II BOB. DIDAKTIKA
DID AK TIK A NIN G PREDM ETI VA UNING VAZIFALARI
D idaktikaning
predmeti
ta'lim -tarbiya
muassasasi
sharoitida
m uallim ning rahbarligi ostida amalga oshadigan o‘quv jarayonidir.
D idaktikada ana shu jarayonning qonuniyatlari tadqiq qilinadi, har xil
tipdagi ta'lim -tarbiya m uassasalarida u yoki bu darajada beriladigan
ta'lim m azm unini belgi-lashning ilmiy asoslari, o'qitish vositalari
va m etodlarining samaradorligini oshirish y o ila ri ham da ta’lim ning
tashkiliy shakllari ishiab chiqiladi. Didaktika pedagogikaning ta’lim
va o'qitish nazariyasini ishiab chiqadigan tarm ogldir. D idaktika
yunoncha «didaktikos» so‘zidan olingan b oiib , o'qitish, o‘rganish
m a’nosini bildiradi. Yaqin va O 'rta Sharqda Xorazmiy, Kindiy,
Forobiy. Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom kabi m utafakkirlar ilmiy
didaktikaga asos solgan bolsalar, Amos Komenskiy. shveysariyalik
pedagog I.G.Pestalossi, nemis pedagogi A .D isterveglar Yevropada
didaktikaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar. Xorazmiy, Kindiy,
Forobiy, Beruniy, Ibn Sino. Umar Xayyom, Tusiy va ularning izdoshlari
qarashlarining m uhim xususiyati shundan iborat ediki, m azkur oiimlar
doimo predm etning qiyofasi inson ongida mavhumlashuvi jarayo-
niga m ana shu predm etning mohiyati va o‘ziga xosligini tushunish
sodir b o iish i hamda shakllanishiga e'tibor berganlar. U lar bilishning
predmeti va m anbalariga, bilish jaravoni qanday bosqichlardan tarkib
topishiga, bilish faoliyati bilan amaliy faoliyat oi'tasidagi munosabat-
larga qiziqqanlar. Xorazmiy shaxsning uzluksiz kamol topishi nazariya
sini rivojiantirish borasida m uhim xizm at qildi, induktiv va deduktiv
tafakkurdagi alohidalik ham da um um iylikning birligi prinsipini mu-
ayyanlashtirdi. Kindiy substansiyani barcha ilmiy bilim larning bosh
predm eti sifatida ko'rib chiqishda, eng avvalo, miqdor va sifatni hissiy
idrok etish zarurligini tasdiqladi. K im ki miqdor va sifatni bilmasa,
u substansiyani bilishdan ham m ahrum ligini uqtirdi. Olim o'zining
13
didaktik g'oyalarida hissiy va ratsional bilishni ifodaladi. Hissiy bilish -
yakka narsalarni bilishdan iborat bo'lsa. oqilona bilish - umumiy
narsalarni bilish ekanini ta'kidladi. Uning fikricha, hissiy bilish faqat
aql uchun material beradi. Sabablar haqiqatni bilishda va o'zining
ana shu haqiqatga muvofiq xatti-harakatlarini anglashda insonning
aqliga ko'm aklashadi. «Haqiqat, - deb yozgan edi Kindiy, - har
qanday narsani va uning barqarorligini bilishning sababidir, binobarin,
hayotdagi mavjud ham m a narsa haqiqiy ligi bilan mavjuddir. Haqiqatni
bilish zarur va shunga ko'ra mavjud narsalarni bilish mumkin». Forobiy
o’qitish m etodlarining tasnifini ishlab chiqqan. Ularni amaliv va
nazariy m etodlarga ajratgan, shu tariqa o'qitishning amaliv vo'nalishi
va kishilarning hayoti hamda kundalik faoliyati bilan bogiiqligi
g'ovalarini olg'a surgan. Olim o*qitishning tajriba ko'rsatmalL induktiv
va deduktiv, amaliv m etodlariga alohida e'tibor bergan. Barcha
m etodlarni o'quvchining hayotiy tajribasiga, mantiqiy tafakkuriga
tayangan holda birlashtirgan. O 'quv jarayonini tashkil etishga qo’yi-
ladigan talablarni ishlab chiqishda deduktiv metodni ustun qo'yib,
o'quvchilarga materialni tushuntirishda nimalarga alohida e ’tibor berish
haqida, eng muhim narsalarni fanga ishonchli bilimlar beradigan va
shubhalantirmaydigan dalillar bilan yoritish va hokazolar bo'yicha
o'qituvchilar uchun qimmatli tavsiyalarini bayon qilgan2. Forobiy
m atem atika fani misollari asosida o'qitishning ilmiylik, ko'rsatm alilik,
tushunarlilik va izchillik prinsiplarini ishlab chiqqan. Bilish jarayoni
va fandagi bilim shakllarining mohiyatini yoritgan. Uning fikricha,
ana shu jarayonlar qonunlar sifatida shakllanadi va ularga rioya
qilish fikrlashni takom illashtiradi hamda murakkab bilish jarayonida
qo'pol xatolarning oldini oladi. Bilish jarayoni fikrlash mantiqi orqali
amalga oshadi. Mantiq obyektni anglashga qaratilgan va aql yetadigan
m ohiyatlar tahlil etiladigan fikrlash jaray onining to'g'riligini belgilashga
xizm at qiladi. Mantiq quroldir va u narsalarni aniq bilishga yordam
beradi. Forobiy bilish faoliyatini tashkil etish m asalalari bo'yicha ham
anchagina mufassal tavsiyalarni ishlab chiqqan. Uning yozishicha,
yaxshi nazariyotchi bo'lish uchun nazariya qaysi fanga taalluqli bo'lsa
ham, quyidagi uchta shartga rioya qilishi shart:
1. M azkur fan asosidagi hamm a prinsiplarni to'liq bilish.
14
2. M ana shu prinsiplardan va m azkur fanga doir m a’lumotlardan
tegishli xulosalar chiqara bilish.
3. N oto'g'ri nazariyani rad eta bilish va haqiqatni yolg‘ondan farq-
lash, xatolarni to‘g ‘rilash uchun boshqa m ualliflarning fikrlarini tahlil
qila bilish. Borliqning aks etishi sifatidagi hissiy bilish muammosi va
eng asosiy masala - bilishning m anbalari rnasalasi doimo Beruniy
nazariy bilish faoliyatining diqqat m arkazida turdi. Olim bilishning
nazariy asosini cheksiz va uzluksiz jarayon sifatida tahlil va talqin qildi.
U o'zidan oldingi olim lar ishlab chiqqan bilishning ilmiy m etodlarini
rivojlantirib, didaktik yo‘sinda m uhim xulosalar chiqardi: « 0 ‘qish va
takrorlash orqali, - deb yozgan edi Beruniy, - dunyoning tuzilishini,
osmonning va Yerning shakllarini bilish astronomiya fani uchun
g'oyatda foydalidir. Binobarin, ana shu tariqa ta ’lim oluvchi malaka
hosil qiladi va m azkur san'at ahli ishlatadigan so‘zlarni o‘rganadi, bu
so'zlarning m a'nosini anglaydi. Keyinchalik astronomiya fanidagi turli
sabablar va isbotlarni o‘rganishda ana shunday so'zlar uchrasa, ularni
bemalol tushunib boraveradi va u yoki bu narsalarni o'zlashtirishda
eharchamaydi». Beruniy asarlarida ta’kidlaganidek o‘qitish izchil,
ko'rsatmali, m aqsadga muvofiq bo‘lishi va m a’lum tizim da olib borilishi
lozim. Binobarin. ko'rsatm alilik ta’lim ning tushunarliroq, muavyanroq
va qiziqarliroq b o '1 ish ini ta’minlaydi. tafakkurni rivojlantiradi. Ibn
Sinoning bilim orqali erishiladigan natijalari haqidagi ta ’limoti o‘qitish
nazariyasida alohida o‘rin egalladi. Uning fikricha, buyum larni china-
kam bilishga tashqi ko’rinishini tahlil qilish, sabablarini aniqlash
asosida aql bilan erishiladi. Ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini
ishlab chiqqan. M ushohada bilan idrok qilishning birinchi bosqichi
aqliy kategoriyalarni tushuntirishdir. Ikkinchi bosqich ikki xil fikrni
idrok etishdir. Aqliy rivojlanishning uchinchi bosqichiga o‘zlashtirilgan
fikrlarni idrok etish bilan erishiladi. Shunda uni haqiqiy aql deyiladi.
Olim aqliy faoliyatni bosqichlarga bo‘lar ekan, birinchi bosqichda
yodlay oladigan, lekin hali harflarni ham, siyoh va qalam ni ham bil-
maydigan bolaning aqlini nazarda tutgan; ikkinchi bosqichda tayoq-
chalarni chiza boshlagan, qalamdan fovdalanishni o‘rganayotgan bola
ning aqli tasavvur qilinadi: uchinchi bosqichda inson aqliy shakllarni
va ularga muvofiq hissiy obrazlarni egallagan bo‘ladi. Ibn Sino aql
deganda insonning tu g in a iste’dodini, shuningdek, tajriba asosida
15
va bilish jarayonida shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi.
Aqlni insonning birlamchi tu g in a sogiom fikrlashi, yaxshi va yomon
ishlarni vujudga keltiradigan, ularni farq-lantiradigan kuch, deb
ta’riflaydi. Aql insonning xatti-harakatlarida namoyon boiadi. Inson
aql yordam ida narsalar va hodisalarni tahlil q ilad i um um lashtiradi
hamda ularning eng vaxshilarini tanlavdh deb uqtiradi. Shuningdek,
aqlni ikki kategoriyaga ajratadi. U larning biri - nazariy aql boiib ,
borliqdagi umumiy narsalarning mohiyatini idrok etishdin ikkinchisi
esa amaliy aql boiib, buyum larni tanlashda turtki sifatida ko'rinadigan
qobiliyatdir.
Abdulla Avloniy o'zining barcha tadqiqotlarida ilm m uam mosini
birinchi o'ringa qo6ygan. «AlhosiL - deb yozgan edi u, - butun hayo-
tim iz, salomatligimiz, saodatim iz. sarvatim iz, maishatimiz, himm a-
tim iz, g'ayratim iz, dunyo va oxiratim iz ilm bilan bogiiqdur...Shuning
uchun o'qimak, bilmak zam onlarini q o id an bermay, vujudim izning
dushmani boig an jaholatdan qutulm akka jonim iz boricha saV
qilm agim iz lozimdur»1.
A. Avloniy, ilm tarbiya jarayonida o'zlashtiriladi va u yaxshini
yomondan. ezgulikni yovuzlikdan. joizni nojoizdan farqlash imkonini
beradi. deb hisoblaydi. U tarbiya bilan taiim n in g birligi m uam mosini
ishiab chiqdi. Garchi Avloniy ta iim bilan tarbiya o'rtasida ozgina
farq borligini aytgan b o isa ham, ular tana va jon singari bir-biriga
chambarchas bogiiqdir, deydi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |