2
Zufarov K. A.
Gistologiya: Uquv yurt. bosh boshqarmasi tibbiyot oliy bilimgohlari talabalari uchun
darslik.
Zufarov K. A. Gistologiya.
Mazkur darslik (birinchisi 1982 yili nashr qilingan) gistologiya va embriologiyada
qo`llaniladigan tadqiqot usullari, gistologiya va embriologiyaning rivojlanish tarixi, sitologiya,
umumiy embriologiya asoslari va bir necha boblarni o`z ichiga
olgan umumiy va xususiy
gistologiya bo`limlaridan iborat. Qo`llanmada hujayra tuzilmalari, to`qimalar va a’zolarning
taraqqiyoti, tuzilishi va vazifasi batafsil bayon etilgan. Bundan
tashqari, sitologiyaning hujayra
organellalari, hazm sistemasining endokrin hujayralari, endokrin bezlar haqidagi fikrlar yangi
ma’lumotlar bilan to`ldirilgan. Shuningdek darslikda mavzularni aks ettiruvchi va idrok etishga
ko`maklashuvchi talaygina rasm va mikrofotogrammalar keltirilgan.
Darslik O’zbekiston Sog’liqni saqlash ministrligi tomonidan
tasdiqlangan programma
asosida yozilgan va meditsina institutlarining barcha fakultetlari, universitet va pedagogika
institutlarining biologiya fakultetlari talabalari va ilmiy xodimlar uchun mo’ljallangan.
3
I BOB
GISTOLOGIYA FANINING MAZMUNI VA UNING VAZIFALARI
Gistologiya
(yunon. histos - to`qima, logos - ta’limot, fan) fani hujayra, to`qima va a’zo
(organ)larning taraqqiyoti, tuzilishi hamda ularning hayot faoliyatlarini o`rganuvchi ta’limotdir.
U boshqa fanlarning so`nggi yutuqlaridan foydalanib, o`ta tez rivojlanib bormoqda. Gistologiya
anatomiya, fiziologiya, bioximiya, patologik anatomiya kabi tibbiyot fanlari va biologiyaning
turli sohalari bilan uzviy bog`langan. Hozirgi
paytda gistologiya sitologiya, embriologiya,
umumiy va xususiy gistologiyani o`z ichiga oladi.
S
itologiya
hujayralarning taraqqiyoti, tuzilishi va faoliyatini o`rgansa, embriologiya (lat.
embryon - pusht, o`suvchi) odam va hayvonlar taraqqiyot qonunlarini o`rganadi.
Umumiy
gistologiya,
ya’ni to`qimalar haqidagi ta’limot turli a’zo to`qimalarining taraqqiyoti, tuzilishi
hamda vazifalarini chuqur talqin qiladi.
Xususiy gistologiya
esa odam va hayvonlar ayrim
a’zolarining taraqqiyoti, tuzilishi va hayot faoliyatini o`rganadi.
Gistologiya fanini bunday alohida kurslarga bo`lib o`rganish shartli hisoblanadi. Chunki
organizm bir butun bo`lib, uning barcha qismlari bir-biri bilan o`zaro uzviy bog`langan.
Hujayralar to`qimalarni tashkil etsa, har bir organ bir necha to`qimalar majmuasidan iboratdir.
Gistologiyani o`rganishda, asosan, mikroskopik usuldan foydalaniladi.
Elektron
mikroskopning yaratilishi to`qima va a’zolarning nozik tuzilishini o`rganish uchun keng yo`l
ochib beradi.
Gistologiya fani ham boshqa fanlar kabi, tabiatning ob’ektiv qonuniyatlarini o`rganishda
zamonaviy falsafa, dialektik materializm asoslari bilan qurollangan.
Tuzilmalarning tuzilishi va taraqqiyotini o`rganish CH.Darvinning evolyutsiya
ta’limotiga asoslanib olib boriladi. Odam tanasini hosil qiluvchi hujayra, to`qima va organlar
tarixiy taraqqiyot natijasida oddiylikdan murakkablikka - oliy shakl ifodasiga yetishgan, organik
tabiat yaratgan evolyutsion jarayonning mahsuli deb qaraladi.
Tuzilmalarni o`rganish tashqi muhit bilan uzviy bog`liq bo`lgan organizmning bir
butunligi nuqtai nazaridan olib boriladi. Organizmning yaxlitligi esa barcha organ va sistemalar
faoliyatining uyg`unligida nerv va endokrin sistemalarning asosiy yetakchilik roli bilan
belgilanadi.
Tuzilmalarni funksional tomondan yondoshib o`rganish zamo naviy gistologiyaga xosdir.
Hujayra, to`qima va a’zolar tuzilishining ular faoliyatiga bog`liq
tomonini yorituvchi
gistologiya-dagi bu yo`nalishni
gistofiziologiya
o`rganadi. Struktura va funktsiyaning shakl va
mazmuniga dialektik tushuncha nuqtai nazaridan qaraladi.
Tuzilma
- bu har qanday faoliyatning
material s u b s t r a t i d i r. Masalan, miya inson tafakkurining moddiy substrati hisoblanadi.
Moddalar almashinuvi jarayonining struktur elementlarga bog`liqligini gistoximiyaviy usullar
bilan tekshirish biror ilmiy xulosa chiqarishga imkon beradi. Hozirgi paytda gistologiya fani,
faqatgina hujayra, to`qima va a’zolarning tuzilishini, ular faoliyati darajasini ko`rsatibgina
qolmay, balki ro`y bergan jarayonlar o`rtasidagi bog`lanishni aniqlaydi,
ayrim qonuniyatlarni
ochib beradi. Bunda keng eksperimental usullar qo`llaniladi. Sitologiya, embriologiya va
gistologiya hal qilayotgan ilmiy muammolar nazariy va amaliy meditsinaning ravnaqi uchun
muhim ahamiyatga ega.
Gistologiya fani hal etilishi lozim bo`lgan muhim masalalarni: a) odam va hay vonlar
hujayra, to`qima va a’zolarining taraqqiyoti, differensiallashuvining umumiy qonuniyatlarini; b)
bir butun organizm tuzilmalarining hayot faoliyatlarini boshqaruvchi nerv va endokrin
sistemalarni; v) hujayra, to`qima va organlar tiklanishi
va bu murakkab jarayonning
boshqarilishini; g) odam a’zolari tuzilmalarining yoshga qarab o`zgarishi va har xil holatlarga
moslashuvini; d) turli biologik, fizik va ximiyaviy omillarning hujayra, to`qima va a’zolarga
ta’sirini o`rganish kabi keng miqyosdagi kuzatishlarni o`z vazifasi deb biladi.
Gistologiya hozirgi paytda klinik meditsinada keng ko`lamda qo`llaniladi. Har xil klinik
usullar bilan bir qatorda turli morfologik metodlar - qon va suyak ko`migi hujayralarini, me’da
ichak shilliq pardasini, jigar, taloq va boshqa a’zolar punktatlarini o`rganish sitologik va
4
gistologik diagnostika uchun muhim ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, gistologiyada tabiiy yo`l bilan o`zicha ajralib turuvchi yoki sun’iy
ravishda biror joyni yuvish yoki mexanik ta’sir ko`rsatish orqali ajratib olingan hujayralar
holatini chuqur o`rganish (eksfoliativ sitologiya) ham katta rol o`ynaydi. Eksfoliativ sitologiya
onkologiyada (havfli o`smalarni o`z vaqtida aniqlashda), ginekologiya va endokrin kasalliklar
praktikasida (tuxumdon funktsional holatini belgilashda qin surtmasini analiz qilish uchun) keng
ko`lamda qo`llaniladi.
Klinik praktikada so`nggi yillarda me’da, ingichka va yo`g`on ichak shillliq pardasining
turli o`zgarishlarini aniqlashda morfologik va sitologik diagnostika o`z o`rnini topdi. Turli
egiluvchan fibroskoplarning paydo bo`lishi va ularning keng ko`lamda ishlatilishi har xil
patologik holatlarning o`z vaqtida aniqlanishiga imkoniyat beradi.
Jarohat ustidan olingan
surtmalarni tekshirish jarohat bitayotganda hosil bo`layotgan granulyatsion to`qima hujayralari
va bu yerdagi mikroblar holatlarini ko`rsatib beradi. Bu usulning qo`llanilishi jarohat o`rnining
regeneratsion holatini aniqlash, organizmning qarshilik kuchini belgilab olish va yarani davolash
omillarini hal qilishda muhim rol o`ynaydi.
Hujayralarda ro`y beradigan murakkab ximik, fizik jarayonlarning o`rganilishi
gistologiyaning ximiya va fizika fanlari bilan bevosita bog`liq ekanini ko`rsatadi. Shunday qilib,
gistologiya, sitologiya va embriologiya normal va kasal odam organizmining hayot faoliyatining
morfo-funksional holatlarini chuqur ilmiy o`rganish, tibbiyot fanida muhim o`rin tutadi.
II BOB