Yevangeliya matnlarini sahnalashtirishi bilan bog„liq bo„lib Iso payg„ambarning
iztiroblari va vafoti haqida bayon qilgan. Ular cherkov iztirobli xafta davomida qo„yilgan
bo„lib pasxadan oldin namoyish qilingan. Passion matnlari dastlab “rollarga taqsimlanib”
dindorlar tomonidan psalmodi (yarim kuylash, Yarim so„zlash shaklida) ko„rinishda ijro
etilgan. Kechroq ko„p ovozli polifonik uslubda ifoda etila boshladi. Mazkur janr ayniqsa
Germaniyada-birinchi nemis opera muallifi Genrix Shyutsa ijodida yuqori cho„qqilarga
ko„tarildi.
Bax qalamiga Ioann (JP), Matfey (MP) Mark bo„yicha iztiroblar mansub (oxirgisi
yakuniga yetkazilmagan). Ularning bari Leipsigda yaratilgan edi. Barcha passionlar
uchun uchta planlarni solishtirish hos bo„lgan: bayonotli, dramatik va lirik izhor. Bayonot
hikoyani bayon qiluvchi nomidan ketadi – Yevangelist (tenor). Uning bayoniga doimo
o„zgalarni (bosh qahramonlarni) gapi kiritilib voqealarni yoritadi-Iso va uning
shogirdlari, Pontiy Pilat, Irusali ibodatxonasining diniy xizmatkori va b. Ushbu yakka va
xor repliklar tufayli tinglovchilar jonli harakatni ko„rgandek bo„ladi.
Ba‟zida drama rivoji lirik chekinishlar-ariyalarda to„xtab qahramonlarni xis tuyg„ularni
ko„rsatishga harakat qiladi. Eng muhim dramaturgiya lavhalari nems lyuteran cherkov
qo„shiqlari – xorallari bilan belgilab ko„rsatiladi. Diniy kantatalar singari Baxning
passionlarida aynan xoral asosiy axloqiy g„oyani tinglovchilarga yetkazadi ayrim xorallar
takror qilinadi, butun baxaybat kompozitsiyani birlashtirgan holda. Deyarli har bir xor
uchun kompozitor jiddiy to‟rt ovozli fakturani tanlaydi. Shunday qilib passionlar
messalardan quyidagilar bilan farq qiladi:
Messa matni lotin tilida, passionlar – nems tilida;
Passionlarda personajlar, ketma-ket harakat rivoji o„rin olgan bo„lsa messada bu yo„q;
Messa ichki tugallangan aniq cheklangan nomerlar – xor, ariya va duetlardan iborat;
Passionlarda ularga rechitativ, xorallar, o„z ichiga erkin holda xor va yakkaxon lavhalarni
kiritgan butun sahnalar o„rin oladi.
“Matfey bo„yicha iztiroblar” – Baxning eng monumental asrlaridan biri bo„lib uning
ustida u to‟rt yil mobaynida ishlagan. Asar premerasi Avliyo Foma cherkovida (Leypsig)
1727-yili bo„lib o„tdi. Umuman kompozitor hayotlik davrida ular bir necha bor turli
yillarda ijro etilgan.
“Matfey bo„yicha iztiroblar” – ikki xorli kompozitsiya bo„lib ikkita to‟rt ovozli xor uchun
mo„ljallangan. Ularga jo„rlik o„rnida orkestr va organ kiritiladi; har birida o„zining
yakkaxonlari bor. Orkestr tarkibiga qadimgi cholg„ular, masalan, viola da gambu, goboy
d
‟
amur kiritilgandir. Ikki xor birga va alohida kuyladi. Shu bois mazkur asarni ijro etilishi
katta akustik xususiyat bo„lishini taqazo etadi.
“Matfey bo„yicha iztiroblar” ikki bo‟limdan iborat (biri ibodat vaqtida ikkinchisi undan
so‟ng ijro etiladi) birinchi qism (№№1-35) Isoni maxbuslikka olinishi sahnasi bilan
yakunlansa; ikkinchi qism (№№36-78) uning iztroblari va vafoti haqida bayon qiladi.
Har bir qism bo„limlarga ajaratiladi.
I qism:
1. dindorlarni til biriktirishi va Iuda xiyonati (№№2-12);
2. pinxon kechasi (№№13-23);
3. Gefsiman bog„ida Isoning duosi (№№24-31);
4. Iudani Isoni maxbus qilinishida kelishi (№№32-35).
Do'stlaringiz bilan baham: