2.3.O’zbekiston Respublikasi real sektorida sanoat korxonalarining asosiy
iqtisodiy ko'rsatkichlari va ularning dinamikasi.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov
rahbarligida ishlab chiqilgan rivojlanishning “o’zbek modeli”ga va zamonaviy
davlatchilikni tashkil etish yo’li va strategik tamoyillariga sodiqlik va 2015-2019-
yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiyalash
dasturlarini kompleks amalga oshirilishi yalpi ichki mahsulotning 7,8 foiz o’sishini
ta’minladi.
Yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlariga tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi,
davlat byudjetining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsiti va 5,7 foizni
tashkil qilgan inflyatsiya darajasining pastligini ifoda etgan makroiqtisodiy
barqarorlikni saqlash orqali erishildi.
Sanoat hajmi 6,6 foiz, pudrat qurilish ishlari 12,5 foiz, chakana savdo
aylanmasi 14,4 foiz, xizmatlar 12,5 foiz o’sdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |