Inflatsiyaning maqsadli siyosati Kirish



Download 145,54 Kb.
bet1/14
Sana06.01.2022
Hajmi145,54 Kb.
#323574
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Inflatsiyani targetlash oxirgisi


Inflatsiyaning maqsadli siyosati

Kirish……………………………………………………………………………….3



  1. Inflatsiyaning iqtisodiy mohiyati. Antiinflatsiya siyosati……………………….5

  2. Inflatsion targetlashning ahamiyati va zaruruiyati……………………………...14

  3. Inflatsiyaning maqsadli siyosatining jahon tajribasi va uni Ozbekistonda joriy etish istiqbollari ………………………………………………………...………………25

  4. Inflatsiyaning maqsadli siyosati natijasi, natijalar tahlili va pranozi……………34

Xulosa……………………………………………………………………………..38

Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………………39



Kirish.

Jahon amaliyoti mamlakatda olib borilayotgan pul – kredit siyosatining ko‘p qirrali bo‘lmasligi bir qancha kutilmagan salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkinligidan dalolat beradi. Ko‘plab rivojlangan mamlakatlar tajribasida ham yo‘l qo‘yilgan xatoliklardan biri sifatida ularning pul – kredit siyosatlarini ko‘p hollarda faqatgina inflatsiya sur’atlarini tushirishga qaratilganligida ko‘rishimiz mumkin. Darhaqiqat, ushbu tarzda olib borilgan siyosat o‘z samarasini berishi o‘laro, mamlakatda deflyatsiya olatini yuzaga keltira boshladi. 2003 yil may oyida “Yaponiya moliyachilar va iqtisodchilar jamiyati”da so‘zga chiqgan AQSh Federal Zaxira Tizimi raisi B.Bernanke o‘z nutqida deflyatsiyaning o‘tkir fazasini boshdan kechirayotgan mamlakatlar uchun pul – kredit siyosatining miqdoriy yo‘nalishlarini (inflatsiyani targetrlash yoki narxlarni miqdoriy aniqlash) qanchalar muhimligini ta’kidlab o‘tgan edi. 1990 yillar boshlariga kelib inflatsiyani barqarorlashtirishning an’anaviy metodlari, shu qatori pul agregatlarini targetlash metodi ham globallashuv sharoitida, shuningdek moliya sohasida ham o‘zining kam samaraliligini ko‘rsatdi. Mamlakatlar sekin-asta inflatsiyani targetlash siyosatiga o‘ta boshladilar. 1990 yil Yangi Zelandiya Zaxira Banki (YaZZB) ilk bor inflatsiyani targetlash siyosatini qo‘llashni boshlaganini rasman e’lon qildi. Inflatsiyani targetrlash siyosatiga o‘tishning belgisi sifatida hukumatni yoki Markaziy bankning kelajakda inflatsiyani yoki narxlarning o‘sishini bir maromda ushlab turilishini e’lon qilishini kuzatish mumkin. Shuningdek, inflatsiyani targetlashda narxlarni “qotirib qo‘yish” emas, balki ularni bir maromda o‘sishini ta’minlash nazarda tutiladi. Agar inflatsiyani targetlash siyosatini narxlarni “qotirib qo‘yuvchi” yoki uning “temir qolipi” sifatida qabul qilsak, bu avvalo, mamlakatda zarur bo‘lmagan hollarda ham qattiq pul – kredit siyosatini olib borishga majbur qiladi. Bu esa o‘z o‘zidan iqtisodiyotning barcha sektoriga zanjirsimon salbiy ta’sirini ko‘rsatishi mumkin.

Iqtisodiy globallashuv va internatsionalizm sharoitida jahon iqtisodiy rivojlanishga ta’sir qiluvchi doimiy omil bo‘lib kelayotgan inflatsiyaning kelib chiqishi va rivojlanish tabiatining o‘zgarishi, uni tartibga solinishi borasidagi muammolar yuzasidan qo‘shimcha tadqiqotlarni olib borishni talab qilmoqda. Zamonaviy inflatsiya xususiyatlarini hisobga olgan holda uning darajasi va dinamikasini ishonchli nazorat qilishni ta’minlaydigan usul va vositalarni qo‘llagan holda inflatsiya darajasini samarali tartibga solish zarurati kuchaymoqda.

Bugungi kunda dunyo mamlakatlarida narxlar barqarorligini ta’minlashda monetar siyosatining tobora ommalashib borayatgan yangicha usuli inflyatsion targetlash rejimi bo‘lib, hozirda dunyoning 30 ga yaqin mamlakatlari inflyatsiya darajasini samarali jilovlashda ushbu usulni qo‘llab kelmoqda.

2020 yil 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz Parlamentiga har yilgi murojaatnomasi bilan chiqdi. Murojaatnomaning iqtisodiyot to‘g‘risidagi asosiy vazifalar qilib makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, inflyatsiyani jilovlash, tarmoqlarni monopoliyadan chiqarish, davlat tomonidan narхlar belgilanishini tartibga solishni bekor qilish va «yashirin iqtisodiyot»ga barham berish, Byudjet mablagʻlarining maqsadli va oqilona sarflanishi ustidan nazorat yanada kuchaytirish Chet eldan olingan qarzlarni qaytarish imkoniyati va ularning natijadorligiga jiddiy e’tibor qaratish va buning uchun «Davlat moliyaviy nazorati toʻgʻrisida» va «Davlat qarzi toʻgʻrisida»gi qonunlar ishlab chiqilishini aytib o‘tildi.1

Prezidentimizning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojatnomasida kelgusi 2021 yilda qilinadigan vazifalarni belgilab olindi va unga ko‘ra “Makroiqtisodiy barqarorlik – iqtisodiy islohotlarning mustahkam poydevoridir. Shuning uchun kelgusi yilda inflyatsiyaviy targetlash doirasida narx-navo o‘sishini 10 foizdan oshirmaslik Markaziy bank va Hukumatning asosiy vazifasi bo‘ladi. Bu borada global pandemiya oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratish zarurligini yana bir bor tasdiqladi. Shu boisdan ham asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida import sohasidagi boj to‘lovlari bo‘yicha berilgan imtiyozlar yana bir yilga uzaytiriladi”2.




  1. Download 145,54 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish