Ilmiy texnikaeiy progress va ilmiy texnikaviy revolyusiya
Mehnat qurollari va texnologiyani uzluksiz o'sishi, takomillashishi, yangi xom ashyo, energiya, yokilg'ini qo'llash, yangi mahsulot turlarini yaratish va o'zgartirish, xalk xo'jaligini barcha sohalarida mehnat hamda ishlab chiqarish sistemasini yaxshilash, moddiy ishlab chiqarish yutuqlarga erishishni ta'minlaydi.
Texnika darajasi va texnologiyada yangi yutuqlar, kashfiyotlarni kashf etilishi,ilmiy tekshirishlarda yangi usullar va asboblarni qo'llanishi ilmiy texnikaviy progress deb ataladi.
Ilmiy texnikaviy progressning muhim vazifalari yaratilgan ilmiy texnikaviy potensial effektivligini oshirish va ishlab chiqarishni tashkil etishni yaxshilashdan iborat. Moddiy ishlab chiqarish va ilmiy tekshiruvlar darajasini o'sishi fan va texnika yutuqlari ilmiy texnikaviy progress davrida bir avlod hayotini olg'a intilishiga xizmat qiladi. Ilmiy informasiya hajmini ikki baravar oshiradi: fanda 10 yil, biologiyada 5 yil, genetikada 2 yil, yadroviy fizika va kosmonavtikada 1,5 yil, informasiya yig'ish tezligining o'sish darajasini davom ettiradi.
Ilmiy texnikaviy progress bir necha bosqichdan iborat, fan va texnika rivojlana borishi bilan bosqichma bosqich almashinib boradi.
Ilmiy texnikaviy progress bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Birinchi sanoat revolyusiyasi (XVIII asr oxiri - XIX asr boshlari), ilmiy asosda mashinali ishlab chiqarishga o'tish orqali xarakterlanadi.
2. Ikkinchi sanoat revolyusisi (XIX asr oxiri - XX asr boshlari), moddiy ishlab chiqarishning energetik asoslari o'zgarishi bilan bog'lik avtomatlashtirishga o'tish, ilmiy asosda yangi sanoat sohalarining yaratilishi, maxsus mehnat sohalarida fan aylanmasi bilan xarakterlanadi.
3. Uchinchi sanoat revolyusiyasi (XX asr), ilmiy texnikaviy revolyusiya bo'lib, texnika o'sishi natijasida ishlab chiqarish va mehnat doirasini fan yutuqlari bilan qamrab olinishi orqali xarakterlanadi.
Fan va texnikani yutuqlari ishlab chiqarish holatini o'sishiga ta'sir ko'rsatadi. Bu ta'sir natijalariga quyidagilar kiradi: - ishlab chiqarilayotgan mahsulotni material va energiya sig'imini kamaytirish ya'ni effektiv manba saqlashga ega bo'lish;
- avaylanadigan texnologiyani ishlab chiqish hisobiga atrof muhitni muhofazaa qilish (biotexnologik jarayonlar), kam chiqindili va yopiq ishlab chiqarish siklini yaratish;
- sanoat ishlab chiqarish masshtabini o'sishi natijasida atrof-muhit zararlanishining o'sishi.
XX asrning ikkinchi yarmida ishlab chiqarish o'sishi natijasida ilmiy texnikaviy
progressning yangi bosqichi ilmiy texnikaviy revolyusiya deb nom oldi. Ilmiy texnikaviy revolyusiyada jamiyat ishlab chiqarish kuchlarini sifati o'zgardi, bevosita ishlab chiqarish kuchlari va fanni o'zgarishi, moddiy bazani, ishlab chiqarish formasi va maqsadi, inson mehnatini xarakteri o'zgardi.
Bu davrda fan jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining etaklovchi elementiga aylandi, ishlab chiqarishning moddiy texnika bazasida sezilarli darajada o'zgarish ro'y berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |