Qo’qon tekstil» xorijiy korxonasi va «Fanteks» MCHJda yigiruv ishlarini tashkil
etish, «JM O’zbekiston» aktsiyadorlik jamiyatida «T-250» ruso’midagi
yengil
avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil qilish», shu bilan birga «Sirdaryo
viloyatidagi «Guliston Med Texnika» qo’shma korxonasida steril shpritslar ishlab
chiqarish" va boshqa loyihalar shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hududiy
dasturlari doirasida 2016-yilda 28 mingdan ko’p loyiha amalga oshirildi.
2015-2019-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan
korxonalar tomonidan
sanoat mahsulotlarining 80 dan ortiq yangi turi o’zlashtirildi. 2016-yilda
Mahalliylashtirish
dasturi
doirasida
qiymati
6145,8
milliard
so’mlik
mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi va o’sish 2015-yilning shu davriga
nisbatan 1,5 barobarni, import o’rnini bosish samaradorligi 2,1 milliard dollarni
tashkil qildi.
2016-yilda mahalliy xomashyo resurslarini bosqichma-bosqich chuqur qayta
ishlash va tayyor iste’mol mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish tarmoqlari
evaziga sanoat mahsulotlarining yuqori o’sish sur’atlariga erishildi. Xususan,
to’qimachilik buyumlari, kiyim va charm mahsulotlari ishlab chiqarish 111,7 foiz,
oziq-ovqat mahsulotlari 110,8 foiz, farmatsevtika mahsulot va preparatlari 123,9
foiz, kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlari 129,7 foiz, boshqa noruda
meneral mahsulotlar 113,8 foizga oshdi.
Sanoatni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
yangilash loyihalari,
shuningdeq 2015-2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya
sarfi hajmini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-
tadbirlari dasturining hayotga samarali tatbiq etilishi natijasida respublika YaIMga
energiya sarfini 7,4 foizga, hamda yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlar tannarxini esa o’tgan yilga nisbatan o’rtacha 10,6 foiz kamaytirishga
erishildi.
Iqtisodiyot tarkibida sanoatning rivojlanishi dinamikasidagi muhim o’zgarish
sifatida korxonalar va ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik
yangilanish asosida sanoatda chuqur tarkibiy o’zgarishlar va diversifikatsiyaning
amalga oshirilgani hisoblanadi.
Sanoat siyosatidagi asosiy ustuvorlik institutsional
islohotlarning sifatini
oshirish va tadbirkorlik faoliyatiga keng yo’l ochib berish, sanoat ishlab chiqarishni
modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturi
doirasida 2008-2016 yillarda mamlakatlarimiz iqtisodiyotining real sektori
korxonalarini qo’llab-quvvatlash, o’rta va zoq muddatda sanoatni rivojlantirish
bo’yicha dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining chuqur tahlili,
bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o’zgarib, globallashuv sharoitida
raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar
bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab
chiqish va ro’yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni
2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga
mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga
bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ro’zasida
2017-2021 yillarda O’zbekistonni yanada rivojlantirish bo’yicha
Harakat
strategiyasi loyihasini keng muhokama qilish davomida kelib tushgan takliflarni
inobatga olgan holda, 2017 yil uchun mo’ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy dasturning
eng muhim ustuvor vazifalarini belgilash taklifi berildi. Davlat rahbari tomonidan
“Aynan ana shu eng muhim vazifalar iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning
asosiy yo’nalishlari va ustuvor vazifalariga jiddiy o’zgartirishlar kiritish uchun
poydevor bo’lishi kerak.”-deb ta’kidlab o’tildi
1
.
Poydevor
sifatida
esa
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.
Mirziyoevtomonidan qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi
Farmonida olib
borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har
tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni
modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha
ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017 - 2021 yillarda O’zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha
Harakatlar
strategiyasi tasdiqlandi
2
. Ushbu Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish
va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari alohida muhim o’rin egallaydi.
Sanoat ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash maqsadida 2006 yildan
boshlab, sanoatning eng muhim 14 tarmog’ida, xususan elektroenergetika, qora va
rangli metolurgiya, neftььgaz, kimyo, avtomobilь,
paxta tozalash, yengil sanoat,
charm poyabzal, yog’ moy va farmotsevtika hamda qurilish mahsulotlarini ishlab
chiqarishda modernizatsiya, texnik va texnologik yangilanish dasturlari qabul
qilindi va amalga oshirildi.
O’z vaqtida qabul qilingan chora-tadbirlar pirovardida jahon moliyaviy-
iqtisodiyot ta’siri
nafaqat oldi olindi, balki inqirozdan keyingi davrda barqaror
1
Ш. Мирзиёев. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик
қоидаси бўлиши керак.// Халқ сўзи. 15 январ 2017 йил.
2
ЎзбекистонРеспубликаси Президентининг“Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар
стратегияси тўғрисида”гиПФ-4947-сонли
Фармони
. // Халқ сўзи. 8 феврал 2017 йил.
sur’atlarda rivojlanish uchun zarur shart-sharoit yaratishga xizmat qildi. Bu esa,
sanoat ishlab chiqarishi rivojlanishining sifatini oshirish uchun ijobiy omil bo’ldi.
Optimal iqtisodiyot tarkibida yuqori qo’shilgan qiymatga ega ishlab chiqarish
va yangi texnologik ishlab chiqarishning ulushi eksportga yo’naltirilgan qazib
chiqarish sanoatining ulushidan yuqori bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: