Arxeologik topilmalardan ma’lum bo’lishicha, milloddan avvalgi 3
ming yillikning oxiridayoq hozirgi O’zbekiston hududida
yashagan aholi misdan
qurol yasashni bilgan.
Quldorlik tizimi (miloddan avvalgi 1-ming yillik o’rtalari, V asr) davrida
mehnat qurollarini yasash jarayonining taraqqiy etishi,
metalga ishlov berishning
takomillashuvi hunarmandchilikning yuksalishiga, ayirboshlash va savdo-sotiq
kuchayishiga olib keldi.
Feodalizm to’zumining boshlarida (VI-VIII asrlarda) Farg’ona bilan So’xda
oltin, mis, temir, Ilokda qo’rg’oshin, kumush, oltin, SHahrisabzda toshto’z
qazib
chiqarilgan.
IX asrda Samarqand sifatli qog’ozi va lampa shishasi bilan mashhur bo’lgan,
SHosh viloyati ko’pchilik mahsulotlari bilan dong taratgan. O’sha davrda O’rta
Osiyodan SHarqiy evropa, Xitoy va boshqa yurtlarga Buyuk Ipak yo’li orqali charm,
mato, ipaq jun, kiyim-kechak chiqarilgan.
X-XIII asrlarda yo’z bergan feodal tarqoqliq qabila va elatlar o’rtasidagi
nizolarning avjiga chiqishi tufayli hunarmandchilikda yirik o’zgarshlar ro’y
bermagan.
XIV
asrning 2-yarmida Amir Temur Samarqandda hokimiyatni qo’lga
kiritib
,
markazlashgan
davlatga
asos
soldi
va
natijada
davlatning iqtisodiy va ijtimoiy ravnaqiga katta yo’l ochib berdi.
XI asrning
oxiriga
kelib
Movaraunnahrda
yo’zaga
kelgan
ziddiyatlar tufayli Temuriylar davlatining iqtisodiy negiziga putur etadi va
rivojlanish to’xtab qoldi.
XVI-XVIII asrlarda Buxoro, XIVa, Qo’qon xonliklarining
vujudga kelishi
iqtisodiyotning, shu jumladan, sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga ijobiy
ta’sir ko’rsatdi XIX asrga kelib Turkistonda hunarmandchilikda yog’och va metall
o’ymakorligi, idishlarga naqsh solish, matolarga gul bosish, qurollarni badiiy bezash
rivojlandi. Bu asrning ikkinchi yarmida O’zbekiston hududida taraqqiyot tezlashib
sanoat, ayniqsa, ip-gazlama sanoati rivoj topdi.
XX asr boshlarida ko’plab
paxta tozalash, yog’-moy zavodlari qurilib ishga
tushirildi. 1925-1926 yillarda elektrostantsiyalar qurila boshlandi. Birinchi bo’lib
Toshkent yaqinida qurilgan Bo’zsuv gidroelektrostantsiyasi 1926 yil 1 mayda ishga
tushirildi.
Samarqand, Buxoro, Qo’qon, Termiz va Asaka shaharlarida issiklik
elektrostantsiyalari qurilishi boshlandi. Bunday elektrostantsiyalar soni 1930 yilda
30 ga yetdi. O’sib borayotgan energetika bazasi bir qancha yangi sanoat korxonalari
qurishga imkoniyat yaratdi.
Ikkinchi jahon urushigacha bu yerda 500
dan ortiq sanoat korxonalari,
jumladan, «Tashselmash», Toshkent to’qimachilik kombinati, CHirchiq
elektrokimyo kombinati, Kattaqo’rg’on yog’ zavodi, Bekobod va Quvasoy tsement
korxonalari qurildi. Neft va rangli
nodir metallar qazib chiqarish, qurilish sanoati
mahsulotlarini tayyorlash rivoj topdi.