qismi. Bax ba‟zida uni yakshanbalik diniy xizmatida ijro qilgan.
Si-minor messani baxning falsafiy ibodati deb bejiz aytmaydilar. Unda to„lagicha
kompozitorni dunyo va borliqqa bo„lgan munosabati aks ettirilgan. Passionlar kabi
kompozitor bu asarda hayotiy idealini ochishga yuksak inson, axloqiy qahramonlikka
tayyor bo„lgan, o„z jonini fido qilishga tayyor inson haqida so„zlaydi.
Asarning falsafiy mavzusi messani monumentalligi, yangi shakllarni qo„llanilishi va
an‟anavaiy qoliplar chegarasini kengaytirilishida ko„rinadi.
Ma‟lumki mess ibodati – katolik xizmatini asosiy ko„rinishi bo„lib ko„plab asrlar
davomida shakllanib kelgan; uni asosiga yotgan duolar ham ko„p asrlar davomida terib
shakllangan. XI asrda messa matni rasmiylashtirilib va quyidagi ketma-ketlikda ijro
etilgan:
Kyrie eleison (“Tangrim shavqat qil”);
Gloria (“Shon sharaflar”);
Credo (“Ishonaman”);
Sanstus (“Avliyo”);
Agnus Dei (“Qurbonlik”).
Musiqiy shakl sifatida messa XIV asrga kelib shakllandi. Agar avvalri alohida qismlar
ortidan grigoryan xorallarni kuylari tasdiqlangan bo„lsada vaqt o„tgan sari ular mustaqil
badiiy ahamiyatga ega bo„ladilar.
Asosiy rasmiylashtirilgan qismlarni saqlagan holda Bax ularni xajmini kengaytirib har bir
bo„lim matnini alohida nomerga kiritadi, jami-yigirma to‟rta. Har biri uylangan jiddiy
kompozitsiya sifatida namoyon etilgan. Muxim birlashtiruvchi omil messa
dramaturgiyasidir. Uning tarkibida doimiy monumental va kamer planlarni solishtirilishi
kuzatiladi. Monumentalniy plan yoyilgan xorlar misolida aks etilgan. Shu tufayli messa
baxaybat ko„rinishga ega. Ikkinchi plan, kamer-lirik bo„lib duetlar, uchta xor (№ 8, 15,
16) va oltita ariyalardan iborat.
Si-minor messasida Bax musiqasining ikki asosiy olami ayon bo„ladi: iztirob, qayg„u
olami va yorug„lik quvonch va tantanalik olami aynan bu ikki olamni taqqoslanishi asl
simfonik rivojlovning asosiy harakatlanuvchi kuchini tashkil qiladi.
Yalpi iztirob va chekinishlar chizgisi. Birinchi qismning – “Kyrie”sidan turtki oladi. U
an‟anaviy messalarga hos bo„lgan uch qismlikka tayanadi: bir matnga asoslangan ikkita
qayg„uli xolar “Kyrie eleison”ni yorug„ duet “Christe eleison” qamrab oladi. Ikki xor
polifonik uslubda bajarilgan (biri – besh ovozli, ikkinchisi – to‟rt ovozli fuga). Birinchi
xor passionlar kayfiyatiga yaqin bo„lib iztirobdan alam chekkan odamlarni yurishini
gavdalaydi. Fuga mavzui minor rangi, qayg„uli ohangi, keskinli interval (triton,
kamaytirilgan septima)lari, xromatizmlar ko„pligi, “nafas olish ohangi”, lad noturg„unligi
(og„ishma e-moll), vazmin tempda bir xil ritm harakatiga asoslanishi bilan o„zini
kayfiyatini namoyon qiladi. Kuychan ohanglar deklamatsion aylanmalar bilan alishib
turadi.
Ikkinchi xor “Kyrie” ushbu matnni yangicha talqinini namoyon qiladi – uning musiqasi
iltijoga emas, balki, asketik jiddiylikka mos. Xor XVI asr jiddiy polifoniya uslubida
yozilgan.
Ikkinchi olamning ekspozitsiyasi-quvon va ilhomga to„la “Gloria”.
“Gloria” (№4) xorining musiqasi shon sharafga to„la. Uning mavzusi dastlab orkestrda
trubalarni tantanali ijrosida gavdalanadi. So„ng orkestrga xor qo„shilib tangriga hamdu
sanolarni bildiradi.
Xor kuyi tantanali ohanglarni mohirona passajlar bilan o„zaro almashuvi evaziga bir
bo„g„inning uzoq kuylanishi orqali beriladi (grigoryan an‟analaridan olgant
“yubilyatsiya” aytimi). Yengil va aniq harakat 3/8 o‟lchovida Baxning raqs siyutalarini
eslatadi. Mazkur xor o‟zini tantanavor kayfiyati bilan boshqa D-dur-xoralari bilan
messaning II,va IV (Sanstus) qismlarda yaqinligi bilan ajralib turadi.
II qisman umuman olganda quvonchga to„la bo„lsada ichida Kyrie olgan qayg„u alam
rivojini davom ettiradi. Markaziy xor №8, ―Qui tollis‖ (“sen insoniyat gunohini o„zinga
olgan”). Bu yerda h-moll bosh tonalligi qaytib biroq uning kayfiyati elegik kamer jaranga
yaqin.
III qismning bosh mavzui (“Credo”) o„rtadagi uchta xorda joylashgan, unda Iso
payg„ambarning inson qiyofasiga kirishi haqida qisqacha bayon qilinadi. (№15, ―Et
incarnates‖), iztirob chekib, dorga osildi (№16, ―Crucifixus‖), so„ng tirildi (№17, ―Et
resurrexit‖). Mazkur uchta xor butun asarning g„oyaviy timsoliy markazidir. №15 va 16
xorlar umumiy mavzu ortida birlashadi: ular messaning umumiy qayg„uli kayfiyatini
davom ettiradi. Uning «Crucifixus» butun mesaning fojiaviy avjidir. Mazkur nomerni xor
lamento (yig„isi) deb ta‟riflash mumkin. Uning musiqasi ko„plab XVI-XVII asr dunyo
rassomlarini
(ayniqsa
nemis-Gryunevald,
Dyurer
ijodida
muxrlab
qolingan)
polotnalaridagin bir surat-dorga osilishga mahkum etilgan, iztirob chekib kelgan Iso
payg„ambarni musiqada ushbu shaklni aks etish uchun eng muqobil shakl sifatida basso
ostinatoga asoslangan variatsiyalar hisoblangan.
Variyatsmiya asosiga olingan mavzu – birinchi bosqichdan to beshinchi pog„onaga qadar
xromatik gamma parchasidir. U o‟n uch marta bir xil takrorlanib har bir yangi
ko„rinishida uning garmoniyasi o„zgargan. Orkestrning garmonik variatsiyalari bilan
xorning porlifonik variatsiyalariga hamohang tushadi.
Mazkur xorni so„ngi №17 solishtirilishi eng yorqin kontrastni tashkil qiladi. Uning
maqsadi – pulimdan so„ng tirilish ―Et resurrexit‖ – bu quvonish timsollarining
yig„indisining markazi bo„lib katta quvonch ulaydi. Bu yerda polonez ritmlariga hos
usullar joy olgan. Kuy energik yuqoriga harakatlanuvchi kvartadan boshlanadi. So„nggi
beshinchi eng lo„nda messa qismida faqat ikkinchi nomer o„rin olgan, barcha kuchli
kontrastlar so„nadi, faqat bo„lib o„tgan fojia haqida xotira qoladi.
№23 “Agnus Dei” (“Qurbonlik”) va irodaning kuchi oxirgi yakuniy xorda gavdalanadi
uning musiqasi №6 “Gratias” takrori bo„lib (“Raxmat deymiz”), faqat boshqa so„zlar
bilan ijro etiladi “Dona nobis pacem” (“bizga tinchlik ato qil”). U g-moll tonalligida, D-
durning minor subdominantasi yordamida quvonch va iztirob orasida o„tish vazifasini
bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: