88

9,88

Faqatgina 50 о‘ramdan sо‘ng ipni zichlanishi tekisligi bir meyorda bо‘ladi. Alohida pilla ipini seritsin bilan yopishishiva ular orasidagi bо‘shliqni tо‘lishi hisobigi ip zichlanadi.



Download 8,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish