K B K :74.202.4ya73
ISBN 978-9943-4211-6-5
© «Voris-nashriyot», 2013.
KIRISH
O'zbekiston m ustaqillik yillarida iqtisodiy hamda ijtimoiy-madaniy
rivojlanishning o'ziga xos y o iig a ega boidi. Bu y oid agi chuqur
o'zgarishlar barcha jabhalarga shiddat bilan kirib bormoqda.
Prezident LA. Karimov ta ’kidlab o'tganidek: «Bu murakkab dunyo-
ning azaliy va abadiy muammolari, shu bilan birga, har bir davrning
dolzarb m asalalariga har tomonlam a asosli ilm iy javoblar topilgan taq-
dirdagina ma’naviyat olami yangi m a’no-mazmun bilan boyib boradi.
Boshqacha aytganda, har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot -
bu yangieha fikr va dunyoqarashga turtki beradi, m a’naviyatning
shakllanishida o‘ziga xos ta’sir o4kazadi»!. Ta’lim-tarbiya tizim ini
tubdan isloh qilish, barkamol avlodni shakllantirish ertangi taqdirim izni
belgilab beruvehi dolzarb m asalalardan biriga ay land i.
Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov Oliy M ajlisning XIV
sessiyasida «yangi darsliklarni, zamonaviy pedagogik va axborot
texnologiyalarini o'z vaqtida ishiab chiqish va joriy etishni ta’minlashni
nazorat ostiga olish zarur» ligini alohida ta’kidladilar. Shu o‘rinda bizga
milliy pedagogikam izning jadal sur’atlarda taraqqiy etishi, taMim-
tarbiya jaravonining rivojlanishida o'zining boy m eroslarini qoldirgan
qomusiy olim lardan al-Buxoriy, at-Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, az-
Zamaxshariy, Alisher Navoiy, Zahiriddin M uhamm ad Bobur, Ogahiy,
Abdulla Avion iy singari ulug' olim-u adiblarning betakror asarlaridan
foydalanish imkoniyati yaratildi. Ular ta’limdagi m illiy xususiyatlarga
alohida e’tibor berishgan.
M ustaqillik yillariga qadar ularning pand-o'gitlari yetarli darajada
o'rganilm adi. Tarixdan ma’lumki, bir vaqtlar Sharq pedagogikasi
nihoyatda gullab-yashnagan. Olmon olimi Xerler «Sharq Yevropaning
j
I. A, Karimov.
«Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch». - Т.: M a ’naviyat,
2008, 40, 41-b.
m uallim idir» deganida ana shu rivojlanish davrlarini ko'zda tutgandir.
ehtim ol Bobokalonlarim iz yosh avlod tarbivasi borasida dorilfunun
varatib qoldirganlar. Zardushtiylik dinining m uqaddas kitobi sanalm ish
«Avesto»dan tortib to hozirgi kunda yashab ijod etayotgan pedagog-
olim lar asarlarida nekbin pedagogik m afkura o'z aksini topgani bejiz
emas.
Bugungi kun o'zbek pedagogikasi m illat ruhivatidagi nozik
jihatlarni hisobga olgan va dunyo tarbiyashunosligidagi eng so^nggi
vutuqlarga tayangan holda taraqqiy etmoqda. Zamonaviy o'zbek
pedagogikasida barkamol insonni shakilantirish rasmiy ravishda bosh
maqsad qilib belgilangan. Prezidentim iz I.A .K arim ovning «Barkamol
avlod orzusi» va «Yuksak m a’naviyat - yengilmas kuch» nomli
asarlarida «Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga
e'tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi. Tarbivadan hech narsani
ayamaymiz. M a'naviy va axloqiy poklanish, imon, insof, diyonat,
or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o‘z-
o'zidan kelmaydi, ham m asining zam inida tarbiya yotadi»1, degan
fikrlarni ta'kidlaydi. M a’lumki. pedagogika jam iyatning rivojlanish
qonun-qoidalariga tayangan holda taraqqiy etadi. Bugungi kunda esa
ana shu jarayon avj pallasiga kirdi. Inson ongi taraqqiy etmas ekan.
ijtimoiy hayot jabhalarida hech bir o'zgarish sezilmaydi. M odomiki,
zamon jadal sur'atlarda o'zgarayotibdimi, demak. pedagogika ham shu
o'zgarishlarga hamohang b o 'lm o g i darkor. Shularni nazarda tutgan
holda biz ushbu kitobni Sharq m utafakkirlari asarlaridan unum li
foydalangan holda yaratdik.
1
LA. Karimov.
«Barkamol avlod orzusi» Т.: O'zbekiston milliv ensiklo-
pediyasi, 2000. - 83-b.
4
Download Do'stlaringiz bilan baham: |