Insоn fаlsаfаsi 83. Makon va vaqt borliqning fundamental shakllari



Download 3,76 Mb.
bet1/8
Sana27.01.2022
Hajmi3,76 Mb.
#412793
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
falsafa


80. Umumiy bоg’lаnish, аlоqаdоrlik vа rivоjlаnish hаqidаgi fаlsаfiy qаrаshlаr

81 Tаrаqqiyot vа o’zаrо аlоqаdоrlik.

82. Insоn fаlsаfаsi

83. Makon va vaqt borliqning fundamental shakllari

84. Оng vа ruhiyat, ulаrning fаlsаfiy tаlqini

85. Tаrаqqiyot to’g’risidаgi tushunchа nаzаriya, kоntsеptsiyalаr

86. Substansiya muammosi. Substansiya va substrat tushunchasi



87. XVIII asr Yevropa falsafasining ma’rifiy xususiyatlari
XVIII asr Yevrоpa falsafasining ma‟rifiy хususiyati. Yevrоpada XVIII asr falsafasi XVII asr g‘оyalarini 
davоm ettiradi va rivоjlantiradi. Bu davrda falsafiy tafakkur fan va ijtimоiy amaliyot sоhasida erishilgan yutuqlarni 
umumlashtiradi. Falsafiy g‘оyalar yanada kеngrоq targ‘ib qilinadi, chunki XVII asrda falsafiy asarlar faqat lоtin 
tilida yozilgan va ular bilan tanishish imkоniyatiga ega kishilar dоirasi ancha tоr bo‘lgan; XVIII asrda 
faylasuflarning asarlari ular qaysi mamlakatda yashasa, shu mamlakat tilida yozilgan va nashr etilgan.
XVIII asr falsafasida tabiat hоdisalarini tushuntirishga nisbatan qarashlarda matеrializm sеzilarli darajada 
rivоjlanadi. Frantsuz matеrializmi оlamshumul tariхiy ahamiyat kasb etadi: u o‘rta asrlar sхоlastikasiga qarshi 
chiqibgina qоlmasdan, balki o‘z dunyoqarashi va dunyoviy manfaatlarini ham asоslashga harakat qiladi.
Albatta, XVIII asr falsafasi bir jinsli emas: unda matеrialistik dunyoqarash mo‘ljallari ham, idеalistik 
dunyoqarash mo‘ljallari ham, atеistik va dеistik qarashlar ham mavjud. Aksariyat hоllarda idеalizm va matеrializm, 
din va fan yonma-yon turadi.
SHuni qayd etish lоzimki, XVIII asr falsafasi avvalо ma‘rifat falsafasi sifatida rivоjlangan; qоmuslar va 
lug‘atlar, pamflеtlar va bоshqa nashrlarda ilmiy va falsafiy g‘оyalar kеng оmmaga tushunarli tarzda atrоflicha bayon 
etilgan.
Ma‘rifat davri falsafasiga P.Gassеndi (1592-1655) asarlari, uning atоmistik matеrializmi, Epikur g‘оyalari, 
shuningdеk uning etikasi targ‘ibоti, sхоlastikaning tanqidi, R.Dеkart asarlari, P.Bеyl (1647-1706) asarlarida diniy 
dоgmatizm tanqidi zamin yaratdi.
XVII-XVIII asrlar Yevrоpa Ma‘rifat falsafasiga ingliz ma‘rifatchilari J.Lоkk va D.YUm, XVII asr nеmis 
ma‘rifatchisi G.Lеybnits, shuningdеk buyuk оlim I.Nyutоn falsafasi ham kuchli ta‘sir ko‘rsatdi. XVIII asr Ma‘rifat 
falsafasida ikki yo‘nalish: Vоltеr, Russо, Vоlf, Mоntеskе va bоshqalarning dеistik matеrializmi hamda Mеlе, Didrо, 
Gоlbaх, Gеlvеtsiy, Lamеtri kabi оlimlarning asarlarida Nyutоn, Galilеy, Dеkartning matеrialistik tabiatshunоsligi 
nеgizida dеizm nazariy asоslarining tanqidi farqlanadi.
Fransua Mari (Arue) Vоltеr (1694-1778) frantsuz ma‘rifatchilarining atоqli namоyandasi falsafa tariхidan 
оtashin publitsist, Nyutоn fizikasi va mехanikasi hamda Angliyadagi kоnstitutsiyaviy tartib va muassasalarning 
targ‘ibоtchisi, chеrkоv, iеzuitlar, inkvizitsiya tajоvuzlaridan shaхs erkinligining himоyachisi sifatida o‘rin оldi. 
Uning «Kandid», «Оrlеan qizi» asarlari, «Falsafiy lug‘at», «Ensiklоpediya»dagi maqоlalari butun Yevrоpada kеng 
tarqaldi.
88. Insоn оngining tаbiiy-ijtimоiy jihаtlаri

89. Rivоjlаnish vа o’zаrо аlоqаdоrlikning umumiy qоnuniyatlаri
Olamdagi narsa va hodisalarning harakati, o’zgarishi, bir holatdan ikkinchi holatga o’tib turishi, rivojlanishi, ular 
o’rtasidagi aloqadorlik va o’zaro ta’sir kabi masalalar qadimdan mutafakkirlar, olimlar, faylasuflar o’rtasida turli bahs, 
munozara, tortishuvlarga sabab bo’lgan. Chunki ular to’g’risida aniq bilimga ega bo’lmasdan turib, olam va uning 
taraqqiyoti, rivojlanish manbai, harakatlantiruvchi kuchlari to’g’risida hamda, eng asosiysi, kelajak haqida ilmiy 
tasavvurga ega bo’lish qiyin. 
Atrofimizdagi jamiki narsa-hodisalar, ya’ni eng mayda zarrachalardan tortib to Er, Quyosh, Koinotgacha barchasi
shu jumladan, kishilik jamiyati ham, doimo harakat, o’zgarish va rivojlanishdadir. Ular o’rtasida abadiy o’zaro 
bog’liqlik, o’zaro ta’sir va aloqadorlik mavjud. Olamda o’z-o’zidan, tasodifiy ravishda hech qanday harakat ham, 
o’zgarish ham yuz bermaydi.
90. Insоnni fаlsаfiy tаhlil qilishni mохiyati
Insonning yaralishi, mohiyati va jamiyatda tutgan o’rni falsafiy 
muammolar tizimida muhim o’rin tutadi. Turli falsafiy ta’limotlarda bu masalalar turlicha talqin etib kelingan. 
Shunday bo’lishi tabiiy ham edi, chunki inson mohiyatan ijtimoiy-tarixiy va madaniy mavjudot sifatida har bir 
yangi tarixiy sharoitda o’zligini chuqurroq anglashga, insoniy mohiyatini ro’yobga chiqarishga intilaveradi.
Suqrotning «O’zligingni bil» degan hikmatli so’zi har bir tarixiy davrda yangicha ahamiyat kasb etadi. Insonda 
butun olam va jamiyatning mohiyati mujassamlashgandir. Ulug’ mutasavvuf Abdulxoliq G’ijduvoniy insonni 
«kichik olam» deb hisoblagan. Falsafada baxs yuritiladigan barcha masalalar inson muammosiga bevosita 
daxldordir. Umuman olganda, insonga daxldor bo’lmasa, unga foyda keltirmasa, jamiyatning og’irini engil 
qilmasa, unday fanning keragi bormikan? Shu ma’noda, inson, avvallo, o’zi uchun zarur bo’lgan fanlarni, ilmlar 
va bilimlar tizimini yaratgan.
Tabiat, madaniyat, siyosat, tsivilizatsiya, bilish kabi masalalar inson manfaatlari va insoniy mohiyatning 
namoyon bo’lish shakllaridir. Ularning barchasi inson tabiati va mohiyati bilan bog’liqdir.
Falsafa insonni olamning tarkibiy qismi sifatida o’rganadi. Inson shunday murakkab va ko’p qirrali mavjudotki, 
uning mohiyati yaxlit bir butunlik sifatida inson, shaxs, individ, individuallik tushunchalari orqali ifodalanadi. 
Bu tushunchalar bir-biriga yaqin va ma’nodosh bo’lsa ham, bir-biridan farqlanadi.
Inson — o’zida biologik, ijtimoiy va psixik xususiyatlarni mujassamlashtirgan ongli mavjudot. Insonning 
biologik xususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish, sharoitga moslashish kabilar xos.
Inson boshqa mavjudotlardan sotsial xususiyatlari bilan ajralib turadi. Chunonchi, til, muomala, ramziy belgilar, 
bilim, ong, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’mol qilish, boshqarish, o’z-o’zini idora etish, badiiy ijod, 
axloq, nutq, tafakkur, qadriyatlar, tabu (ruxsat va ta’qiqlash) shular jumlasidandir.
Insonning psixik xususiyatlariga ruhiy kechinmalar, hayratlanish, g’am-tashvish, qayg’u, iztirob chekish, 
zavqlanish, kayfiyat kabilar kiradi.
Inson shu xususiyatlari orqali yaxlit bir tizimni tashkil etadi. U yaxlit mavjudot sifatida o’z ehtiyojlarini 
qondiradi va insoniyat davomiyligini ta’minlaydi. Insonga xos bo’lgan biologik xususiyatlarni ijtimoiy 
xususiyatlardan ustun qo’yish yoki psixologik xususiyatlarni bo’rttirish uning mohiyatini buzib talqin etishga, 
bir yoqlamalikka olib keladi.
Falsafa tarixida inson to’g’risidagi ta’limotlarda biologizm, sotsiologizm, psixologizm kabi yo’nalishlar vujudga 
kelgan. Biologizm insonning tabiiy-biologik xususiyatlariga, sotsiologizm insonning ijtimoiy xususiyatlariga, 
psixologizm esa, ma’naviy, ruhiy, psixologik xususiyatlariga bir yoqlama yondashishga asoslangan edi.
Inson mohiyatini falsafiy jihatdan chuqurroq tahlil qilishda shaxs, individ, individuallik tushunchalarining 
mohiyatini bilish va ularni bir — biridan farqlash muhimdir. Shaxs o’zida sotsial sifatlarni mujassamlashtirgan 
insonni ifoda etadi. Kishilar shaxs bo’lib tug’ilmaydi, balki jamiyatdagina shaxs bo’lib shakllanadi va 
rivojlanadi. Chunki insonga xos ijtimoiy sifatlar, fazilatlar avloddan-avlodga irsiy yo’l bilan o’tmaydi. Inson 
dunyoga kelgan vaqtida jamiyat, siyosiy tuzum, madaniyat, ishlab chiqarish, oila, ommaviy axborot vositalari, 
mafkura kabi ijtimoiy tuzilmalar mavjud bo’ladi.
Inson ta’lim-tarbiya, mehnat, muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, bilim, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlar, 
siyosiy g’oya, milliy mafkura kabi omillar ta’sirida yashaydi, ularni o’zlashtiradi va shu jarayonda 
ijtimoiylashadi, ya’ni shaxs bo’lib shakllanadi. Natijada insonda yangicha fazilat va sifatlar paydo bo’ladi. U 
yaratuvchan mavjudot sifatida faoliyat ko’rsata boshlaydi.
O’z-o’zini nazorat qilish, o’z-o’zini tarbiyalash, yuksak mas’uliyatni his etish, g’oya uchun kurashish, 
mustahkam e’tiqodga ega bo’lish, o’z fikr-mulohazalarini erkin bayon etish va ijtimoiy-siyosiy faollik shaxsga 
xos belgilardir.
91. Yangi davr falsafasining rivojlanishidagi ijtimoiy-siyosiy sharoit
Ma’lumki, hamma zamonlarda ham falsafa o`z davrining dolzarb muammolarini xal etish yo`llarini topishga harakat qilgan. ХХ asrga kelib insoniyat fan va texnika taraqqiyoti soxasida o`lkan yutuqlarni qulga kiritdi. Lekin shu bilan birga, aynan ushbu asr ijtimoiy silsilalar, ikkita jahon urushi, ekologik inqiroz, og`ir yo`qotishlar davri ham bo`ldi. Bu esa falsafiy fikrning taraqqiyotida o`z aksini topdi, uning turli yo`nalish va oqimlari shug`ullangan muammolarning salmog`i, maqsad-muddaosini aniq belgiladi. Buning natijasi sifatida, hozirgi davr falsafasida nixoyatda xilma — xil oqim va yo`nalishlar mavjud. O`z navbatida bu ilm-fan va amaliyotning hamda XIX asrning ikkinchi yarmi va hozirgacha bo`lgan falsafa ilmi rivojining asosiy xususiyatlarini belgilaydi.

Hozirgi zamon falsafasining eng asosiy tamoyillari umuminsoniylikning ustuvorligi, uning milliylik bilan uyg`unligi, demokratik erkinliklar, inson qadri, biror ta’limotni mutloqlashtirmaslikdir. Bag`rikenglik va tolerantlik hozirgi falsafiy ta’limotlar rang-barangligini ta’minlaydi.
An’anaviy falsafada, turli G`oyaviy tizimlarga bo`linishiga qaramay, muxim muammolarni xal etishda ma’lum bir umumiylik mavjud edi. Hozirgi zamon falsafasida aksincha, falsafiy muammolarning ko`p xilligi va o`ziga xosligi, turli-tumanligi, ular asosida falsafiy oqimlarning mustaqil yo`nalish sifatida shakllanganligi yaqqol ko`zga tashlanadi.
An’anaviy falsafada aql — inson mohiyatining belgilovchisi, deb talqin etilgan bo`lsa, endi ratsionalizmga qarshi insonning mavjudligi (ekzistensializm) muammolari, hamda uning noratsional mohiyati ilgari surila boshladi. Ya’ni ilgari ma’rifatparvarlik G`oyasi ustuvor bo`lsa, endilikda ko`proqinson huquqlariga e’tibor kuchayib ketdi. Falsafa guyoki, mavxumlikdan aniqlik tomon bordi, umumiy emas, aniq-ravshan masalalarni xal qilish boshlandi.
An’anaviy falsafada hodisalar mexanika qonunlari asosida tushuntirishga harakat qilingan bo`lsa, endi bunday tahlil doirasidan chetda qolgan muammolar o`rganila boshlandi.
Bugungi kunga kelib ko`pgina falsafiy oqimlar o`zlarining an’anaviy falsafaga aloqador ekanliklarini hamda ulardan farq qilishlarini ta’kidlash maqsadida, nomlariga «neo», ya’ni yangi, zamonaviylashgan degan ma’noni anglatuvchi qo`shimchani qo`shganlar. Masalan, neopozitivizm, neotomizm va boshqalar shular jumlasiga kiradi.
Fanning jamiyat hayotidagi o`rnini belgilash va unga nisbatan munosabatga qarab, zamonaviy falsafiy ta’limotlarni asosan ikki yo`nalishga ajratish mumkin. Ulardan biri — ssiyentizm (lot scientia — fan) ya’ni fan mavjud barcha ijtimoiy muammolarni xal etishi mumkinligini ilm-fan taraqqiyotining doimiy ijobiyligini asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Ssiyentizm G`oyalari, neopozitivizm, texnologik determinizm kabi ta’limotlarning asosini tashkil etadi.
Ikkinchisi — antissiyentizm, ya’ni fan taraqqiyoti jamiyat hayotiga salbiy ta’sir ko`rsatishini asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Bunday dunyoqarash ekzistensializm, frankfurt ijtimoiy-falsafiy maktabi, Rim Klubining bir qator tarmoklarini, ba’zi diniy-falsafiy oqimlarning fanga munosabatini ifodalaydi. Antissiyentizm ilm-fan taraqqiyotining natijalarini nazorat ostiga olish, bu masalada jamiyat hayotini xavf ostiga kuymaslik talabi bilan bog`liqdir.
Antissiyentizmning ayrim uta ashaddiy namoyandalari fan-texnika taraqqiyotini tamoman to`xtatib guyish G`oyasini ham ilgari suradilar. Umuman olganda, ХХ asr falsafasida bir-biriga muqobil bo`lgan yo`nalishlar ratsionalizm va irratsionalizm, antropologizm va naturalizm, ssiyentizm va antissiyentizm, materializm va idealizm o`z o`rniga ega bo`lmoqda.

92. Kategoriya tushunchasi va ularning turlari


Kategoriya (yunon. kategoria – ta'rif, mulohaza) – borliq hodisalari va unda hukm suruvchi munosabatlarning muhim, tipik mazmunini o‘zida aks ettiradigan o‘ta keng tushuncha. Shunday qilib, tabiiy til tushunchalari fan va falsafa kategoriyalari bilan tinimsiz boyib boradi. Kategoriyalarni tasniflash, borliqning turli shakllari haqidagi falsafiy tasavvurlarga muvofiq amalga oshiriladi. Odatda fan kategoriyalari, xususiy-ilmiy kategoriyalar va falsafa kategoriyalari farqlanadi.

Fan kategoriyalari tabiiy til tushunchalaridan ancha farq qiladigan so‘zlar bilan ifodalanadi. Aksariyat hollarda ular qadimgi yunon yoki klassik lotin tilidan o‘zlashtiriladi, ba'zan ular muayyan hodisani kashf etgan olimning ismi bilan ataladi. Ilgari ma'lum bo‘lmagan hodisani ifodalash uchun sun'iy tarzda yaratilgan so‘zlar – neologizmlar ham ancha ko‘p uchraydi. Tabiiy tildan farqli o‘laroq, fan tushunchalari va kategoriyalari atamalar (terminlar) hisoblanadi, ya'ni erkin talqinga yo‘l qo‘ymaydigan aniq belgilangan hajm va mazmunga ega bo‘ladi.
Har qanday fan borliqning muayyan tomonlarini o‘rganar ekan, albatta o‘z kategoriyalar apparatini shakllantiradi. Matematika «son», «differensial», «integral» kabi kategoriyalar bilan bog‘liq. Biologiyada «tur», «irsiyat», «o‘zgaruvchanlik» kabi kategoriyalar mavjud. Ammo, muayyan fanlarning kategoriyalari ma'lum darajada umumiy bo‘lsa-da, borliqning ayrim sohalaridagina qo‘llaniladi va mazkur sohalarga xos bo‘lgan aloqalar va munosabatlarni aks ettiradi


Xususiy ilmiy kategoriyalar alohida olingan xususiy ilmiy fanlarda qo‘llaniladigan, mohiyat nuqtai nazaridan boshqa fanlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan kategoriyalardir. Masalan, fizika, kimyo geologiya, geografiya fanlari kategoriyalari xususiy xarakterga ega

Falsafiy kategoriyalar – borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqalari va munosabatlari haqida fikrlash uchun qo‘llaniladigan o‘ta keng tushunchalar majmuidir. Ayni shu sababli falsafiy kategoriyalar hyech qachon hajman cheklangan tabiiy til tushunchalari darajasida soddalashtirilishi mumkin emas.
93. Qаrаmа-qаrshiliklаr vа ziddiyat tushunchаsi

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish