Kichik maqola. Internetda kichik maqola axborot-xronologik xususiyatlarga ega boʼlgan savollarga anʼanaviy tarzda izchil javob berish orqali shakllanadi. Bunda, javoblarni ѐritish tartibi ѐki ular sonining oʼzgarishi axborotning maqsad va hajmiga bogʼliq boʼladi. Koʼp hollarda bunday maeriallarda asosiy fakt quyidagi izchillikda sharhlanadi: umumiylashtirish, soʼng esa uni tasdiqlovchi dalillarni keltirish. On-line jurnalist tomonidan kichik maqola janrida yaratilgan va anʼanaviy gazeta elektron sahifalarida joylashtiriladigan materiallar odatda bu janr talablariga toʼliq amal qiladi, yaʼni ular tezkor, muhim, aniq va loʼnda ifodalangan boʼladi. Internet-jurnalistika talablaridan kelib chiqqan holda maʼlumotni voqealar rivojiga qarab, har 20-30 daqiqada yangilab borish mazkur janrning tezkorlik xususiyatini oshirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |