Spot operatsiyasi -
hisob-kitob bitim tuzilgan kundan keyingi ikki kun
mobaynida bitim tuzilgan kunda qayd etilgan kurs bo’yicha amalga oshiriladigan valyuta
operatsiyasi.
Stavka -
foiz summasining koeffitsientlarda yoki foizlarda ifodalangan ba’zi bir
asos kapitalga nisbati.
Suzuvchi stavka -
anik miqdori noma’lum bo’lgan stavka.
Taklif bahosi -
sotuvchi tomonidan o’rnatilgan baho.
Talab bahosi -
xaridor tomonidan o’rnatilgan baho.
Tarmoq banki -
aniq bir tarmoq (sanoat, savdo, qishloq xo’jaligi)ga xizmat
ko’rsatuvchi bank.
Tezkor annuitet -
muddati darrov boshlanadigan renta, masalan, kontrakt
faoliyati boshlanishi bilanoq.
Tender -
biror bir ishlab chiqarish, moliyaviy, savdo va h.k. operatsiyasini
amalga oshirish uchun talabgorlar orasidan eng samarali loyihani ajratib olish (yoki
talabgorni konkursda yutib chiqishi).
Do'stlaringiz bilan baham: |