Inflatsiyaning maqsadli siyosati Kirish


-jadval Inflatsiyani targelash siyosatini qo‘llovchi mamlakatlarning unga o‘tishdan oldingi va hozirgi inflatsiya holati9



Download 145,54 Kb.
bet11/14
Sana06.01.2022
Hajmi145,54 Kb.
#323574
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Inflatsiyani targetlash oxirgisi

2-jadval

Inflatsiyani targelash siyosatini qo‘llovchi mamlakatlarning unga o‘tishdan oldingi va hozirgi inflatsiya holati9

 

Mamlakatlar nomi

Inflatsiyani targetlash siyosatiga o'tgan yili

Inflatsiyani targetlash siyosatiga o'tish davrida inflatsiya sur'atlari (%)

2019 yilgi inflatsiyani o'rtacha yillik ko'rsatkichlari (%)

2020 yilgi inflatsiyani o'rtacha yillik ko'rsatkichlari (%)

Pul-kredit siyosatining avvalgi maqsadli ko'rsatkichi

Rivojlangan mamlakatlar

1

Yangi Zelandiya

1990

6,1

1,6

1,4

Yo'q

2

Kanada

1991

5,6

1,9

1

Yo'q

3

Buyuk Britaniya

1992

4,3

1,7

0,7

Almashuv kursi

4

Avstraliya

1993

1,8

1,6

0,9

Yo'q

5

Shvetsiya

1993

1,8

1,8

1,6

Almashuv kursi

6

Shvetsariya

2000

2,6

0,4

4,6

Pul taklifi

7

Islandiya

2001

6,4

3

4,1

Almashuv kursi

8

Norvegiya

2001

3

2,2

2,5

Almashuv kursi

Rivojlanayotgan mamlakatlar

1

Chexiya

1997

8,6

2,6

2,2

Almashuv kursi va pul taklifi

2

Isroil

1997

9

0,8

-0,4

almashuv kursi

3

Polsha

1998

7,3

2,2

2,7

almashuv kursi

4

Chili

1999

3,3

2,6

3,1

almashuv kursi

5

JAR

2000

5,4

4,1

3,2

Pul taklifi

6

Janubiy Koreya

1998

7,5

0,4

1,9

Pul taklifi

7

Meksika

2001

9

3,6

3,5

Pul taklifi

8

Filippin orollari

2002

4,5

1,7

3

Almashuv kursi va pul taklifi

Jumladan, rivojlangan mamlakatlardan Kanada 1991 yilda targetlash siyosatiga o‘tishdan avval inflyatsiya darajasi 5,6 %ni ko‘rsatgan, targetlash rejimini qo‘llashning natijasi o‘laroq, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 1,6 %ga tushirilgan. Birlashgan qirollikda esa 1992 yilda 4,3 % bo‘lgan bo‘lsa, keyingi yillarda 1,0 %ga tushgan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda, jumladan, Chexiyada inflyatsion targetlashni ko‘llashdan avval 8,6 % bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda 2,4 %ga tushgan. Isroilda dastlab 9,0 % bo‘lgan bo‘lsa, keyingi yillarda 0,2 %ni tashkil qilgan. Polsha mazkur rejimni 1998 yil qabul qilishidan oldin qadrsizlanish darajasi 7,3 % bo‘lgan, samarali qo‘llash natijasida uni 2,6 %ga tushirishga muvaffaq bo‘lgan.

Umuman olganda, inflyatsion targetlash siyosatini kabul qilgan mamlakatlarda inflyatsiya darajasi yetarlicha past darajada va barqaror ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Mo‘tadil inflyatsiya iqtisodiyotda ma’lum zahiralarning mavjudligi sharoitida iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirishi hamda tovar va pul bozori o‘rtasida bahoning belgilanishi yordamida muvozanatni saqlashi mumkin. Narxlarning nazorat kilib bo‘lmaydigan o‘sishi esa hattoki, rivojlangan mamlakatlarda ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Uzoq muddatli iqtisodiy siyosat kontseptsiyasiga tayangan va mo‘‘tadil inflyatsiya darajasini saqlab kolishga (yiliga 2-3 %) yo‘naltirilgan inflyatsiyani targetlash siyosati, suzuvchi valyuta kursi rejimi bilan birgalikda, bir qator mamlakatlarda, xususan, rivojlangan davlatlarda, iqtisodiy dinamikani yaxshilashga imkon berdi.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda oraliq targetlash rejimini qo‘llash o‘z ichiga valyuta kursini tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlarni olgan bo‘lib, ushbu mamlakatlarda to‘liq targetlash rejimiga o‘tishning zarur bosqichiga aylandi, chunki ularning rivojlanishi tashqi omillarga, ya’ni xorijiy kapital oqimi dinamikasiga bog‘liqdir. Markaziy bankning ichki valyuta bozoriga haddan ziyod faol aralashuvi iqtisodiy sub’ektlarning noto‘g‘ri strategiya ishlab chiqishiga olib keladi va ularning noto‘g‘ri investitsion qarorlar qabul qilinishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday mamlakatlar uchun eng maqbul yechim iqtisodiy vaziyat va mamlakatning ochiqlik darajasiga mos bo‘lgan, ammo valyuta interventsiyalarining faqatgina pul-kredit siyosati yordamchi vositasi sifatida ko‘llanilishi sharti ostida valyuta siyosatini amalga oshirish hisoblanadi.

Rivojlanayotgan bir qator mamlakatlarning inflyatsiyani to‘liq targetlash rejimini qo‘llash yuzasidan erishgan natijalari, afsuski, inflyatsiyani tartibga solishning universal uslubi ekanligini tasdiqlashga imkon bermaydi. Iqtisodiyotning xalqaro kapital oqimlari dinamikasiga yuqori darajada ta’sirchanligi natijasida yuzaga kelgan zaif moliyaviy sektor va moliya institutlari, iqtisodiy sub’ektlarning hukumat chora-tadbirlariga ishonchsizligi, iqtisodiyotning dollarlashuvi, makroiqtisodiy va moliyaviy beqarorlik sezilarli darajada bo‘lgan bu mamlakatlarda inflyatsiyani tartibga solish jarayonini murakkablashtirdi. Ko‘pgina mamlakatlarda inflyatsiyani targetlash rejimiga o‘tilgandan so‘ng makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning sezilarli darajada yaxshilanganligiga qaramasdan, ushbu jarayonning davomiyligi, rejimni amalga oshirishning dastlabki bosqichlarida muqarrar xarajatlar, rivojlanayotgan mamlakatlar inflyatsiyani targetlash siyosati samaradorligini shubha ostiga qo‘ymokda.

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida, xattoki, rivojlangan mamlakatlarda ham inflyatsiyani targetlash samaradorligi sezilarli darajada pasayganligi ma’lum bo‘ldi. Markaziy bankning bozor mexanizmlariga ta’sir ko‘rsatish qobiliyati inflyatsiyani muvaffaqiyatli targetlashning asosiy shartlaridan biri ekanligini e’tiborga olgan holda, ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlar moliya tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar kabul kildi. Yaxshi ishlab chiqilgan moliyaviy tizim bank foiz stavkasining transmission mexanizm vositasi orqali iqtisodiyotga samarali ta’sir ko‘rsatish imkonini berdi. Biroq inqiroz ko‘rsatganidek, pul-kredit sohalari va iqtisodiyotning real sektori o‘rtasida bog‘lovchi vosita hisoblanmish transmission mexanizmning buzilishi foiz stavkalarining real sektorga ta’sirchanligi kamayishiga olib keldi.

Ko‘pgina mamlakatlar inqirozdan keyingi davrda ushbu rejimni qo‘llashni davom ettirishiga qaramasdan, hukumatlar global moliyaviy tizimning tizimli tahlikalarini hisobga olgan holda inflyatsiyaga ta’sir qilish bo‘yicha vositalarni takomillashtirish zarurligini e’tirof etdi. Rivojlangan davlatlarning markaziy banklari o‘rtasida milliy iqtisodiyotda narxlar va moliyaviy barqarorlikni saqlash ikki mustaqil va teng maqsadlar deb e’tirof etila boshladi. Buning sababi, inqiroz namoyon qilganidek, inflyatsiyani targetlash global moliyaviy beqarorlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilmaydi, bu esa o‘z navbatida, markaziy banklardan, masalan, “makroprudentsial siyosat” kabi moliyaviy barqarorlikni saqlashga qaratilgan qo‘shimcha choralarini izlashni talab etadi.

Umuman olganda, pul-kredit siyosatini qo‘llash bo‘yicha jahon tajribasi iqtisodiyotning uzoq muddatli o‘sishiga qulay shart-sharoitlar yaratish uchun narxlar barqarorligiga qaratilishini tasdiqlaydi. Shu munosabat bilan Markaziy bank tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi inflyatsiya sur’atlarini bosqichma-bosqich pasaytirishdir.

Shunday bo‘lsada, O‘zbekiston Respublikasi pul-kredit tizimi va iqtisodiyotning real sektori rivojlanishining xususiyatlari, shuningdek, tashkiliy-huquqiy asoslarning zaifligi yaqin kelajakda mamlakatda inflyatsiyani targetlash rejimi va suzib yuruvchi valyuta kursini qo‘llashga imkon bermaydi. Mazkur rejimni qo‘llash, rivojlanishi tashqi omillar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiyotga joriy qilish noaniq va bahsli masaladir.

O‘zbekiston iqtisodiyotining xomashyo eksportiga yo‘nalganligi tufayli, tashqi bozorda xomashyo narxlarining qimmatlashuvi, milliy valyutaning mustahkamlanishiga olib keladi va eksport qilmaydigan ishlab chikarish sohalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa ushbu tarmoqlar uchun xarajatlarning o‘sishi demakdir. Bunday holda an’anaviy ravishda, mamlakatda yaqqol ko‘rinib turgan taklif inflyatsiyasi hukm surayotgan paytda talab inflyatsiyasini tartibga solishga qaratilgan inflyatsion targetlash rejimini joriy qilish ushbu vositaning samaradorligi pasayishiga olib kelishi mumkin.

Iqtisodiyoti jahon tovarlari bahosiga bevosita bog‘liq bo‘lgan qator mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ushbu vaziyat ularning inflyatsiyani targetlash rejimini amalga oshirishga to‘sqinlik qilmaydi, biroq O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun pul-kredit siyosatining mazkur rejimi, zaif diversifikatsiyalangan eksport, ortiqcha pulni sterilizatsiya qilish vositalarining mavjud emasligi va moliya bozorlarining rivojlanmaganligi sababli unchalik samarali ko‘rinmaydi.

O‘zbekistonda o‘rta muddatli istiqbolda inflyatsiyani targetlash siyosatini qo‘llash va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish hamda pul-kredit siyosatini sog‘lomlashtirishning asosiy sharti sifatida quyidagi choratadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

1. Tabiiy monopoliyalar mahsulotlari va xizmatlarining baholari o‘sish sur’atlarini pasaytirish va barqarorligini ta’minlash lozim. Buning uchun, avvalo, tabiiy monopoliyalar hisoblangan kompaniyalarning mahsulotlari va xizmatlarining tannarxini kalkulyatsiya qilish zarur. Keyin esa ular mahsulotlari va xizmatlari baholarining o‘sishini ilmiy jihatdan asoslangan yillik prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish lozim.

2. Inflyatsion kutilmalarni aniqlashda konkret ekonometrikmodellardan samarali foydalanish zarur. Mukammal ekonometrik modellar kutilayotgan inflyatsiya darajasini yanada aniqroq belgilash imkonini beradi. Bu esa infyalatsiyaning maqsad ko‘rsatkichlarini belgilashni yanada osonlashtiradi.

3. Soliq-byudjet va pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirish. Buning uchun, Muvofiqlashtirish qo‘mitasini tuzish. Qo‘mita nizomini ishlab chiqish va uning rahbarini hukumat tarkibidan emas, balki Markaziy bank tarkibidan tayinlash.

4. Pullar taklifini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish. Buning uchun pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalanish amaliyotinitakomillashtirish hamda faoliyatining uzluksizligi ta’minlangan va yetarli darajada likvidli bo‘lgan milliy ssuda kapitallari bozorini shakllantirish yo‘li bilan pul massasi o‘sish sur’atlarining barqarorligini ta’minlash kerak.

5. Markaziy bankning kommunikatsion siyosatini rivojlantirish hamda iqtisodiy sub’ektlarning pul-kredit siyosatiga nisbatan ishonchini oshirish lozim. Buning uchun Markaziy bankning rasmiylari pul-kredit siyosatining natijalari va belgilangan yo‘nalishlari haqida press-konferentsiya o‘tkazishi, maqsadli ko‘rsatkichlar va ularning o‘zgarishi bo‘yicha jamoatchilikka har choraklik hisobotlar berishi lozim. Shu yo‘l orqali iqtisodiy agentlar va jamoatchilikning pul-kredit siyosatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash mumkin.

6. Tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini shakllantirishning bozor mexanizmlarini joriy etish. Buning uchun, birinchidan, so‘mdagi depozitlar va kreditlarning foiz stavkalarini ssuda kapitallari bozorida shakllantirishni ta’minlash lozim; ikkinchidan, Markaziy bankning ssuda kapitallari bozorida o‘z resurslari bilan ishtirok etishini ta’minlash kerak; uchinchidan, Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati va ochiq bozor siyosati hajmini oshirish va qamrovini kengaytirish lozim.

7. Iqtisodiyotning pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish. Buning uchun, birinchidan, banklarning kredit ekspansiyasini rag‘batlantirish kerak; ikkinchidan, hisob-kitob cheklarini muomalaga kiritish lozim; uchinchidan, tijorat veksellari muomalasini joriy qilish zarur.




Download 145,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish