209
123-rasm. Eshituv dsg’ining tuzil;shsh (:xema).
I -tayanch hujaPraler; '_'- tukli ^ujayozler; a-tukltr: 3- ner i o\ipiiDi: I - Mlpu li nerv To.
T
>acii; 5
- dprild')q^otelig mechbrena: 6 - ot^l^tllr; 7-bazal mechZrene; 3 - qon
tomnr (Kal’myordan).
larni qitiqlaydi. Bularning qo’zg’alishi esa tana holati va ko’z mushaklari harakatini tartibga
soluvchi tegishli mushaklarning reflektor javobini yuzaga keltiradi.
Eshituv dsg’lari '(macula sacculi et masula utericuli). Eishtuv deg’la-ri
eshituv qirralariga
o’xshash tuzilishga ega. Ularda ham ikki turli: sezuvchi tukln (retceptor) va tayanch hu-jayralar
joylashgan. Tayanch hujayralar yuqorida ko’rsatilgan tuzi-lishga ega. Sezuvchi hujayralar aynan
yuqoridagidek ikki tipga bo’li-nadi (123-rasm). Bu hujayralar ham zshituv kirrasidagi hujayralar
tipida tuzilgan. Ammo sezuvchi tukli hujayralarning tukchalari bu erda birmuncha kaltaroqdir.
Eshituv dog’lari epiteliysininr yuzasi maxsus ingichka tolali dirildoq membrana bilan qoplanib,
unda kal’tciy karbonatdan ibzrat kristallar - otolitlar yoki etato-koniylar (statoconiae) joylashadi.
Otolit myombrana (membrana stata-coniorum) ichiga sezuvchi hujayralarning tuklari botib
kiradi. Ogolitlar boshning turli harakatlarida qo’zg’alib, sezuzchi hujayra-larning tuklarini
siljitadi va ularni qitiqlaydi. Tukli hujay-ralarning qitiqlanishi bu erdagi fermentlar akt^vligining
oshishi yoki kamayishiga olib keladi. Sinapslardzn qo’zg’alish
vesgibulyar nerv orqali
analizatorning tegishli markaziy kismlariga uzatiladi.
Bachadonchaning eshituv dog’i tana holatining fazodagi o’zga-rishi bilan bog’litc bo’lgan
ta’sirotlarni qabul qiladi. YUma-loq qopchaning eshituv dog’i, bundan tashqari, vibratcion tebra-
nishlarni ham qabul qiladn.
HID BILISH ORGANI
Hid bilish organinnng (organum olfactus) taraqqiyoti ko’z qadahining taraqqiyotiga o’xshab,
nerv sistemasi bilan uzviy bog’liqdir. Hid bilish organining kurtaklari nerv plastinkasi-ning
oldingi chekkasida bir"juft hidlov chuqurchalari shaklida bo’ladi. Bu kurtaklar yuqorigi va o’rta
burun chig’anoqlariga to-mon siljiydi. Hidlov chuqurchasining elementlari embrion ta-
raqqiyotining 4-oyiga kelib neyroglial va neyrosensor (hidlov) hujayralarga aylanadi.
Hid bilish organining tuzilishi. Hid bilish organining se-zuvchi yuzasi burun bo’shlig’ining
shilliq pardasida joylashgan. Ma’lumki, burun bo’shlig’ida uch qism: dahliz, respirator va hidlov
qismlari farq qilinadi..
Hidlov qism burun bo’shlig’ining eng yuqori bo’limlarinn, ya’ni yuqori chig’anoqni, o’rta
chig’anoqning
yuqori qismini, burun to’sig’ining yuqori va orqa bo’limlarini egallaydi. Hidlov
soha-sining shilliq pardasi silliq yuzaga ega- bo’lib, respirator qismdan sarg’imtir tusi bilan
ajralib turadi. U epiteliysi-mon va xususiy qavatlardan iborat.
Hidlov sohasida epiteliysimon qoplam (hidlov epiteliysi) baland (60-90 mkm) bo’lib, ko’p
qatorli tcilindr shakliga ega. Bu qoplam ikki xil hujayra: tayanch va sezuvchi hidlov (n e y r o s e
210
n s o r) hujayralaridan iborat (124-rasm). Ular xususiy biriktiruvchi to’qimali qavatdan bazal
membrana bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: