bifocals” oftalmologik termini 2 ta ma’no anglatuvchi birlik, ya’ni “bifocal ” ” lardan “s” tashkil topgan bo’lib, uning ta’rifi “eyeglasses having two focus lengths, one for near vision and the other for far vision”2.O’zbek tiliga tarjima qilinganda“biri yaqinni, ikkinchisi uzoqni ko’rishga xizmat qiladigan ikki funksiyali ko’zoynak”ma’nosini anglatadi.
Shu bilan bir qatorda oftalmologik terminlar sodda, murakkabva terminologik iboralarga bo’linadi. “Sodda termin” deganda biz umumiy termin bo’lgan so’zni tushunamiz. Sodda termin adabiy so’zning ma’nosini qo’shish, qayta ko’rib chiqish, klassik tilning morfemalaridan individual termin yaratish, boshqa tillardan yoki boshqa terminologik sohadan so’z olish yo'li bilan shakllanishi mumkin, masalan: “lens” - linza, “lid” – ko’z qopqog’i, cataract – katarakta. “Murakkab termin” tushunchasi so’zning ma’nosini qo'shish yoki qayta ko'rib chiqish yo'li bilan hosil bo'ladigan ikki yoki undan ortiq elementlar yoki tarkibiy qismlardan iborat terminlarni o’zida mujassamlaydi, shuningdek klassik tillarning elementlari va tarkibiy qismlaridan individual ravishda termin yaratish va boshqa tillardan yoki boshqa terminologik sohadan so’z olinadi, masalan: “retinoblastoma” - retinoblastoma, “keratomycosis”- keratomikoz. “Terminologik ibora” deganda biz ikki, uch yoki undan ortiq terminologik tarkibiy qismlarni birlashtirish natijasida hosil bo’lgan ko’p tarkibiy qismni, semantik integral birikmani, masalan: “ocular irritation” -ko’zning tirnash xususiyati, “optfic disc anomaly” - optik diskning anomaliyasi kabi tushunchalarni anglaymiz.3 Terminologik iboralar ingliz oftalmologik terminologiya tizimida eng samarali nominatsiya birliklari hisoblanadi.Tadqiqot shuni ko’rsatadiki, oftalmologiyaning sublingual qismida muddatli shakllanish jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega.O’rganilayotgan terminologiyani to'ldirishda eng muhim jihat - terminning shakllanishi, xususan, terminologik iboralarning tuzilishi hisoblanadi. Oftalmologik terminlar esa ko’p hollarda quyidagi formulaga asoslangan bo’ladi: NN, VedN, VingN, AAN и ANN (N - noun, A — adjective, Ved - participle II, Ving- participle I. N - ot, A - sifat, Ved – o’tgan zamon, Ving-gerundiy). Ko’p komponentli terminologik iboralar orasida eng katta qatlam ikki komponentli birliklardan iborat. Boshqacha qilib aytganda, ikki komponentli terminologik birliklar ko'pincha (N) ot bilan ifodalangan asosiy elementdan va sifatdan(A), ot (N), gerundiy (Ving) yoki o'tgan zamon (Ved) bilan ifodalangan aniqlovchi elementdan iborat bo’lgan holatlar tez-tez uchraydi. Oftalmologiya terminologiyasida yaqin tarkibiy-semantik munosabatlar bilan ajralib turadigan ikki komponentli terminologik birliklar asosiga yangi element qo'shib uch komponentli terminologik iboralar shakllanadi. Uch komponentli terminologik birliklarning tahlili quyidagicha: (AAN и ANN) - degenerative ocular disease- ko'zning degenerativ kasalligi, posterior hyaloid membrane - posterior vitreus membranasi, optic disc anomaly - optik disk anomaliya, intraocular lens implantation - ko'z ichi linzalarini implantatsiya qilish. NNN modeli kamroq tarqalgan: computer vision syndrome - kompyuter charchoq sindromi. AVedN modeliga binoan qurilgan uch komponentli terminologik birliklarda eng kam uchraydigan terminlar quyidagi misollarda keltilgan: macular pigmented pucker - makula pigmentli katlama va AVingN modeliga ko'ra: corneal penetrating allograft - allograft orqali shox parda.4Oftalmologiya terminologiyasida to’rt komponentli terminologik iboralar oz sonli kombinatsiyalar bilan ifodalanadi. Bunday ko’p komponentli terminlarning talaffuzi va imlosi noqulayligi bilan izohlanadi, chunki ko’p komponentli terminologik birliklar tarkibiga kiruvchi leksik birliklar faqat semantik ravishda ulanishning rasmiy belgilari bo'lmagan holda yasaladi. To’rt komponentli oftalmologik terminlarning ko’p qismi asosan AAAN modeliga asoslanadi. Misol keltiradigan bo’lsak: autosomal dominant congenital cataract - otozomal dominant tug'ma katarakta. To’rt komponentli terminologik birliklarning yana bir ko’rinishi quyidagi formulada o’z aksini topgan: AANN - congenital myopathic eyelid retraction - ko'z qovog'ining tug'ma miyopatik qisqarishi; hereditary anterior membrane dystrophy - irsiy anterior membran distrofiyasi; ANNN- optic nerve sheath meningioma - optik asab vaginasining meningiomasi; ANAN - posterior chamber intraocular lens - orqa kamerali ko'z ichi linzalari. Besh komponentli terminologik iboralar juda oz miqdorda ifodalanadi. Besh komponentli terminologik birikmalarga misol tariqasida oladigan bo’lsak, AAANN formulasi eng ko’p uchraydigan modeli hisoblanadi: acute multifocal placoid pigment epitheliopathy - o'tkir multifokal platsoid pigment epiteliopatiyasi, nonischemic central retinal vein occlusion - markaziy retina tomirlarida ishemik bo'lmagan okklyuziya. Boshqa modellarga ko’ra qurilgan besh komponentli terminologik birliklar ushbu modeldan sezilarli darajada past va quyidagi variantlar bilan ifodalanadi: ultrasonic cataract-removal lancet needle - ultratovushli kataraktni olib tashlash uchun lanset ignasi (ANNNN); autosomal recessive hereditary optic neuropathy - otosomal retsessiv irsiy optik asab nevropati (AAAAN); pupils equal reactive to light and accommodation – ko’z qorachig’ining bir xil yorug'lik va akkommadatsiyaga reaktsiyasi (NAANN); primary acquired nasolacrimal duct obstruction - birlamchi nasolakrimal obstruktsiya(AVedANN). Oltita yoki undan ko’p komponentli terminologik iboralarni quyidagi misollarda ifoda etishimiz mumkin: acute posterior multifocal placoid pigment epitheliopathy - o'tkir posterior multifokal plasoid pigment epitelialopati (AAAANN); pupils equal, round, reactive to light and accommodation – ko’z qorachig’ining bir xil, yumaloq, yorug'lik va akkommadatsiyaga reaksiyasi (NAAANN); contact lens-induced acute red eye - kontakt linzalarini kiyish natijasida paydo bo'lgan ko'zning o'tkir qizarishi (ANVedAAN).5 Murakkab ko’p komponentli terminologik birliklarning paydo bo’lishi bir qator ekstralingvistik va lingvistik sabablar bilan izohlanishi mumkin. Fikrimizning isboti tariqasida, predloglar bitta komponentning ikkinchisiga bo'ysunuvchanligini aniqlaydi va ilmiy uslubga asoslangan aniqlik va mantiq talablariga javob beradi.
Ingliz oftalmologik terminologiyasida iboralarni shakllantirishda ishlatiladigan predloglar alohida e’tiborga ega ekanligini e’tirof etish joiz. Misol uchun: “of”- ampulla of lacrimal canal - lakrimal kanal ampulasi,“with” - retinoblastoma with true rosettes - haqiqiy rozetkali retinoblastoma, “for” - spectacles for permanent wear - doimiy taqiladigan ko'zoynak, mydriatic test for angle-closure glaucoma - yopiq burchakli glaukoma uchun o'rta sinov; “to” - artery-to-vein ratio - arteriovenoz nisbati.
Tibbiyot terminlarida ingliz tilidagi -