Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi



Download 436,66 Kb.
bet156/472
Sana31.12.2021
Hajmi436,66 Kb.
#217103
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   472
Bog'liq
alifbo tartibida

Kaltakesak-(Sauria) - sudralib yuruvchiayvon. Sudralib yuruvchilarning 2000 tacha turi bor. Gekkonsimonlar, tangacha oyoqlilar, agamalar, iguanalar, urchuqsimonlar, zahartishlilar, echkemarsimonlar, amfisbenalar, asl kaltakesaklar, ssinksimonlar kabi oilalarga boʻlinadi. Kaltakesaklarning tana shakli turli-tuman. Besh barmoqli oyoqlilari ham, oyoqsizlari ham uchraydi. Oyoqsiz kaltakesakda toʻsh suyagi va oyoq kamari saqlangan. Kaltakesak keng tarqalgan. Oʻzbekistonda ularning 38 turi, masalan, fotmanchiq, echkemar, toshkaltakesak, kunqargʻar, sariq ilon, bot-bot, qizilquloq va boshqalar bor. Asl kaltakesaklar oilasi mazkur turkum uchun tipik vakildir. Bu oilaning 156 tacha turi bor. Ular 21 ta urug`ga kiradi. Gavdasi silindr shaklida, boʻyni yaqqol ajralib turadi. Dumi uzun va uziluvchi, oyoqlari yaxshi rivojlangan, boshi va qorni qalqonlar, gavdasi tangachalar bilan qoplangan. Dumidagi tangachalar halqa shaklida. Quloq teshigi bor. Afrika, Osiyo va Yevropaning serquyosh, issiq mintaqalarida yashaydi. Oʻzbekistonda yozda kun qiziganda uyalariga (salqin joylarda) kirib oladi. Qishda (noyabrdan martgacha) karaxt boʻladi. Tuxum qoʻyadi; tuxumdan tirik tugʻuvchi turlari ham bor. Hasharot va boshqa jonivorlar bilan oziqlanib, koʻp foyda yetkazadi. Yugurdak kaltakesak, tirik tugʻar kaltakesak, Oʻzbekistonda keng tarqalgan ildam kaltakesakcha va bohalar shu oilaga kiradi.

Kalxat-(Milvus) qarchigʻaysimonlar oilasiga mansub qush. Yevropa, Osiyo, Afrika, Avstraliya va Amerikada keng tarqalgan. Kalxatning 5 turi bor. Oʻrta Osiyoda qora kalxat yashaydi. Mart oyi boshlarida uchib keladi. Uyasini suvga yaqin baland daraxtlarga, qoyalarga quradi. Aprel—mayda 2—4 ta tuxum qoʻyadi. Umurtqali mayda hayvonlar, baliqlar va hasharotlar bilan oziqlanadi.

Kanal-maxsus qazilgan suv yoʻli, sugʻorish sistemasining asosiy qismi. Kanal, oʻtaydigan vazifasiga qarab, magistral (daryo, suv ombori va shahrik suv manbalaridan sugʻoriladigan yerlarga suv oqib keladigan), taqsimlaydigan (magistral kanallardagi suvni tuman yoki xoʻjaliklarga tarqatadigan), xoʻjalik (suvni tumanlararo yoki xoʻjaliklararo kanaldan olib, xoʻjalikning sugʻoriladigan yerlariga oqizadigan), suvni egatlarga taqsimlash uchun xizmat qiladigan muvaqqat (ariq) turlarga boʻlinadi. Kanal suv olish inshootlaridan boshlanadi. Suv olish inshootlari orqali suv kanalga oʻzi oqib oʻtadi (oʻzioqar kanallar) yoki nasos stansiyasi (mashina kanallari) orqali koʻtarib beriladi. Kanal qazilma, koʻtarma, yarim qazilma-yarim koʻtarma tarzda qurilishi mumkin. Yirik sugʻorish sistemalarida magistral K.lar uzunligi bir necha yuz km ga yetadi. Qishloq xoʻjaligi, asosan, sugʻorma dehqonchilikka asoslangan Oʻrta Osiyoda juda yirik kanallar, jumladan, Turkmanistonda Krrakum kanali, Tojikistonda Katta Hisor kanali, Oʻzbekistonda Amu-Buxoro mashina kanali, Karshi magistral kanali, Katta Fargʻona kanali, Janubiy Mirzachoʻl kanali, Doʻstlik kanali va boshqa qurilgan. Oʻzbekistonda 74 kanal bor. Xoʻjaliklararo kanallarning umumiy uzunligi 32,4 ming km dan ortiq.


Download 436,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   472




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish