Internet-jurnalistikada kommunikativ tadqiqotlar Internetning tezkor - interfaol salohiyati axborot oqimining asosan axborot va tahliliy janrlarda oʼz aksini topishiga sabab boʼlmoqda. Virtual muhitdagi OАVning konversion jihatlari esa bu maʼlumotlarning tarkibi nafaqat matn, balki audio va video materiallar bilan boyitilishi uchun zamin yaratadi. Umuman olganda, Internet makonida matbuot, radio va televideniening barcha odatiy janrlari oʼz kuchini saqlaydi. U ѐki bu uslubning ustun kelishi hamda ularning shaklan oʼzgarishini Internetning toʼrtinchi, yaʼni noanʼanaviy OАV sifatida namoѐn boʼlishi bilan izohlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |