1.4. Moliya statistikasining ma’lumot manbalari
O’zbekiston Respublikasining Davlat statistikasi to’g’risidagi 2002 yilda qabul
qilingan qonunida “moliya, bojxona, soliq organlari, bank hamda boshqa idoralar va
xizmatlar, shuningdek yuridik shaxslar, ularning vakolatxonalari va filiallari, jismoniy
shaxslar shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat statistika organlariga davlat
statistikasi hisobotlarini “bepul taqdim etadi “ deb yozilgan. Ushbu tezis asosida
moliya institutlarining barchasi buxgalteriya va statistika hisobotlarini topshirishadi.
Hisobotlarda keltirilgan ma’lumotlar moliya statistikasining eng asosiy manbai bo’lib
hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va statistika hisobotlari
amaldagi qonun va qarorlarga muvofiq tashkil etilgan bo’lib ulardagi ma’lumotlar
davlat, tijorat, sotsial tuzilmalarni boshqaruv qarorlarni qabul qilish uchun etarli
bo’lmog’i zarur. Ushbu vazifani bajarish,bozor iqtisodiyoti talablariga mos ravishda
xalqaro amaliyotda qabul qilingan buxgalteriya hisobi va statistika tizimiga o’tishni
ta’minlaydigan davlat moliya statistikasini tashkil qilishni talab qiladi.
O’zbekiston Respulikasida moliyani boshqarish sub’ektlarini tarkib topishi
quyidagi sxema (1.1 chizma)da keltirilgan.
15
1.1-chizma. O’zbekistonda moliyani boshqarish sub’ektlari
Moliya bo’yicha statistik ma’lumotlar mahalliy va davlat statistika organlari va
moliya vazirligi, Markaziy bank, soliq va bojxona qo’mitalari hamkorligida
to’planadi. Ular ichki va tashqi manbalariga egadir.
Ichki manba bu statistika organlarining hisobot, registrlar, ro’yxatlar va
tekshiruvlar turida tashkil qilingan statistik kuzatishlarning shakl va turlaridir. Tashqi
manbaa o’z ichiga (statistika organlaridan tashqari) turli usullarda to’plangan
ma’lumotlarni oladi.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida korxona va tashkilotlar quyidagi
shakllarda xisobot topshiradilar va ular asosida quyidagi ko’rsatkichlar hisoblanadi
(1.2-jadval).
O’zbekiston Respublikasida moliya statistikasining axborot resurslarini
kengaytirish va takomillashtirish borasida bir muncha ishlar qilinmoqda. Jumladan,
moliya, pul muomalasi va kredit statistikasi bo’yicha xalqaro standartlarga o’tish
tadbirlari Davlat Dasturi (O’zR VMning 24.08.94 dagi №433-sonli qarori bilan
tasdiqlangan) da belgilangan.
Respublikada moliya statistikasi ma’lumotlarini to’plash, ishlov berish hamda
talqin qilish, iste’molchilarga etqazib berishda bank texnologiyasi joriy qilinmoqda.
Moliya statistikasi kuzatuvchi sub’ektlarining bosh to’plamini tuzish, EGRPO ni joriy
etish borasida bir muncha ishlar qilingan. O’zbekiston Respublikasida Xalqaro
Valyuta Fondi(XVF,IMF)ning ma’lumotlarini tarqatishning maxsus standartlariga
rioya qilinmoqda. Bu xol, o’z navbatida, moliya statistikasida birlamchi
ma’lumotlarni to’plash va ko’rsatkichlarni hisoblab borishda xalqaro standartlarga
asoslanishni taqozo etadi. Xalqaro moliya statistikasi standartlari bir necha xalqaro
tashkilotlar:
Xalqaro
Valyuta
Fondi
(IMF),
Jaxon
banki
(WB),
BMTSTAT(UNSTAT), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OESD), Evropa
iqtisodiy hamkorligi tashkiloti (OEES), BMTning Evropa uchun iqtisodiy komissiyasi
(UNICEF) va boshqa tashkilotlar hamkorligida yaratilmoqda, xalqaro moliya
statistikasining kontseptsiyasi tariflari va klassifikatorlari ishlab chiqilmoqda.
Молия бош
қариш
органлари
Умумий органлар
Оператив бош
қарув
органлари
Тармо
қ органлари
Олий мажлис
Вазирлар махкамаси
тармо
қ
қўмита
Молия вазирлиги
Соли
қ қўмитаси
Божхона
қўмитаси
Марказий банк
компания
16
Do'stlaringiz bilan baham: |