Fundamental va amaliy izlanishlarni prognozlash – tizimli tahlil va sintezni qo‘llash, ekspert baholar usuli, ssenariy yozish, ―maqsad daraxti‖ni tuzish yo‘li bilan ishlab chiqariladi. Bu muammolar tuzilmasini o‘tkazish, maqsadli ketma-ketlikni topish, miqdor baholashning variantlarini olishga, izlanishlarning eng yaxshi yo‘nalishini tanlashga imkon beradi.
Texnik-iqtisodiy kashfiyotlar bosqichida prognozlashtirish paytida – tarmoqlararo balans usullari qo‘llaniladi, ―xarajat - chiqarish‖ va boshqalar.
Yangi mahsulotning iqtisodiy va texnik ko‘rsatkichlarining prognozi – ekstrapolyatsiya usullarining kombinatsiyasi, patent xujjatlashtirishning tahlili, ilmiy-texnik axborot, ekspert baholash usuli asosida amalga oshiriladi.
Tajribiy ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni tayyorlash, seriyali ishlab chiqarish va ekspluatatsiya bosqichlarida ekspert baholash, omilli tahlil, imitatsion usullar qo‘llaniladi. Prognozlarda muhim rolni yiriklashgan balans hisoblarning tizimi o‘ynaydi.
6. ITT rivojlanishini prognoz baholanishi.
Ilm va texnika rivojlanishining bosh yo‘nalishlari deganda, ilmiytexnologik rivojlanishga va mamlakat rivojlanishining uzoq muddatli va joriy ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlariga o‘z hissasini qo‘shuvchi izlanish va kashfiyotlarning sohasi tushuniladi.
O‘zbekiston hukumati bilan ilm va texnika rivojlanishining quyidagi bosh yo‘nalishlari tasdiqlangan:
Fundamental izlanishlar;
Axborot texnologiyalar va elektronika;
Ishlab chiqarish texnologiyalar;
Yangi materiallar va kimyoviy mahsulotlar;
Tirik tizim texnologiyalari;
Transport;
Yoqilg‗i va energetika;
Ekologiya va tabiatdan foydalanish.
Undan tashqari har bir yo‘nalish texnologiyalar darajasida konkretlashtirilgan. Natijada bir necha yuz texnologiyalardan 70 tasi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun eng muhim bo‘lgan texnologiyalar tanlab olingan.
Aynan shu bosh yo‘nalishlar, jahon tajribasi ko‘rsatishicha, XXI asr boshida iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar asosi bo‘lgan yangi texnologik bazani shakllantirishda magistral hisoblanadi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, 70 ta kritik texnologiyalardan 17 tasi O‘zbekiston ilmida jahondagi darajasidan ustun turadi:
aviatsion va kosmik texnika;
atom energetikasi;
oqsil preparat va komponentlari;
biomoslashgan preparatlar;
biomuhandislik asosidagi biotexnologiya;
katalizatorlar;
keramik materiallar va nokeramika;
membranalar;
rekombinant vaksinalar;
eng qattiq materiallar;
ekstremal sharoitlarda insonni himoyalash va hayotni ta‘minlash tizimlari;
sun‘iy intelekt va virtual reallik tizimlari;
nutq, tekst va ko‘rinishlarni aniqlash sistemalari;
immunokorreksiya texnologiyalari;
tabiiy-texnogen muhitning monitoring texnologiyasi;
ekosistemalar iqlimining rivojlanishi va gidrogeologik hamda resurs o‘zgarishlarni rivojlanishni prognozlashtirishning texnologiyalari;
Ilm rivojlanishining bu yo‘nalishlari O‘zbekiston hukumati qarorlariga binoan birinchi navbatda moliyalashtiriladi va rivojlantiriladi. Shunday qilib, quyidagi bosh yo‘nalishlarni amalga oshirishning muhim sharti bo‘lib, u ilmiy muhitni yetarli darajada moliyalashtirish shartidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |