Informatsion janrlar. Hozirda kibermakonda yangiliklar, yaʼni informatsion janr mahsulotlarining keskin ortib borishi kuzatilmoqda. Internetda «quruq» axborot biror xabar (biron voqea ѐki hodisa toʼgʼrisida maʼlumot) uzatishda ifodalanadi. Maʼlumki, materialning informatsion janrga mansubligi unda nima, qaerda, qachon va baʼzan qanday? degan savollarga javobning mavjudligi bilan belgilanadi. Informatsion korrespondentsiya — roʼy beraѐtgan hodisa, yuzaga kelaѐtgan vaziyat, qolaversa, barcha sodir boʼlaѐtgan voqealarni taʼriflashdan iborat. Virtual muhitda korrespondentsiya janrida yaratilgan materiallarning ikkita shakli mavjud. Birinchisi, u ѐki bu voqeani haqiqiy faktlar asosida aks ettirishga qaratilgan boʼlsa, ikkinchisi, muallif mahorati natijasi oʼlaroq, vaziyatning qanday oʼzgarishi haqidagi mulohazalar, ogohlantiruvchi iboralar, keyingi reportajning baʼzi tafsilotlari bilan «jonlanadi». Bunda on-line jurnalistning maqsadi, auditoriyaga oʼzaro aloqador sabab va natijalar, mazmun va mohiyatni chuqur ѐritmagan holda voqeani qanday boʼlsa, shundayligicha yetkazishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |