Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni — dialektikattg qonunlaridan biri. Uni Gegel ishlab chiqqan. Bu qonunga koʻra, ziddiyat, qarama-qarshi tomonlar, kuchlar oʻrtasidagi kurash harakat va rivojlanishning sababi, manbai hisoblanadi. Rivojlanish ziddiyatlarning paydo boʻlishi, rivojlanishi va bartaraf qilinishi jarayonidan iborat, bu eskining yoʻqolishi va yangining paydo boʻlishiga olib keladi. Qaramaqarshilik deb narsa va hodisalarning bir-birini taqozo etuvchi tomonlari, quchlarning oʻzaro munosabatiga aytiladi. Qarama-qarshiliklar birligi nisbiy, oʻtkinchi, yaʼni u narsa va hodisadagi ikki qarama-qarshi kuchning maʼlum nisbiy vaqt ichida birga mavjud boʻlib turishini anglatadi. Qarama-qarshiliklar kurashi esa abadiy, yaʼni rivojlanishning manbai sifatida doim, har qanday sharoitda barcha jism va hodisalarga xos. Qonunning mohiyati va amal qilish jarayonini oʻrganishda ichki va tashqi, asosiy va asosiy boʻlmagan zidsiyatlarni bir-biridan farq qilish zarur, lekin ular oʻrtasida mutlaq chegara ham yoʻq. Voqelikda ular oʻzaro chirmashib ketadi, bir-biriga oʻtadi va taraqqiyotga xilmaxil taʼsir qiladi. Shuning uchun ziddiyatlarning har biriga konkret yondashish, ziddiyat namoyon boʻladigan sharoitni, muhitni, vaziyatni, u oʻynaydigan rolni hisobga olish zarur.
Sobiq Ittifoqning mafkurasi darajasiga koʻtarilgan marksizm taʼlimotida, asosan, ziddiyatlarga koʻproq eʼtibor berilar va mutlaqlashtirilar, ular oʻrtasida murosa boʻlishi haqidagi Gegel gʻoyalari inkor etilgan edi. Mavjud jamiyat taqdiri ishchilar sinfining burjuaziya ustidan gʻalabasi bilan yakunlanadi, deb qilingan "bashorat" asossiz boʻlib chiqdi. Ishchilar bilan ish beruvchilar oʻrtasida muayyan konsensus (kelishuv) vujudga keddi. Odamzod azaldan ziddiyatlar kamroq boʻlgan, kishilarning xilmaxil intilish va maqsadlari bir-biridan farq qiladigan gʻoyalar uygʻunlashgan, barqarorlik ustuvor boʻlgan jamiyat qurishga intiladi. Ziddiyatlarga boy boʻlgan hozirgi murakkab davrda kelishmovchiliklarni konsensus asosida hal qilish zarurligi gʻoyasi muhim metodologik ahamiyatga ega.
Ziddiyat (mantiqda) — muhokama yuritishda, matnda va nazariyada biri ikkinchisini inkor etadigan 2 mulohazaning mavjudligi (qarang Ziddiyat sonuni); (dialektikada) — predmet va hodisalarga obʼyektiv ravishda xos boʻlgan bir butunning qaramaqarshi (musbat va manfiy, tugʻilayotgan va oʻlib borayotgan, yangi va eski) tomonlari, belgilari, yoʻnalishlari oʻrtasidagi mu\im munosabatlar.
94. Ilmiy bilishning аsоsiy usullаri vа shаkllаri
Ilmiy bilish
Fanlar ilmiy bilishning shakllaridir. Ilmiy bilish ko’plab umumiy, xususiy va alohida konkret ilmiy metodlar yordamida vujudga keladi.
Fanlar borliq va uning turli ko’rinishlari: tabiat, jamiyat, inson tafakkuri to’g’risidagi ilmiy bilish jarayonida yuzaga kelgan bilimlar tizimlaridan iborat.
Ular insonlarning borliqni bilishi, o’rganishi va o’zlashtirishining o’ziga xos nazariy shakllari bo’lib, o’zlarida moddiy va ma’naviy omillarni birlashtiruvchi ko’p qirrali ijtimoiy hodisadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |