Informatsion korrespondentsiya — roʼy beraѐtgan hodisa, yuzaga kelaѐtgan vaziyat, qolaversa, barcha sodir boʼlaѐtgan voqealarni taʼriflashdan iborat. Virtual muhitda korrespondentsiya janrida yaratilgan materiallarning ikkita shakli mavjud. Birinchisi, u ѐki bu voqeani haqiqiy faktlar asosida aks ettirishga qaratilgan boʼlsa, ikkinchisi, muallif mahorati natijasi oʼlaroq, vaziyatning qanday oʼzgarishi haqidagi mulohazalar, ogohlantiruvchi iboralar, keyingi reportajning baʼzi tafsilotlari bilan «jonlanadi». Bunda on-line jurnalistning maqsadi, auditoriyaga oʼzaro aloqador sabab va natijalar, mazmun va mohiyatni chuqur ѐritmagan holda voqeani qanday boʼlsa, shundayligicha yetkazishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |