YANGI MAVZU BAYONI:
Diduragay chatishtirishda duragaylash uchun ikki juft alternativ belgili masalan,
rangi va shakli bilan farq qiluvchi no‘xatlar chatishtiriladi. Digomozigotali organizmlar AABB (sariq, silliq) va aabb (yashil, burushgan) organizmlar chatishtirishdan F1da АаВb (100%) sariq silliq organizmlar olina di.Bunda birinchi avlodda bir xillilik (bir xilligi) qonunining yuzaga chiqqanliginiko‘ramiz. So‘ngra hosil bo‘lgan digeterozigota duragaylar o‘zaro chatishtirilganda F2 quyidagi natijani olamiz: sariq silliq A – B–; sariq burushgan A – bb;yashil silliq aaB–; yashil burushgan – aabb. Duragaylarning F2 dagi fenotipik jihatdan 9:3:3:1, genotipik jihatdan1:2:2:4:1:2:1:2:1 nisbatda ajralish beradi.Shunday qilib, chatishtirish uchun olingan belgilar yig‘indisidan tashqari
belgilarning yangi kombinatsiyasi kelib chiqdi. Bu tajribadan G. Mendel ikkita
har xil belgilarning bir-birini inkor etuvchi variantlari mustaqil kombinatsiyalana
olishi mumkin ekan, degan xulosaga keldi va uchinchi qonuni – belgilarning
mustaqil holda taqsimlanishi deb ataladi.
U quyidagicha ta’rifl anadi: ikki yoki undan ortiq alternativ belgilari bo‘lgangeterozigota organizmlar o‘zaro chatishtirilganda belgilarning mustaqil holda
nasldan naslga o‘tishi yoki kombinatsiyalanishi kuzatiladi. Lekin shu narsaniunutmaslik kerakki, bu qonun faqat noallel genlar nogomolog xromosomalardajoylashgandagina amalga oshadi.Diduragay chatishtirishda allellarning F2 avlodida fenotip jihatdan
allellarning quyidagi kombinatsiyasi yuzaga chiqishi mumkin: sariq va silliq =
3/4x3/4 = 9/16; yashil va silliq = 3/4x1/4 = 3/16; sariq va burushgan = 3/4x1/4 =
3/16; yashil va burushgan =1/4x1/4 = 1/16.86
Xulosa qilib aytganda, G. Mendel tajribalarida dominant va retsessiv
belgilarning nisbati 3:1 ni tashkil etadi.Uch, to‘rt va undan ko‘p belgilari bilan tafovut qiladigan formalarnichatishishidan hosil bo‘lgan organizmlar poliduragaylar deb nomlanadi.
Masalan, no‘xatning doni sariq, sirti tekis, gultojibargi qizil bo‘lgan navi doni
yashil, sirti burushgan, gultojibargi oq rangda bo‘lgan navi bilan chatishtirilsa
F1 duragaylarning doni sariq, sirti tekis, gultojibarglari qizil rangda bo‘ladi.
Agar F1 duragaylar o‘zaro chatishtirilsa 8 xil urg‘ochi gametalar, 8 xil
gametalar erkak qo‘shilishi oqibatida 64 ta zigota hosil bo‘ladi. Ularning
fenotipi: 27 ta doni sariq, tekis, guli qizil, 9 ta doni sariq, tekis, guli oq, 9 ta
doni sariq, burushgan, guli oq, 9 ta doni yashil, tekis, guli qizil, 3 ta doni sariq,
burushgan, guli oq, 3 ta doni yashil, tekis, guli oq, 3 ta doni yashil, burushgan,
guli qizil, 1 ta doni yashil, burushgan, guli oq bo‘ladi.Fenotip sariq tekis qizil yashil burushgan oqPGenotip AABBCC x aabbss
gameta ABC abc
Fenotip sariq tekis qizil sariq tekis qizil
F8Genotip AaBbCc x AaBbCc
Do'stlaringiz bilan baham: |