Kartoshka kurtagi-
Kartoshkagul- tugunakli, chiroyli gullaydigan, ko`p yillik o`simlik. Poyasining ichi naysimon bo`sh, g`ovak va mo`rt bo`ladi. Barglari poyada qarama-qarshi joylashgan bo`lib, patsimon bo`lingandir. Kartoshkagul o`z gullarining shakl va rangi jihatidan xilma-xil bo`lishi bilan ajralib turadi. Uning ko`pgina tirlari O`zbekistonning hamma joylarida manzarali o`simlik sifatida ko`plab ekiladi. Uning tugunaklari kuzda birinchi sovuq tushgandan keyin yig`ib olinadi, hamda +4, +5 bo`lgan haroratda saqlanadi.
Kasallik- betoblik, xastalik ham deyiladi — organizmga tashqi yoki ichki muhitning zararli omillari taʼsir etganda roʻy beradigan patologik jarayon. Kasallik haqidagi tushuncha tibbiyot tarixida oʻzgarib bordi. Kasallikning paydo boʻlishida tashqi muhit omillari yetakchi rol oʻynaydi, chunki ular organizmga bevosita taʼsir etish bilan birga uning ichki xususiyatlarini ham oʻzgartira oladi, bu oʻzgarishlar nasldan-naslga oʻtib, unda kasallikni yuzaga keltirishi mumkin. Kasallik, koʻpincha, haddan tashqari kuchli taʼsirotlar, turli mikroorganizmlar, zaharlar taʼsirida vujudga keladi. Bunda organizmning tashqi muhitga moslashuvi susayib, uning muhit bilan oʻzaro muvozanati bu-ziladi. Organizmning rivojlanish nuqsonlari yoki irsiy kamchiliklar ham K.ka sabab boʻlish mumkin. Har bir kasallik umuman butun organizm hayot faoliyatining buzilishiga olib keladi. Kasallikning oʻtkir, oʻrtacha oʻtkir va surunkali xillari boʻladi. Kasallikning oʻtishida 4 bosqich yoki davr: yashirin (latent), prodromal (dastlabki), avj olish va tuzalish davri farq qilinadi.
Kasb-(lotincha professio — rasmiy koʻrsatilgan mashgʻulot, ixtisoslik degan ma`noni bildiradi) — maxsus nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalar majmuiga ega tajribali shaxsning mehnat faoliyati turi hisoblanadi. Kasb — kishining mehnat faoliyati, doimiy mashgʻuloti turi; muayyan ish turini malakali bajarishga imkon beradigan bilim, mahorat, tajribani talab etadi. Kasblar ichida mehnat faoliyatining eng tor sohasi bilan ajralib turadigan ixtisoslar bor (masalan, shifokorlik kasbida xirurg , oftalmolog , dermatolog va boshqalar). Kasb, odatda, shaxsning asosiy tirikchilik manbai hisoblanadi.
Kashalot-(Physeter catodon) — tishli kit bo`lib, sut emizuvchi suv hayvon hisoblanadi. Uzunligi urgʻochisiniki 13 m gacha, erkagi 21 m gacha, ogʻirligi 30— 70 t gacha yetadi. Boshi juda katta, tanasining uchdan bir qismini tashkil etadi. Tanasining old tomoni toʻmtoq. Ingichka va uzun pastki jagʻida 18—30 juft tishi bor, yuqori jagʻida tishi yoʻq. Kashalot qoʻngʻir va toʻq jigarrang tusda bo`ladi. Kashalot Okean va ochiq dengizlarda tarqalgan. Baʼzan Barens dengizi va Kamchatka sohillari yaqinida uchraydi. U 5 yoshida voyaga yetadi. 50 yilcha yashaydi. Kalmarlar va baliqlar bilan oziqlanadi. Oziq topish uchun 2 km gacha chuqurlikka shoʻngishi, suv ostida 1,5 soatgacha turishi mumkin. Iqtisodiy ahamiyati katta. Bitta kashalotdan 9—10 t yogʻ olinadi. Ovlash man etilgan.
Kashfiyot- izlanish, tekshirish, ilmiy tadqiqot natijasida, baʼzan esa tasodifan topilgan, yaratilgan ilmiy yangilik. Unga tabiat hodisalari va jamiyat qonuniyatlarini ongli ravishda ilmiy idrok qilish natijasida erishiladi. Kashfiyot fan-texnika inqilobining asosini tashkil etadi, fan va texnika taraqqiyotiga tubdan yangi yoʻnalishlarni baxsh etadi. Inson bosib oʻtgan tarixiy jarayonda juda koʻp kashfiyotlar qilindi. I. Nyutonning butun olam tortishish qonuni esa olamshumul kashfiyotdir. Har qanday ixtiro ham kashfiyot boʻla olmaydi, lekin ixtiro kashfiyotga suyangan holda qilinadi. Insoniyatning eng buyuk kashfiyotlaridan biri bu olovning kashf etilishuidir.
Kashnich-(Coriandrum) — soyabonguldoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimliklar, efir moyli va koʻkat-sabzavot ekini. Oʻrta dengiz atroflarida 2 turi, Oʻrta Osiyoda 1 turi — ekma kashnich oʻsadi. Yevropa, Shimoliy Afrika, Osiyo, Shimmoliy Amerika, mamlakatlarida, Ukraina, Rossiyaning markaziy qoratuproq viloyatlarida xoʻjalik maqsadlarida ekiladi. Urugʻidan yetishtiriladi. Kashnich poyasi qirrali, sershox, barglari uzun bandli. Gullari oq yoki pushti bo`lib, soyabonlarga toʻplangan. Mevasi yumaloq. Bir urugʻi ochilmaydigan ikki mevachadan iborat. Bu o`simlik sovuqqa chidamli. Erta bahordan kech kuzgacha ekish mumkin. Nihollari 32— 34 kunda koʻkat sabzavot holida foydalanishga yaroqli boʻladi. Urugʻi 90—95 kunda pishadi. Kashnichnning barglarida kaliy tuzlari, oqsillar, vitaminlarga boy. Kashnich koʻkati shoʻrva, goʻshtli va sabzavotli ovqatlarga, urugʻi va yosh maysalari ziravor sifatida goʻsht sirkalashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |