0 ‘qituvchi: — Biz hayot sharoitlari bo‘yicha Mars yerdagi
hayot sharoitlariga yaqinligi haqida gapirgan edik. Kemamiz
Marsga yetishi uchun kema ikkinchi tezlikda harakat qilishi lo
zim. Ikkinchi kosmik tezlik birinchisiga qaraganda 3 km/s.ga ko‘p.
Raketa 3 minut ichida qanday masofani bosib o ‘tadi?
Bolalar: — 3 minut 180 sekund. Demak, masofa 1980 km.ga teng.
0 ‘qituvchi: — Biz Yerdan Marsgacha bo‘lgan
masofaning
qanchaligini, kema qanday tezlik bilan harakat qilishini bilamiz.
Marsga yetib borish uchun qancha vaqt talab etilishini uyda mus
taqil ravishda hisoblab chiqishga urinib ko‘ring.
18. 3-SINFDA MATEMATIKA, TABIATSHUNOSLIK BO‘YICHA
INTEGRATSIYALASHGAN DARS
Mavzu:
«Nol bilan tugallanadigan sonlarni ko‘paytirish va
bo‘lish» mavzusi bo‘yicha o‘tilgan materialni takrorlash.
0 ‘qituvchi: — Men sizlarga xushxabar yetkazmoqchiman.
Maktabimizga Fransiyadan xat keldi. U port shahri Marseldan
kelgan. Uni kim yubordi ekan? 0 ‘qib ko‘rayhkchi. Uni J.I. Kusto
jamoasi yo‘Uabdi. Bolalar, Jak Iv Kusto kim?
Uning jamoasi nima
bilan shug‘uUanadi? (Jak Iv Kusto fransuz okeanografi.
Uning
suv ostida olgan suratlari butun dunyoga mashhur. 1952-yildan
boshlab, «Kalipso», keyinroq turbo korpusli «Alkiona» kema-
sida olib borilgan tadqiqotlarga rahbarlik qilgan. 0 ‘z akvalangi va
«Sho‘ng‘uvchi likopcha» apparatini ixtiro qilgan.
Uning jamoasi
— uning yordamchilari). 0 ‘qib ko‘ramiz, bu qanday xat ekan?
Yo‘llanma-taklifnoma. Toshkent shahridagi 175-maktabning
3-sinfida eng yaxshi o‘quvchilar dengiz osti chuqurliklarini tad-
qiq qilishda yordam ko‘rsatish uchun J. Kusto jamoasining ma
tematik odisseyasiga taklif qilinadi.
Sayohatning boshlanishi (sanasi ko‘rsatilgan).
0 ‘qituvchi: — Bolalar, J.I. Kusto jamoasining matematik
odisseyasiga borishni xohlaysizmi?
Bolalar: — Ha, albatta.
0 ‘qituvchi: — «Odisseya» so‘zini qanday tushunasiz? Odis-
seya kim bo‘lgan?
Bolalar: — Odissey yunon mifologiyasi qahramoni. Uning
boshdan kechirgan sarguzashtlari va sayohatlari «Odisseya
sayohatlari haqida»gi poemada bayon qihngan. Demak, odisseya
sayohatdir.
112
0 ‘qituvchi: — Hozir Kusto jamoasining kemasi ochiq okeanda
turibdi. U bizning vertolyotimizni istalgan paytda o ‘z bortiga qa
bul qihshi mumkin. Zudlik bilan vertolyot quramiz. Konstruk-
torlar ishga kirishinglar.
Bosh konstruktof Karim, u menga yor
dam beradi. Siz javobni tez va to ‘g‘ri aytishingiz kerak, vertolyot-
ning bir detali (har bir misol — bu vertolyotning detali).
Do'stlaringiz bilan baham: