Hisobot — maʼlumot, axborot, fikr, tajriba, muhokama va nuqtai nazarlar bilan oʼzaro almashish maqsadida oʼtkazilgan konferentsiya, sessiyalar, yigʼilish, forum va seminar singari tadbirlarni aksariyat janrlarga xos boʼlmagan tarzda baѐn qilishga qaratilgan. Muallifning vazifasi tadbir haqidagi eng asosiy maʼlumotlarni baѐn qilish, murojaatnoma, kelishuv, sertifikat topshirish, tegishli qarorlar qabul qilish kabi yakuniy hujjatlar haqida hisobot qilishdir. Material ustida ishlaѐtgan internet-jurnalist gazeta hisoboti uchun qoʼllaniladigan vositalardan foydalanadi. Hisobotni jonlantirish uchun imkon qadar fotosuratlardan keng foydalanish, alohida ishtirokchi va soʼzga chiqqanlar haqida maʼlumot beraѐtganda esa ularning fotosuratlarini berish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |