213
cho’ziladi. Natijada tomir bo’shlig’i
kengayib, qon zarbi susayadi. Diastola paytida esa tomir
devori yana ilgarigi holatga qaytadi. Elastik arteriyalar tuzilishini aorta devorining tuzilishi
misolida ko’rib chiqamiz.
125- rasm. Elastik tipdagi arteriya. Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgan. 0b.20. ok. 10.
1 –
ichki parda; a – endoteliy; b – endoteliy osti qatlami; 2 – o’rta parda; d –
darchali elastik
membranalar; e – silliq mushak hujayralar; 3 – tashqi parda.
Ichki parda (tunica intima) tomir bo’shlig’iga qaragan bo’lib, o’z navbatida u ham uch
qavatdan tuzilgan:
endoteliy, endoteliy osti qavati va elastik tolalar chigali.
Bu t o m i r l a r e n d o t e l i y s i (endothelium) bazal membranada joylashgan yirik,
yassi hujayralar bo’lib, ular tomir bo’ylab yotadi. Odam aortasining endoteliy hujayralarining
bo’yi ba’zan 500 mkm ga, eni esa 150 mkm ga yetadi. Bu hujayralar ko’pincha bir yadroli
bo’lib, elektron mikroskopda o’rganilganda ularning sitoplazmasida
turli shakl va kattalikdagi
anchagina (200 dan 700 gacha) mitoxondriyalar ko’rinadi. Endoplazmatik to’r sust rivojlangan
bo’lib, membranasida oz miqdorda ribosomalar tutadi.
E n d o t e l i y osti q a v a t i (stratum subendotheliale) ancha qalin bo’lib, aorta devo-
rining 15–20 foizini tashkil qiladi. U siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan
tuzilgan va ko’p miqdorda ixtisoslashmagan yulduzsimon huayralar tutadi. Bu qavat
Langgans
qavati
deb
ham nomlanib, bu yerda bo’ylama yo`nalgan ayrim silliq mushak hujayralari ham
uchraydi. Ichki pardaning hujayralararo asosiy moddasi glikozaminoglikanlarga va
fosfolipidlarga boy bo’lib, tomir devorining oziqlanishida muhim rol o’ynaydi.
O’rta va keksa yoshdagi kishilarda asosiy moddada xolesterin va yog’ kislotalar uchraydi.
Endoteliy osti qavatidan chuqurroqda nozik elastik tolalarning qalin to’ri (plexus fibroelasticus)
joylashgan bo’lib, unda ichki aylana va tashqi bo’ylama qatlamlarni ajratish mumkin.
Aortaning ichki pardasi yurakdan chiqish joyida uchta yarim
oysimon klapanlar hosil
qiladi. Ichki pardaning elastik tolalar turi keskin chegarasiz o’rta pardaga o`tadi.
O’r t a p a r d a (tunica media) juda ko’p darchali elastik membranalar (m. elastica
214
fenestrata) dan tashkil topgan. Bu membranalar elastik tolalar bilan o’zaro bog’lanib, boshqa
pardalarning elastik elementlari bilan birgalikda yagona elastik karkas hosil qiladi.
Darchali
elastik membranalarning soni 40–50 taga yetadi. Ular orasida oz miqdorda fibroblastlar
uchraydi. Membranalar orasida ularga nisbatan qiyshiq yo’nalgan silliq mushak hujayralari joy-
lashadi. O’rta qavatning bunday tuzilishi aorta devorining elastikligini ta’minlaydi, sistola
davrida u kengayib, qon zarbini yumshatadi va diastola vaqtida tomir devorining tonusini saqlab
turishga yordam beradi.
T a s h q i p a r d a. (tunica externa) siyrak tolali
shakllanmagan biriktiruvchi
to’qimadan iborat bo’lib, unda asosan uzunasiga yo`nalgan ko’p miqdordagi elastik va kollagen
tolalar joylashadi. Tashqi pardada tomirlarning nervlari (nervi vasorum) va tomirchalari (vasa
vasorum) joylashib, bular o’rta qavatga ham o’tadi. Tashqi parda tomir devorining cho’zilib yoki
yorilib ketishidan saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: