206
vakuo-lalar va yirik lipid tomchilari kuzatiladi. Hujayralarning yuzasida juda ko’p
mikrovorsinkalar bo’ladi. Bu hujayralar-ning glikogen va ba’zan fermentlarga
boyligi ularning
trofik vazifasini bajarishidan dalolat beradi.
Genzen hujayralaridan tashqariroqda kubsimon tashqi ushlab turuvchi (Kladius) hujayralari
joylasha-di. Ular asta-sekin o’zgarib, tomirli tasmachani qoplovchi epi-teliyga aylanadi.
Klaudius hujayralari bilan tomirli tasma-cha o’rtasida egatcha joylashgan. Egatcha spiral
bog’lam to’qimasiga botib turuvchi epiteliy hujayralaridan tuzilgan. Ba’zi ma’-lumotlarga ko’ra
ushbu hujayralar endolimfa ishlab chiqa-radi.
Ichki ustun hujayralaridan ichkariga tomon kutikulali boshchalarga ega bo’lgan baland va nozik
barmoqsimon o’simtalarga zga bo’lgan ichki falangali hujayralar bir qator bo’lib yotadi.
Ularning ustida ichki eshituv yoki tukli hujayralar yotadi. Ichki falangali hujayralar asta-sekin
spi-ral egatning kubsimon hujayralariga o’tadi.
Ichki sezuvchi tukli hujayralar ichki falangali hujayralar yuzasida bir qator bo’lib yotadi, tashqi
sezuvchi tukli hujayralar esa tashqi falangali hujayralar ustida 3-4 qator bo’lib joylashadi. Ichki
tukli hujayralar-ning soni 3000, tashqi tuklr! hujayralar esa 12 000-20 000 atrofida bo’ladi.
Ichki sezuvchi tukli hujayralar tubi keng ko’zacha shakliga ega. Ularning bir oz qavariq
cho’qqilarida 3-4 qator yotgan 30- 60 ta kalta tukchalar (sterotciliylar) joylashadi. Bu hujay-
ralarning yadrolari bazal tomonda yotadi. Ichki sezuvchi hujay-ralarning apikal qismi kutikula
bilan qoplanib, ulardan sezuvchi tukchalar o’tadi.
TCitoplazmada mitoxondriyalar, donador va
silliq endoplazmatik to’r kuzatiladi.
Tashqi sezuvchi tukli hujayralar tcilindrsimon bo’lib, tubi yumaloqdir. Ularning ham apikal
yuzasida eshituv tukchalari tutuvchi halqasimon kutikulyar plastinka joylashadi. Bu hujay-
ralarning tubi Deyters hujayralarining tanalaridagi apikal chuqurchalarga botib turadi. Tashqi
sezuvchi hujayralarning tuk-chalari kutikulyar plastinka ustida joylashib, popuksimon shakl kasb
etadi. Bu popukcha qoplovchi membranaga tegib turadi.
Eshituv tukchalari yoki stereotciliylar ko’p miqdorda zich jon-lashgan fibrillalarga ega.
TCitoplazmada mitoxondriyalar, tur-li kattalikdagi donalar va pufakchalar tutuvchi membranali
serqatlam strukturalar kuzatiladi.
Sezuvchi hujayralarning tcitoplazmasi oksidlovchi ferment-lar, monofosfoesterazalar, oqsillar va
nuklein kislotalarga boy. Bundan tashqari, tashqi tukli hujayralar glikogenga, ular-ning sezuvchi
tukchalari esa fermentlarga, jumladan, atcetilxo-linesterazaga mo’l bo’ladi.
Sezuvchi hujayralarga nog’ora labning nerv teshiklaridan o’tuvchi nerv tolalari keladi. Bu tolalar
spiral gangliyda joylashgan bipolyar neyronlarning kalta o’simtalari bo’lib, eshituv organida
mielin pardasini yo’qotadi.
Tolalar oldin ichki, so’ngra esa tashqi sezuvchi hujayralarning tub
qismlarida nerv oxirlari hosil qilib tugallanadi. Bunda sezuvchi hujay-ralarning qobig’i
presinaptik membrana, nerv o’simtasining qobig’i esa postsinaptik membrana bo’lib xizmat
qiladi. Bipo-lyar neyronlarning uzun neyritlari eshituv nervi tarkibida impul’slarni markazga
etkazadi.
Spiral organ ustida qoplama p a p d a (membrana tectoria) joylashadi. Bu parda spiral organni
qoplaydi va sezuv-chi hujayralar ustida ularning tukchalariga tegib turadi. Reys-ner
membranasidan boshlangan ushbu spiral parda dastlab
hu-
jayralarga
zich yondoshib yotadi,
so’ngra u yassi bo’rtma tarzida spiral organ ustida osilib turadi. Parda nozik fibrillyar tu-zilishga
ega.
U
radial
yo’nalgan kollagen tolalardan va ularni jipslashtirib turuvchi
glikozaminoglikanlarga boy asosiy mod-dadan iborat.
CHig’anotc kanalining devori limb sohasida past tcilindrik epiteliy bilan qoplangan. Qoplama
parda shu epiteliyning mah-suloti hisoblanadi.
Eshituv organining gistofiziologiyasi. Eshituv yo’li orqali o’tgan tovush to’lqinlari ta’siri
natijasida hosil bo’lgan nog’o-ra pardaning tebranma harakati eshituv suyaklari vositasi oilan
oval darchaga uzatiladi va vestibulyar narvondagi peri-
limfann tebranma harakatga keltiradi. Bu harakat esa chig’a-noqning cho’qqisida pog’ora
narvonkipg perilimfasiga uzatiladi. Bu tebranish tovushning tezligi va chastotasiga bog’liq
bo’lib, bazilyar plastinkani va qoplama pardani ma’lum amplitudada tebrantiradi. Tebranish
207
jarayonida eshituv hujayralari qop-lama pardaga go.h yaqinlashib, goh undan uzoqlashadi.
Bunda hu-jayralarning tuklari qitiqlanadi va bu sezuvchi hujayralar-ning qo’zg’alishiga olib
keladi. Qo’zg’alish jarayonida sezuvchi hujayralarda fermentlarning aktivligi o’zgaradi,
atcetilxolin hosil bo’ladi va emiriladi. Bu qo’zg’alish nerv oxirlariga, ulardan esa markaziy nerv
sistemasiga uzatiladi va bu erda eshituv sezgilariga aylanadi. CHig’anoqning tub qismida
joylashgan tuk-li hujayralar yuqori chastotali tovush to’lqinlarini, uch qismi-dagilari esa asosan
past chastotali tovushlarni qabul qiladi
PARDALI LABIRINTNING
VESTIBULYAR QISMI
Muvozanat organi yumaloq qopcha va bachadonda joylashgan ikkita eshituv dog’i va yarim
aylana kanalchalarining ampulala-rida joylashgan uchta eshituv qirralari (tojlar) dap tashkil
topgan.
Faqat shu joylardagina sezuv hujayralari joylashib, ular dahliz nervining tarmoqlari bilap
sinapslar hosil kiladi. Parda xaltachalari va yarim aylana kanalchalarning qolgan barcha
qismlarining devori ancha oddiy tuzilgan; ularning aso-sini zich biriktiruvchi to’qima, bazal
membrana va zpitslial qoplam tashkil qiladi. Biriktiruvchi to’qima
kollagen tolala-rining zich
tutamlaridan iborat bo’lib, bunday tolalar parda-ni suyak usti pardasi bilan ham tutashtiradi.
Tolalar orasnda-gi katakchalarda perilimfa oqadi. Bu biriktiruvchi to’qimali parda ustida
shishasimon bazal membrana yotadi. Bazal membra-na bir qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan.
Biriktiruvchi to’qima pardaning suyakka qaragan tashqi yuzasi esa yassi endote-liysimon
hujayralar bilan qoplangan.
Eshituv qirralari (cristae amullaris). Ampulalarda ichki bur-malar joylashib, ularda sezuvchi
epiteliy yotadi. Bu epiteliy ikki, hatto uch qatorli bo’lib ko’rinadi (122-rasm). Bu erda ikki xil
hujayralar - tayanch va sezuvchi hujayralar bo’ladi. Tayanch hujayralarning (epitheliocyti
sustentantes) tub qismi keng bo’lib, shu erda to’q bo’yaluvchi yadro tutadi. Hujayralarning asosi
bazal membranada yotadi, cho’ziq tanasi esa epiteliyning yuzasigacha etadi.
Bu hujayralarning
tcitoplazmasida tayanch fibrillalar, ko’pgina mitoxondriyalar va hujayra cho’qqisida juda ko’p
ingichka tcitoplazmatik mikrovorsinkalar bo’ladi.
Sezuvchi tukli yoki retceptor hujayralar (cellulae sensoriae pilosae) ko’zachalar va tcilindr
shaklida bo’-lib, ularning tolachalarga boy cho’qqilari bevosita labirint bo’shlig’iga qaragan.
Ular o’z shakllari bo’yicha ikki tipga bo’li-nadi.
208
122- rasm. Eshituv qirrasining tuzilishsh (sxema).
1 - chegara gumbazgning dnrildsq moddasi; 2 -•-tuklar; 3 - sezuvchi tukli hujayralar; 4 - nerv
oxirlari:
s
.-mag’izli nerv tolalarn; 6- tayanch xun
zpiteliysi; 8 -bazal mechbrana ( Kol’-merchan).
Do'stlaringiz bilan baham: