Inkorni dialektik tushunish yangining eski bilan oddiy almashuvi bo`lmasdan, balki eskining Bag`rida vujudga kelib, undan foydalanib, qaror topishini tan olishdir. Dialektik inkorning muxim ikki jixati mavjud: birinchisi, eskining o`rniga yangining kelishi tabiiy-tarixiy jarayon bo`lganligi uchun taraqqiyotning muxim sharti xisoblansa; ikkinchisi, u yangini eski bilan vorisiy bog`liq ekanligini ham ifodalaydi.
Inkorni inkor qonunini tushunish uchun uni nega shunday deb atalishini izohlamok lozim. Falsafaning bu ta’limotini ikki marta takrorlanuvchi inkorda ifodalanishi olamdagi narsa va hodisalarning doimiy ravishda o`zgarib, bir holatdan ikkinchi holatga o`tib borishi va oqibatda, rivojlanish o`zluksiz ekanligidan kelib chiqadi.
Bu qonunga ko`ra, har bir mavjud bo`lgan narsa va hodisa o`zigacha bo`lgan sifat va miqdor inkor etilishining maxsuli, shu bilan birga, ana shu narsa va hodisalarning o`zi ham sharoitning o`zgarishi, vaqtning o`tishi bilan inkor etilishga maxkumdir. Demak, har bir narsa va hodisaning o`zgarishi va rivojlanishi hamisha ikki va undan ko`proqinkor etishlar bilan amalga oshadi. Insoniyat tarixi – avlodlar almashinuvi tarixidir, deyilganida ham ana shunday hol nazarda tutiladi.
Inkorni inkorning yana bir muxim belgisi shuki, taraqqiyotdagi davriylikning muayyan xalqasida, ya’ni navbatdagi inkor bosqichida uning oldingi bosqichidagi ba’zi belgilar takrorlanadi. Masalan, don o`simlikdan yana donlarga aylanadi, keyinrok yana o`simlikka va xokazo.
Inkorni inkorning amal qilishi tufayli taraqqiyot to`g`ri chizik shaklida emas, doira shaklida bo`ladi, uning oxirgi nuqtasi boshlanKich nuqtaga yaqinlashadi. Lekin bu yaqinlashuv uning oxirgi nuqta bilan tutashishi bo`lmasdan, balki yuqori bosqichda sodir bo`lishi sababli taraqqiyot spiral shaklga ega bo`ladi. Bu spiralning har bir yangi urami oldingi uramiga nisbatan yuqorirok bosqichda yo`zaga keladi.
Dialektik inkor yangi bilan eski o`rtasidagi bog`lanishni butqul rad qiladi, deb tushunmaslik kerak. Yangi kanchalik ilg`or bo`lmasin, u yo`q joydan paydo bo`lmaydi, balki eskining kobiKida asta-sekin shakllanadi. Shuning uchun ham ko`p hollarda eskidan yangiga utilayotganda eski butunlay tashlab yuborilmaydi, balki uning ijobiy tomonlari saqlanib qoladi va rivojlanish davom ettiriladi. Demak, yangi bilan eski o`rtasida vorislik mavjuddir. Inkorni inkor qonuni taraqqiyotda vorislik va qaytariluvchanlikning birligini tavsiflaydi. Dialektik inkorning muxim xususiyati ana shundan iborat.
Inkorni inkor qonuni mustaqillik va bozor iqtisodiyoti jarayonida ro`y berayotgan hodisalar mohiyatini ilmiy anglashda katta ahamiyat kasb etadi. Yangi jamiyatni barpo etishga qaratilgan o`zgarishlar hamma narsani butunlay yo`q qilishni bildirmaydi. Aksincha, bu — xalqimiz taraqqiyoti jarayonida erishilgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma’naviy yutuqlarni saqlab qolib, ularni yanada boyitib, rivojlantirishdan iboratdir. Mazkur jarayonning asosiy tamoyili Islom Karimovning yangisini kurmasdan, eskini bo`zmaslik lozimligi to`g`risidagi xulosasida yaqqol o`z asosini topgan.
107. Mаvjudlik, o’zgаrish, bоg’liqlikning аsоsiy shаkllаri
108. Sinergetika vа uning аsоsiy tаmоyillаri
109. Bilishning mazmun va mohiyati Bilish nazariyasining predmeti ilish nazariyasi (gnoseologiya, epistemologiya)— falsafa boʻlimi boʻlib, u bilish qonuniyatlari va imkoniyatlari, bilimning obʼyektiv reallikka munosabatini oʻrganadi, bilish jarayonining bosqichlari va shakllarini, bilishning ishonchliligi va haqkrniyligi shartlari va mezonlarini tadqiq qiladi. Bilish nazariyasi hozirgi zamon fanida qoʻllaniladigan usullar (tajriba, modellashtirish, analiz va sintez va h.k.)ni umumlashtirib, uning falsafiymetodologik asosi sifatida namoyon boʻladi. Bilish jarayonida tajriba va amaliyotning katta ahamiyati bor. Bu yerda amaliyot (praktika) keng maʼnoda boʻlib, insonning jamiyatga taʼsiri, tabiat hodisalarini oʻzgartirishi, yangi narsalar, jamiyatning yashashi uchun zaruriy shartsharoitlar yaratishi tushuniladi. Kishilarning tabiat qonunlari haqidagi bilimiga asoslangan amaliy faoliyatlari bilish taraqqiyotini, fan va texnika ravnaqini belgilaydi. Sezgi, tasavvur va tushunchalarimizning obʼyektivligini tekshirish bilish jarayonining eng muhim vazifasidir. Amaliyot — haqiqat mezoni. Bilimlarimizning haqiqiyligi amaliyot orqali tekshiriladi, tasdiklanadi. Bilish jarayoni jonli mushohada (hissiy bilish)dan abstrakt (mavhum) tafakkurga, undan esa amaliyotga oʻtish bilan harakterlanadi. Jonli mushohada, deganda biz sezgi, idrok, tasavvur kabilarni, yaʼni sezgi aʼzolari orqali tashki olamning miyaga taʼsiri natijasida paydo boʻladigan inʼikos shakllarini tushunamiz. Sezgi dunyoni inʼikos etishning boshlangʻich shaklidir. Demak, sezgi — obʼyektiv dunyoning subʼyektiv inʼikosi. U sezgi aʼzolari orqali dunyo hodisalarini, buyumlarning xususiyat va sifatlarini ayrimayrim, bir-biri bilan bogʻlanmagan holda aks ettiradi. Idrok qilish hissiy bilishning murakkabroq shakli boʻlib, u sezgi aʼzolariga bevosita taʼsir koʻrsatuvchi buyumni yaxlit holda aks ettiradi. Inson miyasining umumlashtiruvchi faoliyatiga asoslangan bu aks ettirish jarayoniga kishining oldingi tajribalari, abstrakt tafakkurning faoliyati va boshqa ham kelib qoʻshiladi. Shularga asoslangan idrok qilish narsalarning zarurroq, chuqurroq tomonlarini aklan (fikran) ajratib olishga va bilishga imkon beradi. Miya inson ilgari idrok qilgan narsani oʻz xotirasida saklab qolish va uni qayta tiklash qobiliyatiga ega. Sezgi aʼzolariga taʼsir koʻrsatmayotgan buyumning ana shunday qayta tiklangan qiyofasi tasavvur deb ataladi. Inson hissiy bilish bosqichida toʻxtab qolmaydi. U mazkur bosqich doirasidan chiqishi, buyumlarning umumiy, zaruriy va muhim xususiyatlari hamda munosabatlarini, ularning bevosita hissiy mushohada kilib boʻlmaydigan qonuniy aloqalarini bilib olishi mumkin. Bunga abstrakt tafakkur — bilishning mantiqiy bosqichi orqali erishiladi. Bilish jarayonining sifat jihatdan yangi, oliy bosqichi — mavhum tafakkur jamiyatdan va tildan tashqarida boʻlmaydi. U — amaliyotning , tarixiy taraqqiyotning mahsuli. Tafakkur voqelikning umumlashtirilgan, yaʼni bilvosita aksidir. Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bogʻlangan. Til boʻlmas ekan — umumlashtirish jarayoni ham boʻlmaydi. Hissiy bilish singari mavhum tafakkur ham muayyan shakllarda roʻy beradi. Bu shakllar tushuncha, muhokama va aqliy xulosalardir. Tushuncha narsa va hodisalarning umumiy va muhim tomonlarini aks ettiradi. Mac, “odam” tushunchasi hamma insonlarga xos eng asosiy belgilarni oʻzida mujassam ifoda qiladi. Muhokamada buyumlarda muayyan xususiyatlar mavjudligi taʼkidlanadi yoki inkor qilinadi. Tilda muhokamalar ran orqali ifodalanadi. Bir yoki bir necha muhokama vositasi bilan yangi muhokama olish imkonini beradigan tafakkur shakli aqliy xulosa, deb ataladi.
110. Mоhiyat vа хоdisа diаlеktikаsi
111. Tarixiy xotira va inson omili Tarixiy ong, bu — har qanday bilimda bo‘ladigan, hamma narsa, hatto ma’naviy borliq ham bo‘lib o‘tganligini anglashdir»[3].
«Tarixiy ong ijtimoiy ong shakli bo‘lib, jamiyat tomonidan o‘zining kelib chiqishi va zamondagi o‘rni, o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagi o‘rtasidagi aloqadorlikning anglanishi, ijtimoiy voqelikning obyektiv idrok etilishidir»[1].
Tarixiy ong «ilgari sodir bo‘lgan tarixiy voqealarni o‘zida aks ettirgan turli-tuman manbalar, ashyolar avloddan-avlodga meros sifatida o‘tib, tariximiz, madaniyatimizning uzluksizligini ta’minlaydi»2.
«Ilm-fanda tarixiy ong deganda odatda ijtimoiy guruhlar, sinflar, xalqlar, millatlarda o‘zining kelib chiqishi, o‘z tarixidagi muhim voqealar va o‘tmish-dagi buyuk arboblar haqida, o‘z tarixining boshqa kishilik jamoalari va umuman bashariyat hamjamiyati tarixi bilan nisbati haqidagi qarashlar, an’analar, udumlar, odatlar, konsepsiyalar mujassami tushuniladi»[3].
«Tarixiy xotira selektiv xususiyatga egaligi tufayli ularni (tarixiy ong elementlarini) saralay oladi, bir tizimga solishga xizmat qiladi» yoki «tarixiy xotirada san’at, urf-odat, marosimlar bilan bog‘liq axborotlar saralangan tarzda jamlanadi va sakdanadi»[4].
«Tarixiy xotira — ajdodlar tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarning kishilar ongi va kundalik amaliy faoliyatida qayta namoyon bo‘lishi, eslanishi, qadrlanishi»[5]
112. Imkоniyat vа vо’qеlik, tаsоdif vа zаruriyat tushunchаlаri
113. Haqiqat tushunchasi. Haqiqatning asosiy shakllari
aqiqat — voqelikning kishi ongida toʻgʻri aks etishi, bilimlarimizning obʼyektiv reallikka mos kelishi. H. insonning borliqni bilishdagi asosiy maqsadlaridan biri. U asosan inson bilimlari bilan borliqdagi narsa va hodisalar oʻrtasidagi munosabat masalasini oʻz ichiga oladi. Antik davr mutafakkirlari (Epikur, Demokrit, Lukretsiy) H.ni bilimlarimizning narsa va hodisalar mohiyatini ifodalashga mos kelishi sifatida tushunganlar. Bunday tushunish yangi davr faylasuflariga (F.Bekon, B.Spinoza, K.Gelvetsiy, D.Didro, P.Golbax, M.V.Lomonosov, L.Feyerbax) ham xosdir.
H.ning obʼyektiv, mutlaq, nisbiy shakllari bor. Amaliyot tasdiklagan har qanday bilim obʼyektiv H.dir. Bunda olamdagi narsa va hodisalar mohiyati inson ongiga bogʻliq emas (H. mazmunan obʼyektiv, lekin shaklan inson tafakkuri faoliyatining natijasi sifatida subʼyektivdir). Borliqdagi narsa va hodisalar haqidagi toʻliq, aniq, mukammal bilimlar mutlaq H.dir. Nisbiy H. obʼyek-tiv H.ning baʼzi tomonini, boʻlagini, qismini aks ettiruvchi bilimdir, u obʼyektni toʻla, mukammal aks ettira olmaydi. Bilish nisbiy H.lardan mutlaq H.lar tomon rivojlanib boradi. Har qanday mutlaq H. nisbiy H.larning cheksiz rivojlanib bori-shidan vujudga keladi, har bir nisbiy H.da esa mutlaq H.ning zarrasi mavjud boʻladi. Ilmfan taraqqiyotida har bir yangi bosqich nisbiy H.lar sifatida mutlaq H.ning mazmuniga yangi-yangi zarralar qoʻshib boradi. Borliq bepoyon va cheksiz boʻlgani kabi, insonning uni bilishi ham cheksiz davom etadi. H. hamisha kon-kretdir, mavhum H. yoʻq. Har bir bilimning haqiqatligi maʼlum joyga, vaqt va vaziyatga, kishi bili-shining imkoniyatiga va darajasiga bogʻliq.
Bilish jarayonida nisbiy va mut-laq H.lar nisbatini toʻgʻri tushunmaslik, H.ning konkretligini hisobga olmaslik bilish nazariyasida 2 ta yanglish qarash — dogmatizm va relyativizmga olib keladi.
H. tushunchasi faqat gnoseologik masala emas, balki aksiologik jihatga ega. U "adolat", "yaxshilik", "goʻzallik" tushunchalari kabi umuminsoniy qadriyat hisoblanadi.
114. Jаmiyat hаyotidа bаrqаrоrlik vа bеqаrоrlik
Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xos. Har bir inson o`z oldiga qo`ygan maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muhtoj bo`lgani kabi, jamiyat ham o`z oldiga qo`ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka ehtiyoj sezadi.
Barqarorlik - jamiyat taraqqiyotining tadrijiy rivojlanishi, ijtimoiy tizimning muayyan darajadagi bir tekis faoliyat ko`rsatish imkoniyatidir. U turg‘unlik tushunchasidan keskin farqlanadi. Ijtimoiy-siyosiy turg‘unlik tushunchasi jamiyatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy tizimning tanazzuli alomatidir.
Beqarorlik ichki va tashqi jarayon va tahdidlar natijasida vujudga keladi. Beqarorlik bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqa bir ijtimoiy-siyosiy tuzumga o`tish davrida keskinlashishi mumkin. Jamiyat barqarorligining izdan chiqishi kishilar psixologiyasidagi salbiy o`zgarishlarda, qonunlarning ishlamasligida, ijtimoiy burchning ado etilmasligida, ijtimoiy ideallarning yo`qolishida, g‘oya va mafkuraga loqaydlikning kuchayishida, turli jinoiy guruhlarning paydo bo`lishida, ijtimoiy adolat mezonlarining buzilishida, davlat idoralarining aholini boshqarish qobiliyati kuchsizlanishida, turli ziddiyatlarning keskinlashuvida o`z ifodasini topadi.
115. Qonun tushunchasi
Qonun (falsafada) — narsa va hodisalar oʻrtasidagi muhim, zaruriy, barqaror, takrorlanuvchi munosabat. Mazkur munosabat obʼyektiv voqelikka mansub boʻlsa, u voqelik Q.lari deb yuritiladi. Voqelik Q.larining inson tomonidan oʻrganilib, muayyan nazariy tilgʻa koʻchirilishi fan Q.lari deyiladi. Shu jihatdan fan Q.lari voqelik Q.larining tafakkurda inʼikos etilishidir. Fan Q.lari, oʻz navbatida, aks ettiruvchi obʼyektiga koʻra, tabiat Q.lari, jamiyat Q.lari, tafakkur Q.lariga boʻlinadi. Tasodifiy yoki oʻtkinchi munosabatlar esa Q.ni asoslashga yetarli emas. Zaruriylik Q.ning muhim belgisidir, chunki undan kelib chiqadigan natijalarning yuz berishi muqarrardir. Q. tushunchasining mohiyati qonuniyat tushunchasiga yaqin turadi. Qonuniyat Q.dan farqli ravishda sistemaning oʻzgarishlaridagi barqaror jihatlarni va yoʻnalishlarni ifodalaydi. Shu jihatdan, fanda statistik va dinamik qonuniyatlarga tayanib ish yuritiladi. Dinamik qonuniyatlarda oʻrganilayotgan jarayonlarning kelajagi aniq, muayyan va bir xil koʻrinishda bashorat qilinadi, yaʼni sistemaning kelajakdagi holati uning oldingi holati bilan uzviy bogʻlangan boʻladi. Statistik qonuniyatlarda esa, jarayonlarning kelajagini bashorat qilish ehtimol shaklida boʻlib, muayyan miqdordagi tasodiflar ichidan roʻyobga chiqishi mumkin boʻlgan ehtimollar nazarda tutiladi, yaʼni bunda bir qancha oʻzaro bogʻlangan aloqadorliklar ichidan roʻyobga chiqishi mumkin boʻlgan imkoniyat darajasi ehtimollik bilan chamalab olinadi. Qlar obʼyektlar oʻrtasidagi, sistema rivojlanishining turli holatlari va bosqichlari oʻrtasidagi aloqadorliklarni ifodalaydi. Q.lar oʻzining umumiylik darajasi va taʼsir etish doirasiga koʻra, xususiy. umumiy va eng umumiy Q.larga boʻlinadi. Xususiy Q.lar narsa va hodisalar oʻrtasidagi nisbatan tor doiragi achoqalarni funknional tarzda aks ettiradi (mas. mexanikada tezliklarni qoʻshish Q.lari). Umumiy Q.lar narsa va hodisalarning umumiy xossalari oʻrtasida munosabatni, eng umumiy Q. lar esa tabiat, jamiyat, tafakkur rivojining eng umumiy munosabatlarini, tomonlarini, taraqqiyotini, tendensiyalarini ifodalaydi. Butun olam tortishish Q.i umumiy Q.ga, olamning rivojlanish Q.lari esa engʻ umumiy Q.ga misol boʻlishi mumkin. Umumiy Q.lar bilan xususiy Q.lar oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik mavjud. Umumiy Q.lar xususiy Q.lar orqali amal qiladi, xususiy Q.lar esa umumiy Q.larning bir koʻrinishi boʻlib, obʼyektiv xarakterga ega. Q.lar, birinchidan, narsa va hodisalar va ular orasidagi munosabatlarning mohiyati, sababi, kelib chiqishi, rivojlanish tendensiyasini tushuntiradi; ikkinchidan, Q. hodisadagi rivojlanish tendensiyasi va yoʻnalishini aks ettirish orqali jarayonlarning kelajagini bashorat qilish funksiyasini bajaradi. Tabiat va jamiyat Q.lari obʼyektiv jarayonlarni aks ettiradi. Agar tabiat Q.lari bizga stixiyali tarzda boʻlib koʻrinsa, jamiyat Q.lari esa kishilarning ongli faoliyatida namoyon boʻladi. Q.larni bilish asosida kelajak haqida bashorat qilish, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish mumkin. Tafakkur Q.larini mantiq fani oʻrganadi. Q.lar haqida Forobiy, Xorazmiy, Fargʻoniy, Beruniy, Ibn Sino, Ulugʻbek kabi mutafakkirlar maxsus risolalar yozishgan. Huquqqa doir, xususan, shariat Q.lariga oid asarlar ichida Burhoniddin Margʻinoniyning "Xidoya" kitobi dunyoga tanilgan. Q.larni anglab olish, bilish olamning rivojlanish xususiyatlarini bilib olish va uni oʻzlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
116.. Sаbаb vа оqibаt kаtеgоriyalаri
117. 106birxil
118 107 birxil
119. 108 birxil
120. Faoliyat falsafasi (prakseologiya)
Do'stlaringiz bilan baham: |