Birinchi bosqich – XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagi birinchi sanoat inqilobi. Ilmiy asosda mashinali ishlab chiqarishga o‘tish.
Ikkinchi bosqich – XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi ikkinchi sanoat inqilobi. Mashina asosidagi ishlab chiqarishni rivojlantirish, ishlab chiqarishning energetik asosining o‘zgarishi, texnik baza asosida ilmning rivojlanishi, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish darajasiga o‘tish, yangi tarmoqlarni barpo etish.
Uchinchi bosqich – XX asrdagi uchinchi sanoat inqilobi, u o‘z navbatida ilmiy-texnik inqilobga aylanib bordi.
ITI – bu ilmning, ishlab chiqarishning asosiy omili bo‘lgan bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanishi asosida ishlab chiqarish kuchlarining tubdan sifatli o‘zgarishidir.
XX asrning oxirgi 10 yilliklarida sanoat inqilobining yangi to‘rtinchi bosqichining belgilari shakllana boshladi.
Uning asosiy belgilari:
elektronika asosida ishlab chiqarish texnologiyasining o‘zgarishi;
yangi materiallarni tayyorlash texnologiyasi va boshqalar.
Rivojlanishning barcha bosqichlarida ITT quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: evolyutsion, revolyutsion (inqilobiy) va aralash.
ITTning ishlab chiqarish jarayoniga bo‘lgan ta‘sirining umumiy ko‘rinishi bu ekstensiv va intensiv o‘sish o‘rtasidagi nisbatni ikkinchisining hisobiga o‘zgarishidir.
ITTning asosiy natijasi bu – ishlab chiqarishda shakllanadigan va moddiylashadigan iqtisodiy samaraning oshishi.
Ilm va texnika rivojlanishini tartibga solish va prognozlash quyidagi prognoz hujjatlarining tizimi vositasida amalga oshiriladi:
muddati 15 yilgacha bo‘lgan ilmiy-texnikaviy rivojlanishining umumdavlat prognozi;
5-10 yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy va tarmoq darajasida bo‘lgan xususiy ilmiy-texnik prognozlar;
10-15 yilga mo‘ljallangan davlatning maqsadli ilmiy-texnik dasturlari.
Ko‘rsatilgan hujjatlarni davlatning ilmiy-texnikaviy siyosati birlashtiradi.
Ilmiy-texnikaviy rivojlanishning umumdavlat prognozida quyidagilar mavjud: - mahalliy va jahon ilmiy-texnikasida erishilgan muhim yutuqlarning texnikiqtisodiy baholanishi;
ilmiy texnik yutuqlarini xalq xo‘jaligida ishlatilishi haqidagi xulosalar; - ITT bosh yo‘nalishlarini va birlamchi tarmoqlararo ilmiy-texnik masalalarni aniqlash;
bu masalalarni yechish bevosita va yo‘llarining variantlari; - ITTning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash.