Hozirgi zamon tibbiyotida yatrogeniya muammolari. Yatrogeniyaning ahamiyati, dolzarbligi, hozirgi zamonning "agressiv" tibbiyot bilan bog‘liqligi.
Har kunlik ish jarayonida xirurg juda ham mohirlik bilan ish tutishi zarur, chunki u xirurgik bemor va ularning qarindosh-ururlariga kasallik diagnozidan tortib toki operasiyagacha va hattoki operasiyadan keyingi parvarish davrigacha bo‘lgan muolajalarni ustalik bilan tushuntirib bermog‘i lozim. Xirurg uchun shunday qiyin damlar bo‘ladiki, u barcha tajrnba va imkoniyatlarini ishga solib, bemor hayoti uchun xavfli va ayni vaqtda qilinishi zarur bo‘lgan operasiyalarni bemor va uning qarindoshlariga yetarli darajada tushuntira bilishi kerak. Xirurgning esa bunday ishlarni mukammal hal qilishiga kirishishi zaruriy holatdir. Bunday vaziyatlarda xirurg bemor kishi, uning qarindosh-urug‘lari, kollektiv va hamkasblari oldidagi katta mas’uliyatni hamda ma’naviy javobgarlikni sezishi kerak. Xirurg faoliyatiga taniqli xirurg L. Lerish katta baho berib ѐzgan ediki: «Kimki bir minut Ichida vaziyatni baholay olmasa u xirurg bo‘la olmaydi, har qanday operasiyadan oldin gumonsirab tursa ishonchsiz kishiga o‘xshab qoladi, qalb odamni hamma vaqt oldinga undab turishi kerak».
Odamlar orasida «qo‘li yengil xirurg ekan», «ishi doim o‘ngidan keladi» degan iboralarni eshitamiz. Albatta, iste’dod bilan bilimni inkor etib bo‘lmaydi, har ikkalasi xirurgda qo‘shib olib borilsa «xirurgik baxt»ning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Afsuski, shundaylar ham borki, ular o‘zlarining xirurgik faoliyatida faqat yengil xirurgik bemorlarni tanlab operasiya qiladilar va og‘ir xirurgik bemorlardan uzoqroq bo‘lib, shu tariqa obro‘-e’tibor qozonmoqchi bo‘ladilar. Afsuski, bunday xirurglar xalq oldida ham, hamkasblari oldida ham shon-shuhratga ega bo‘la
olmaydilar. N.I.Pirogov «xirurg baxtini» to‘rt narsadan deb biladi:
birinchidan — kasallik haqida ishonch;
ikkinchidan — operasiya qilish vaqtini yaxshi belgilash, kup ham erta, ѐki kup ham kechga qoldirmaslik, bemor kayfiyatiga yaxshi ta’sir etish, undagi qo‘rqish va ishonchsizlikni yo‘qotish;
uchinchidan — nafaqat operasiyani yaxshi bajarish , hatto uning asoratlarga olib kelmaslik chora-tadbirlaripi ko‘rish;
to‘rtinchidan— keyingi davolash jaraѐnini qunt va matonat bilan olib borishdan iborat. T. Bilrot xirurg bilan terapevt orasidagi farqni quyndagicha isbotlaydi:
«Vrachni sevadilar, xirurgdan qo‘rqadilar, demak birinchisi o‘zining resepti bilan bemor ahvolini yengillashtiradi, ikkinchisi esa, aksincha, og‘rik olib keladi». Hakiqatdan ham, hozirgi zamon xirurgiyasi og‘riqqa qarshi ko‘p yutuqqa erishsada, lekin ko‘p narsalar hozirgacha ham muammoligicha qolmoqda. Xirurgning katta-kichik xirurgik muolajalar bajarishidan qat’iy nazar, u hamma vaqt kasalga kam og‘riq keltirish yo‘llarini o‘ylashi kerak. S.I.Spasokukoskiy talabalarga leksiya o‘qib turganida bemor yarasidagi bog‘lam yechilganda bir tomchi qonni ko‘rib vrachdan «Bu nima?» — deb so‘rab, o‘zi javob qilgan ekan: «Bu vrachning nolaѐqatligidan granulyasiyaning qon aralash ѐshidir».
Hozirgi zamon xirurglari aseptika va antiseptika qoida va qonunlariga amal qilishlari shart. Bu to‘g‘risida juda ko‘p adabiѐtlar mavjud, ammo xirurgning irurgsubordinatorlarning ushbu asoslangan metodlarga amal qilmasliklari, operasiyadan oldin qo‘llarini shoshma-shosharlik bilan yuvishlari, bog‘lovxonada yarani «bog‘lash jaraѐnida qo‘yilgan xatolar asoratlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Xirurg nafaqat ishda, uy-ruzg‘orda ham, haѐtda ham qo‘lini har xil ifloslanishlardan saqlashi kerak. Ochiq, himoyalanmagan qo‘l bilan xovlida ishlash, qo‘l terisi shikastlanishiga olib keladigan yumushlar bajarishda ehtiѐt bo‘lishi kerak. Shunday ishlar bajarilgan taqdirda ham darhol qo‘lni tozalovchi moddalar bilan yuvish shart.Hozirgi zamon xirurgiyasining jadal sur’atlar bilan rivojlanib ketishi,
ayniqsa transplantologiya — odam a’zolarini ko‘chirib o‘tkazish sohasidagi amerikalik jarrohlarning birdaniga «yurak-o‘pka», «yurak-o‘pka-jigar» operasiyalarini bajarishlari medisina deontologiyasida ham bir qancha muammolarni yuzaga keltirdi.
Xirurg, resipiyent va donor yoki donor qarindosh-urug‘lari bilan resipiyent o‘rtasidagi munosabatlar shular jumlasidandir. Butun olamga mashhur xirurg N.M.Amosov ham yurakni ko‘chirib o‘tkazishga ruxsat olgach avtomobil halokatidan o‘lgan yosh qizning yuraginn olib kasal bemorga o‘tkazishni uning qarindosh-urug‘laridan so‘rashga jur’at eta olmagan. Bu esa transplantologiyada deontologiyaning qiyin va murakkab axloqiy va ma’naviy masalalaridan hisoblanadi.
Hozirgi zamon xirurglari aseptika va antiseptika qoida va qonunlariga amal qilishlari shart. Bu to‘g‘risida juda ko‘p adabiѐtlar mavjud, ammo xirurgning xirurg subordinatorlarning ushbu asoslangan metodlarga amal qilmasliklari, operasiyadan oldin qo‘llarini shoshma-shosharlik bilan yuvishlari, bog‘lovxonada yarani «bog‘lash jaraѐnida qo‘yilgan xatolar asoratlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Xirurg nafaqat ishda, uy-ruzg‘orda ham, haѐtda ham qo‘lini har xil ifloslanishlardan saqlashi kerak. Ochiq, himoyalanmagan qo‘l bilan xovlida ishlash, qo‘l terisi shikastlanishiga olib keladigan yumushlar bajarishda ehtiѐt bo‘lishi kerak. Shunday ishlar bajarilgan taqdirda ham darhol qo‘lni tozalovchi moddalar bilan yuvish shart.Hozirgi zamon xirurgiyasining jadal sur’atlar bilan rivojlanib ketishi, ayniqsa transplantologiya — odam a’zolarini ko‘chirib o‘tkazish sohasidagi amerikalik jarrohlarning birdaniga «yurak-o‘pka», «yurak-o‘pka-jigar» operasiyalarini bajarishlari medisina deontologiyasida ham bir qancha muammolarni yuzaga keltirdi. Xirurg, resipiyent va donor ѐki donor qarindosh-urug‘lari bilan resipiyent o‘rtasidagi munosabatlar shular jumlasidandir. Butun olamga mashhur xirurg N.M.Amosov ham yurakni ko‘chirib o‘tkazishga ruxsat olgach avtomobil halokatidan o‘lgan yosh qizning yuraginn olib kasal bemorga o‘tkazishni uning qarindosh-urug‘laridan so‘rashga jur’at eta olmagan. Bu esa transplantologiyada deontologiyaning qiyin va murakkab axloqiy va ma’naviy masalalaridan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |