7
statistiklarining takliflariga qo’shilgan holda bizning fikrimizcha moliya statistikasining
o’rganish ob’ekti barcha moliya operatsiya va bitimlar (kengroq moliyaviy loyiha va
dasturlar)dir, predmeti esa shu operatsiya va bitimlarni samaradorligini ifodalovchi
ko’rsatkichlarini hamda bitim qatnashchilarini foiz, norma, koeffitsent, chegirma va
ustama diskont va dividend, renta va marja, baho va kurs shakllarida hisoblanadigan
daromad va xarajatlarni hisoblashni va tahlilini o’rgatuvchi metodlar yig’indisiga
tushuniladi. Boshqacha aytganda moliya statistikasi deganda qisqa va aniq moliyaviy
hisob-kitoblarni ta’minlaydigan metodlar yig’indisi tushuniladi.
Moliya statistikasi faqat ommaviy hodisalar bo’yicha xulosa chiqarib qolmasdan
(ushbu fikrni statistika bo’yicha chop qilingan adabiyotlarni 90 foizda uchratasiz), balki
alohida operatsiya va bitim qatnashchilari bo’yicha ham xulosa chiqarishi mumkin. Bu
tamoyil moliya statistikasining boshqa statistika fanlaridan farqi va ustunligidir. Shunday
qilib, darslik muallifi moliya statistikasining keng ma’noda tushunib, uning moliyaviy
bozorini ko’rgan manfaati va zarari nuqtai nazaridan tahlil qilishda qo’llanadigan statistik
metodlar yig’indisi deb anglaydi va darslikni hamma bo’limlarida bu fikr ustivorlik
qiladi. Bu erdan moliya statistikasi boshqa fanlar bilan bog’liq emas ekan degan fikr
kelib chiqmasligi kerak, teskarisi u iqtisodiy statistika va milliy hisoblar tizimi bilan
bevosita bog’liq.. Masalan, moliya statistikasining o’rganish obektlaridan bir davlat
byudjetidir. Ma’lumki, byudjet daromadlari va ularni qayta taqsimlash yalpi ichki
mahsulotni o’zgarishi sur’atiga ta’sir qiladi va o’z navbatida YaIM davlat byudjet
daromadining asosiy manbai hisoblanadi.
Moliya statistikasi bank-kredit resurslarini, stavkalarini, lizing summalarini,
investitsiyalarning loyixaviy va haqiqiy samaradorligini, fond, sug’urta, valyuta
bozoridagi manfaat va yo’qotishlarni va boshqalarni o’rganadi. Moliya, kredit, sug’urta,
lizing, investitsiya va boshqa organlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisoboti
ma’lumotlar moliyaviy bozorni statistik tahlil qilishda asosiy manbaa bo’lib xizmat
qiladi. Demak moliya statistikasi bank ishi, moliya, sug’urta, buxgalteriya hisobi, audit
va boshqa fanlar bilan ham chambarchas bog’liq.
Iqtosodiy nazariya va statistika nazariyasi fanlari moliya statistikasining nazariy va
metodologik asosi bo’ladi, chunki moliya bozoridagi qonun va kategoriyalar iqtisodiy
nazariyada shakllantirilgandan so’ng statistika metodlari yordamida miqdoriy o’rganiladi
va o’lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: