To’liq kotirovka - sotuvchi va xaridorning kurslarini aniqlash.
To’lov muddati berilgan kundan boshlab hisoblanadigan veksel - veksel
tuzilgan kun yoki sanadan boshlab to’lov muddati hisoblanadigan veksel.
To’lovlar oqimi - vaqt bo’yicha tao’simlangan ko’plab to’lov va tushumlar.
To’xtovsiz annuitet - bu shunday to’lovlar ketma-ketligiki, ular juda tez-tez
to’lanadi va ularni to’xtovsiz deb qarash mumkin.
To’xtovsiz foizlar - cheksiz kam davr uchun hisoblanadigan foizlar.
To’g’ri kotirovka - chet el valyutasi birligi qiymatini milliy pul birligida
baholash.
Uzoq muddatli obligatsiya - 7 yildan 30 yilgacha muddatga chiqarilgan
obligatsiya.
Uzoq muddatli foizlar - bir yildan ko’p muddatli investitsiya bo’yicha
hisoblanadigan foizlar.
"Uilshir-5000" indeksi - "Uilshir assoshieyts" kompaniyasi tomonidan
hisoblanadigan va Nyu-York fond birjasida kotirovka qilinadigan va birjadan
tashqaridagi oborotda bo’lgan 5000 kompaniya aktsiyalari bahosining xarakatini
xarakterlaydigan ko’rsatkich.