Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

xemoretceptor hujayralar 
deb 
hisoblash mumkin. Ular surfaktant tarkibiy qismilarni parchalashda ishtirok etadi. Al’veola 
devorida yuqorida qayd qilingan hujayralar-dan tashqari makrofaglar ham uchraydi. U yot 
moddalarni va qisman surfaktantni yutib parchalashi mumkin. Makrofaglar al’veola devoriga 
al’veolalar orasidagi biriktiruvchi to’qima-dan o’tadi. 
Upkalarning qon bilan ta’minlanishi. 
Upkalar ikkala qon aylanishi doirasidan qon bilan 
ta’minlanadi. Bir tomondan o’pkalar bronxial arteriyalar orqali katta qon aylanish doira-sidan 
qon olsa, ikkinchi tomondan, ularga havo almashinishi uchun o’pka arteriyalaridan, ya’ni kichik 
qon aylanish doirasidan venoz qon keladi. Upka arteriyasining tarmoqlari bronxial daraxt 
bo’ylab, al’veolalar asosigacha etib boradi. 
Al’veolyar kapillyarlar venulalarga to’planadi, ular esa yig’ilib o’pka venalarini hosil qiladi. 
Bronxial arteriyalar bevosita aortadan tarmoqlanadi va o’pka to’qimasini arterial qon bilan 
ta’minlaydi. Bronxlarning shilliq osti va shilliq pardalarida ular chigallar hosil qiladi. 
SHilliq pardada kichik va katta qon aylanish doiralari to-mirlari o’zaro anastomoz hosil qilib 
qo’shiladi. 
Upka tomirlarga eng boy organ. Ular organizmning boshqa qismlariga nisbatan o’rtacha 200 
marta ko’p qon oladi. 70 kg og’irliqdagi odam tanasi bir sutkada o’rta hisobda 60 l O
2
sarf qiladi 
va 480 l SO
2
ajratadi. 
Upkalarda kislorodning gemoglobin bilan bog’lanishi kislo-rod partcial bosimi tufayli sodir 
bo’ladi. 
Limfatik sistema kapillyar tomirlarning yuza hamda chuqur tarmoqlaridan iborat. YUza tomirlar 
vistceral plevrada, bo’-laklararo to’siqlarda, qon tomirlar va bronxlar atrofida joylashgan. 
Bronxning shilliq va shilliq osti pardalarida limfa tomirlari 2 ta chigal hosil qiladi. Limfatik 
sistemasi o’pka darvozasida yig’iladi va bronxial limfa tugunlariga to’p-lanadi. 
Upkaning nerv bilan ta’minlanishi simpatik va parasimpa-tik nerv sistema orqali amalga 
oshiraladi. Simpatik nervlar bronxlarni kengaytiruvchi va qon tomirlarni toraytiruvchi im-
pul’slarni, parasimpatiklar esa, aksincha, bronxlarni torayti- 
ruvchi va qon tomirlarni kengaytiruvchi impul’slarni o’tkazadi. Vistceral plevrada nerv 


277 
oxirlariga boy ayrim sohalar aniqlan-gan. 
Upkaning yoshga tcarab o’zgarishi. 
YAngi tug’ilgan bolalarda o’pka al’veolalari juda kichik 
bo’ladi. Go’dak hayotining birinchi oylarida al’veolyar yo’llar va al’veolalarning o’lchami katta-
lashadi, lekin elastik tolalar hali ham oz miqdorda bo’ladi. 
Go’dak o’pkasi 3-5 yoshgacha o’z tuzilishining nozikligi va lim-fa tomirlariga boyligi bilan 
ajralib turadi. 
CHsh 
o’tishi bi-lan o’pkada limfa sistemasining qayta rivojlanishi sodir bo’-ladi. 
Al’veolalarning shakllanishi ularning elastik sinchinchng rivojlanishi bilan tugaydi. 
YOsh ulg’ayganda o’pka sklerozining rivojlanishi kuzatiladi va pnevmoskleroz vujudga keladi. 
Ba’zan biriktiruvchi to’qi-mada gialin tugunchalar hosil bo’ladi. Al’veolalararo to’siq-larning 
elastik tolalari ingichkalashadi, ba’zi joylarda esa uziladi. Buning natijasida o’pka to’qimasi 
o’zining elastikli-gini (cho’ziluvchanligini) yo’qotadi. Bu esa, al’veolalarning pu-faksimon 
kengayib ketishiga (emfizema) sababchi bo’ladi. 
Nafas olish a’zolarining regeneratciyasi. 
Upkaning fiziolo-tik regeneratciyasi kam o’rganilgan. 
Nafas yo’llari epiteliysi-ling ko’chib, shilliq bilan birga tashqariga chiqarilib turishi aniqlangan. 
Kiprikli epiteliy kuyish, mexanik jarohatlanish kabilardan so’ng yaxshi tiklanadi. Upkaning bir 
qismini olib tashlanganda unda al’veolalarning kompensator gipertrofiyasi sodir bo’ladi. Lekin 
o’pka to’qimasida regeneratciya sust boradi, chunki jarohatlangan joyda biriktiruvchi to’qima 
zo’r berib rivojlanadi, bu esa o’pka tuzilmalarining xaqiqiy tiklanishi-ni to’xtatib qo’yadi. 
PLEVRA 
Plevra ko’krak bo’shlig’ini qoplab turuvchi parda bo’lib, u ikki: parietal va vistceral varaqlardan 
iborat. 
Parietal plevra ko’krak bo’shlig’ini va ko’ks oralig’ini ichki tomondan qoplaydi. Vistceral plevra 
esa o’pkani tashqi tomon-dan o’rab turadi. 
Plevra pardasining asosi qo’shuvchi to’qimadan tuzilgan bo’-lib, unda qorin tutqichi kabi 6 qavat 
farqlanadi: 1) mezoteliy, 2) bazal membrana, 3) yuza joylashgan kollagen tolali qavat, 4) yuza 
elastik tolali to’r qavat, 5) chuqur joylashgan bo’ylama elastik to’r qavat. 6) chuqur panjarasimon 
kollagen - elastik tolalar qavati. 
Vistceral plevrada elastik tolalar yaxshi rivojlangan bo’lib, ular to’r hosil qilib joylashadi. Upka 
to’qimasidagi elastik tolalar bilan vistceral parda elastik tolalari yagona sinch ho-sil qilib, 
o’pkaning funktcional faoliyatida muhim rol’ o’ynay-di. SHuning uchun ham vistceral pardani 
o’pka to’qimasidan aj- 
ratib olish ancha qiyin. Vistceral pardada yaxshi rivojlangan elastik tolalardan tashqari onda-
sonda silliq mushak hujayra-lari ham uchrab turadi. 
Plevra bo’shlig’ining tashqi devorini qoplab turuvchi parie-tal varaqda"elastik tolalar oz 
miqdorda uchraydi, biriktiruv-chi to’qimali qavati esa sustroq rivojlangan. 
Plevraning ustki tomoni bir qavatli mezoteliy bilan qop-langan bo’lib, u o’pkaning holatiga 
qarab yassi yoki bo’ychan bo’li-shi mumkin. 
Plevrada qon va limfa tomirlari va ayniqsa, nerv oxir-lari yaxshi rivojlangandir. Ular plevraga 
o’pka ildizidan, qon tomirlar bilan birga hamda o’pka to’qimasidagi bo’laklararo biriktiruvchi 
to’qimadan o’tib keladi. 
Parietal plevrada qon tomirlari, parietal qorin tutqichiga o’xshab uchta ustma-ust chigal hosil 
qilib joylashadi. Vistceral plevrada nerv tolalari ikkita chigal hosil qiladi. Biri mayda sirtmoqli 
bo’lib, mezoteliy ostida joylashsa, ikkinchisi yirik sirtmoqli bo’lib, plevraning chuqurroq 
qavatida joylashadi. Pa-rietal plevrada erkin va kapsulali, ya’ni sezuvchi va mexanore-
tceptorlarga tegishli nerv oxirlari mavjud. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish