224
kapillyarlarinikiga nisbatan yirikroq va sitoplazmada bir tekis joylashadi. Endoplazmatik to’r,
mikropinotsitoz pufakchalari ancha kam uchraydi. Limfa kapillyarlarining endoteliy hujayralari
sitoplazmasining elektron zichligi qon kapillyarlarinikiga nisbatan kamroq. Limfa kapillyarlari
endoteliy hujayralari plazmolemmasining ichki yuzasi silliq, juda oz sitoplazmatik o’simtalarga
ega (131-rasm).
Limfa kapillyarlarida bazal membrana va peritsitlar bo’lmaydi.
Shu sababli limfa
kapillyarlari endoteliysi biriktiruvchi to’qimaning oraliq asosiy moddasiga bevosita tutashadi.
Limfa kapillyarlari devori tuzilishining xususiyatlari ularning drenajlash funksiyasiga nihoyatda
mos keladi.
131- rasm. Limfa kapillyarlarining elektron mikrofotografiyasi (me’da osti bezidan olingan).
X.28.000.
1 – endoteliy hujayrasining sitoplazmasi; 2 – endogeliy hujayralarining tutashgan joyi; 3 – limfa
kapillyarining teshigi; 4 – kollagen tolalar .
Limfa tomirlarini kichik, o’rta va yirik tomirlarga bo’lish qabul qilingan. Limfa tomirlari
tuzilishi bo’ycha venalarga o’xshaydi. Ularning o’xshashligi limfa tomirida va venada qon oqish
sharoitlari bir xil bo’lishi bilan bog’liqdir. Limfa tomirlari ham venalar kabi mushakli va
mushaksiz bo’lishi mumkin. Mayda limfa tomirlari (30–40 mkm) asosan a’zolar ichidagi
tomirlar bo’lib, ularda mushak elementlari bo’lmaydi, devori endoteliydan
va biriktiruvchi
to’qimadan iborat pardadan iborat. O’rta va yirik limfa tomirlari (0,2 mkm dan katta) devorida
uch qavat farq qilinadi. Ichki qavatida endoteliy hamda elastik va kollagen tolalaridan iborat
endoteliy osti qavati, hamda unchalik yaxshi ifodalanmagan
ichki elastik membrana farq
qilinadi. Ichki qavat klapanlar hosil qiladi. Klapanlarning asosini biriktiruvchi to`qima tashkil
etib, yuzasi bir qavat endoteliy hujayralari bilan qoplanadi (132-rasm). O’rta qavat aylana va
qiyshiq yo’nalishdagi
silliq mushak hujayralari, shuningdek, kollagen va elastik tolalardan
tuzilgan. Tananing pastki qismida joylashgan limfa tomirlarida bu
qavat yaxshi taraqqiy etgan
bo’ladi. Adventitsiya qavati biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan bo’lib, unda uzunasiga yo’nalgan
silliq mushak hujayralarining tutamlari uchraydi.
225
Ko’krak limfa yo’li yirik limfa tomiri bo’lib, uning devorida ham uch qavat tafovut
qilinadi. Har uchala qavatda ham silliq mushak hujayralari borligi kuzatiladi. Ichki qavat
endoteliy hamda endoteliy osti qavatlaridan iborat. Endoteliy osti qavati biriktiruvchi to’qimadan
iborat bo’lib, undagi mushak hujayralari bo’ylama yo’nalgan. Ichki elastik membrana o’rnida
nozik elastik tolalar to’ri joylashadi.
132-rasm. Limfa tomirining elektron mikrofotografiyalar (gipofizdan tayyorlangan).X 4000.
1 – endoteliy hujayrasi; 2 – klapanlar; 3 – limfa tomirining teshigi.
O’rta qavat sust taraqqiy etgan bo’lib, aylanasiga yo’nalgan silliq mushak hujayralari va elastik
tolalar tutamlaridan tuzilgan.
Tashqi qavat biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan va unda bo’ylama yo’nalgan silliq mushak
hujayralarining yaxshigina rivojlangan tutamlari yotadi. Tashqi qavat eng qalin qavat bo’lib,
ichki va o’rta qavatlar qalinligi yig’indisidan ham bir necha marta kattadir.
Barcha
tomirlar devori
tomirlarning tomirchalari
(vasa vasorum) deb ataluvchi mayda
tomirlardan oziqlanadi. Ular yirik tomirlarning adventitsiya
qavatida joylashib, undan o’rta
qavatga o’tadi. Ichki qavat shu tomir ichidan oqayotgan qondan oziqlanadi. Tomirlarning
tomirchalari tomir atrofidagi biriktiruvchi to’qimadan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: