Kimyo sanoatida ilmiy texnikaviy progress
Ilmiy texnikaviy progressda sanoat ishlab chiqarishning effektiv rivojlanishi ishlab chiqarish va uning maqsadini sifatli o'zgarishiga bog'liq. Muhim bosqichlari quyidagilar:
- xalq xo'jaligining barcha sohalarini elektronlashtirish;
- ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish;
- atom energiyasini rivojlantirish va alternativ energiya manbalarni qidirish;
- yangi texnologiya va materiallarni yaratish;
- biotexnologik jarayonlarni ishlab chiqish.
Kimyo sanoatida ilmiy texnikaviy progress quyidagi bosqichlari bilan farq qiladi: mehnat vositalarini takomillashtirish, yangi texnologiya yaratish va amaldagilarni o'zgartirish, xom ashyo qo'llashni o'zgartirish, kimyoviy ishlab chiqarishni hamma tomonlama avtomatlashtirish.
1. Mehnat vositalari, ya'ni qurilma va mashinalarni takomillashtirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
- qurilmani unifikasiyalash, ya'ni bitta qurilmada bir nechta jarayonni bajarilishini ta'minlash;
- qurilmani yiriklashtirish, ya'ni kapital va ekspluatasion xarajatlarni, xizmat qiluvchi personalni qisqartirish maqsadida yirik birlik quvvatga ega bo'lgan agregatni yaratish;
- yangi konstruksion materiallarni va ingibitorlarni qo'llash natijasida agressiv muhitda, eksprimental sharoitda ishlaydigan, korroziyaga barqaror qurilmalar chidamliligini oshirish;
- qurilmaga, ishlashga bo'lgan estetik, fiziologik, gigienik talabni oshirish, ya'ni ergonomika (eggon- ish va nomos- qonun - degan so'zdan olingan) bo'lib, ishlab chiqaruvchilarni mehnat qurollari va ishlab chiqarish elementlari bilan o'zaro ta'sir qonunlarini o'rganadigan fan) talabini ta'minlash.
2. Qayta ishlash usullarini takomillashtirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- yuqori temperatura, bosim, reagentlar tezligini oshirish natijasida qurilma ishini intensifikasiyalash;
- katalitik zaharlarga barqaror, past kuydirish temperaturasiga, yuqori unumdorlikka ega bo'lgan effektiv katalizatorni qo'llash;
- amaliyotda eksperimental (radiasiya nuri, ultratovush) va avaylanadigan ta'sir sistemasini joriy etish;
- magnit maydonida va plazmada texnologiya jarayonlarini realizasiyalash ;
issiqlik jarayonlarni massa almashinish jarayonlariga almashlash orqali (rektifikasiya, bug'lantirish) energiya saqlash jarayonlarini joriy etish;
- kam bosqichli engil quriladigan texnologiyani yaratish;
3. Kimyoviy xom ashyodan rasional foydalanish uchun:
- xom ashyoni kompleks qayta ishlashni joriy etish va kam chiqimli texnologiyani yaratish;
- xom ashyo balansini o'zgartirish, bunga arzon va keng tarqalgan xom ashyoni qo'llash, ozuqaviy xom ashyoni texnikaviy xom ashyoga almashlash orqali erishiladi;
- xom ashyo regenerasiyasini joriy etish.
4. Ishlab chiqarishning barcha zanjirida avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasini joriy etish. Ilmiy texnikaviy progressning muhim natijalarini kimyo sanoatida keng joriy etish bu xalq xo'jaligini kimyolashtirishdir. Xalq xo'jaligini kimyolashtirish deb kimyoviy texnologiya usullari, kimyoviy xom ashyo, moddiy ishlab chiqarishda kimyoviy mahsulotlarni joriy etish jarayoniga aytiladi. Xalq xo'jaligini kimyolashtirishning maqsadi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va intensivlashtirishdir. Kimyolashtirish darajasini miqdoriy baholashda sohani kimyoviy sig'im koeffisientidan foydalaniladi va quyidagicha ifodalanadi:
К = (3.1)
bu erda : M kimyo va M no kimyo - kimyoviy usul hamda material qo'llagan va qo'llamagan holda ishlab chiqarilgan mahsulot bahosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |