Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

Y
OG

 
to`qimasi (textus adiposus).
YOG
`
hujayralari biriktiruvchi to`qimaning ma’lum 
qismlarida to`planib, yog` to`qimasini hosil qiladi. Ikki xil yog` to`qimasi tafovut qilinadi: oq va 
qo`ngir. 
Oq yog` to`qimasi hujayralari yuqorida («
YOG
`
hujayralari» ga q.) tasvirlangan tuzilishga 
ega bo`lib, u yog` to`qimasining asosiy qismini tashkil etadi. Qo`ng`ir yog` to`qimasi odamda ilk 
yoshlik davrida (kuraklar atrofida va tananing yon taraflarida) uchraydi. Qo`ng`ir yog` to`qimasi 
hujayralari sitoplazmasida mayda yog` tomchilari orasida donador endoplazmatik to`r, Golji 
kompleksi, ko`p miqdorda mitoxondriya va glikogen kiritmalari joylashadi. Yog’
hujayralaridagi 
sitoxromlar yog` to`qimasiga qo`ng`ir tus beradi. Yog’
hujayralaridagi yog` to`plamlari energetik 
manba hisoblanadi. 100 g yog` yonganda energiyadan tashqari 107,1 g suv ajraladi. Shunday 
qilib, suv yetishmaganda yog` suv manbai bo`lib ham xizmat qiladi. 
Metabolitik jarayonda qo`ng`ir yog` to`qimasi alohida o`rin tutadi. Uning metabolitik 
aktivligi oq yog` to`qmasiga nisbatan 20 marta yuqori. Organizm soviganda qo`ng`ir yog` 
to`qimasi mitoxondriyalarida fosforlanishning oksidlanishdan ajralishi natijasida issiqlik 
energiyasi ajralib, u organizmni isitadi. Yog’
to`qimasi mexanik funksiyani ham bajarib, 
organizmni turli ta’sirlardan saqlaydi (masalan, teri osti yog` kletchatkasi). 
Pigment to`qimasi (textus pigmentosus).
Bu to`qima ko`p miqdorda pigment 
hujayralarini (melanotsitlarni) saqlaydi. Bu to`qima so`rg`ich sohasida, anal teshigi atrofida, 
yorg`oq xaltada hamda ko`zning qon tomir va rangdor pardalarida uchraydi. 
Shilliq to`qima (textus mucosus).
Bu to`qima faqatgina embrionlarda uchraydi. Uning 
hujayralari asosan fibroblastlar bo`lib, asosiy moddada juda ko`p miqdorda gialuron kislotasi 
uchraydi. Bu kislota amorf yoki asosiy moddaga dirildoq yoki shilliqsimon xususiyat beradi. 
Homiladorlikning ikkinchi yarmidan boshlab asosiy moddada kollagen tolalarining miqdori 
oshadi va shilliq to`qima siyrak tolali biriktiruvchi to`qima shaklini ola boshlaydi. 
BIRIKTIRUVCHI TO’QIMANING YOSHGA QARAB O’ZGARISHI 
Biriktirurchi to`qimada yoshning o`tib borishi bilan asta-sekin hujayra elementlarining 
kamayishi kuzatiladi. Asosan fibro blast hujayralari kamayishi natijasida ma’lum darajada aso-
siy modda ham kamayadi. Yosh
biriktiruvchi to`qima asosiy moddaga boy bo`lib, tolalar kam 
bo`ladi. Funktsional aktiv hujayra elementlarining bo`lishi biriktiruvchi to`qimada moddalar al-
mashinuvining yuqori bo`lishini ta’minlaydi. Yosh
o`tishi bilan biriktiruvchi to`qima 
glikozaminoglikanlarining tarkibiy qismlari ham o`zgaradi. Gialuron kislota kamayib, 
xondriotinsulfat va uning efirlari oshadi. Sulfatlangan polianionlar oshishi uning qon 
plazmasining beta-lipoproteid fraksiyasi bilan erimaydigan komplekslar hosil qilishiga olib 
keladi. Bu esa qon tomir devorida ateromatoz tanachalar hosil bo`lishiga va ateroskleroz 
kasalligining rivojlanishiga sabab bo`ladi. Xondriotinsulfatning ko`payishi uning kaltsiy tuzlari 
bilan bog`lanishini kuchaytirib, bu jarayonlar organizm qarishi bilan parallel kechadi. 
Shunday qilib, yosh ulg`ayishi bilan biriktiruvchi to`qimaning tolalari ko`payib, hujayra 
elementlari kamayadi. Bu jarayon shunchalik sezilarliki, ko`pchilik mualliflar a’zolarning yosh 
ulg`ayishi bilan sklerozga uchrashini e’tirof etadilar. Bu esa a’zolarning biriktiruvchi to`qima 
orqali oziqlanishini buzilishga olib keladi. 
QON VA BIRIKTIRUVCHI TO’QIMA HUJAYRALARINING O’ZARO 
MUNOSABATI 
Ichki muhit tuzilmalari bo`lgan qon va biriktiruvchi to`qima hujayralari kelib chiqishi, 
tuzilishi va faoliyati bo`yicha bir-biri bilan uzviy bog`liqdir. Sog`lom organizmda ular orasidagi 
munosabat yaqqol ko`zga tashlanmaydi. Ba’zi kasalliklarda (masalan, yallig`lanish jarayonida), 
bu hujayralarning birgalikda faoliyat qilishini aniq ko`rish mumkin. Yallig`lanish - bu to`qi-
malarda turli shikastlovchi ta’sirlarga javoban vujudga keladigan himoya jarayonidir. Bu jarayon 
bir-biridan keskin chegaralanmagan bnr necha bosqichlardan iborat bo`lib, uning har bir 
bosqichida qon va biriktiruvchi to`qimaning ma’lum bir hujayralari asosiy o`rin tutadi. To`qima 
jarohatlanganda yoki unga yot zarrachalar (masalan, mikroblar) tushganda dastavval shu joy-


131 
dagi qon kapillyarlarining kengayishi va devorining o`tkazuvchanligi oshishi kuzatiladi. 
Natijada, yallig`lanish maydonida to`qima suyuqligining miqdori keskin oshadi va shish hosil 
bo`ladi. Yallig`lanish maydonidagi parchalanish mahsulotlari bu yerga neytrofil leykotsitlarni 
jalb qiladi (xemotaksis). Qon kapillyarlari devori orqali chiqqan neytrofil leykotsitlar yallig`la-
nish maydoni atrofida to`planadi va leykotsitar valni hosil qiladi. Neytrofil leykotsitlar yot 
zarrachalarni fagotsitoz qiladi va shu bilan birga o`zlari ham ko`p miqdorda yemiriladi. Keyingi 
bosqichda yallig`lanish maydoni atrofiga ko`p miqdorda monotsitlar va limfotsitlar to`planadi. 
Monotsitlar makrofaglarga aylanib, yot zarrachalarni fagotsitoz qiladi. Yallig`lanish maydoni yot 
zarrachalardan va yemirilgan hujayra qoldiqlaridan tozalangandan so`ng bu yerda qayta tiklanish 
(regeneratsiya) bosqichi amalga oshadi. Bu bosqichda yallig`lanish maydonida ko`p miqdorda 
fibroblastlarning hosil bo`lishi kuzatiladi. Ular kollagen tolalarini ishlab chiqarib, jarohatlangan 
joyning qayta tiklanishini ta’minlaydi. Shunday qilib, yallig`lanish jarayonida shartli ravishda 
ketma-ket keladigan uch bosqichni qayd qilish mumkin: a) leykotsitlar; b) makrofaglar; v) 
fibroblastlar bosqichlari. Bu jarayonda aytib o`tilgan hujayralardan tashqari to`qima bazofillari, 
eozinofil va bazofil leykotsitlar ham ishtirok etadi. 
Ichki muhit tuzilmalarining, ya’ni qon va biriktiruvchi to`qima hujayralarining o`zaro 
munosabati rangli sxemada keltirilgan (sxemaga qarang). Bu sxema professorlar Q. R. 
To`xtayev, A. Yu. Yu`ldoshevlar olib borgan ko`p yillik tadqiqotlar asosida tuzilgan bo`lib, ikki 
asosiy qismdan iborat. Uning birinchi qismida qon hujayralarining taraqqiyoti keltirilgan. Bu 
yerda qonning o`zak hujayralaridan to yetuk qon shaklli elementlari hosil bo`lgunga qadar 
kechadigan jarayonda (ya’ni, gemopoez jarayonida) bo`ladigan morfologik o`zgarishlar o`z 
ifodasini topgan. Sxemaning ikkinchi qismi esa to`qimalarga o`tgan qon hujayralarining 
biriktiruvchi to`qima va epiteliy to`qimasi hujayralari bilan o`zaro munosabatini aks ettiradi. Yot 
zarrachalar, masalan,. mikroblar, ichki muhitga jarohatlangan teri yoki shilliq pardalar epitslinsi 
orqali kiradi. Ularga javoban kapillyarlar va post kapillyar venulalar devori orqali leykotsitlar 
chiqadi.. Ular bazal membranadan o`tib, epiteliy orasiga kirishi va bu yerda yot zarrachalar bilan 
uchrashishi mumkin. Epiteliy jarohatlanganda yot zarrachalar shilliq qavatning xususiy 
pardasiga kirishi mumkin. Bu holda qon va biriktnruvchi to`qima hujayralarining himoya 
vazifasi bevosita shu yerda amalga oshadi. 
Shunday qilib, organizmda kechadigan yallig`lanish va barcha turli xil himoya 
reaksiyalarida qon va biriktiruvchi to`qima hujayralari bir-biri bilan uzviy bog`liq holda ishtirok 
etadi. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish