Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik


 Moliya statistikasining tashkil qilinishining



Download 6,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/260
Sana25.01.2022
Hajmi6,07 Mb.
#408770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   260
Bog'liq
Moliya statistikasi darslik

 
1.3. Moliya statistikasining tashkil qilinishining  
metodologik asoslari 
 
Jahon  iqtisodiyotiga  integratsiyalashuvi  uchun  mamlakatda  qo’llaniladigan 
statistik  ko’rsatkichlarni  hisoblash  metodologiyasi  va  metodlari  jahon  standartlariga 
mos  bo’lishi  taqozo  etiladi.  Bu  moliya  statistikasini  tashkil  qilishda  jahondagi  baza 
hisoblangan tamoyillarga rioya qilish kerak degani. Ularga ma’lumotlarni tekshirishda 
va  chop  qilishda  statistikaning  mustaqilligi;  tanlab  kuzatish  metodini  keng 
qo’llanilishi; xo’jalik yurituvchi birliklardan statistik organlarni oladigan boshlanqich 
ma’lumotlarini konfidentsialligi va boshqalar kiradi. 
Bozor  iqtisodiyoti  yuqori  rivojlangan  mamlakatlarning  ko’pchiligida  tsenz 
tekshiruvlar  maxsus  va  ro’yxatlar  ma’lumotlari  moliyaviy  informatsiya  to’plashda 
asos  bo’lib  xizmat  qiladi.  Uarni  o’tqazish  qonuniy  tartibda  yoki  ijrochi  organning 
qarori  bilan  belgilanadi.  Tsenz  tekshiruvlar  statistikaning  qiyin  va  muxim  ishlaridan 
biri  bo’lganligi  sababli  ekspeditsiya  metodini  maxsus  o’rgangan  shaxslar  yordamida 
o’tqaziladi.  Tsenzlar  va  maxsus  tashkil  qilingan  ro’yxatlar  oralig’ida  ma’lumot 
to’plash  manbai  bo’lib  tanlab  kuzatish  ma’lumotlari  hisoblanadi.  Yuqori  bozori 
iqtisodiyotdagi ega bo’lgan mamlakatlarda moliya statistikasi deganda ko’proq davlat 
byudjeti  statistikasini  tushunishadi  va  ularda  bizni  tushunchamizdagi  korxona 
moliyasi  statistikasi  yo’q.  Masalan,  Federal  nemis  banki  moliyaviy  schyoti  asosida 


 
11 
ssuda  berish,  aktsiya  chiqarish  va  hokazolar  orqali  investitsiyani  moliyalashtirish 
bo’yicha  tasavvurga  ega  bo’lish  mumkin.  Lekin,  moliyaviy  schyotni  maqsadi 
korxonani  moliyalashtirish  jarayoni  emas,  balki  qisqa  muddatli  kreditlash  va  uzoq 
muddatli kapital bozorini kuzatishdir. 
Jaxon  statistika  amaliyotida  bugungi  kunda  bir  qator  standartlar  mavjud. 
Masalan,  buxgalteriya  hisobi,  xalqaro  savdo,  pul-kredit  statistikasi,  to’lov  balansi 
statistikasi, davlat moliyasi statistikasi, milliy hisoblar bo’yicha. 
 Bugungi  kunda  xalqaro  moliya  statistikasi  standartlarini  kontseptsiyasini 
ta’riflarini  va  klassifikatsiyalarini  ishlab  chiqishi  bilan  qator  xalqaro  tashkilotlar 
shug’ullanmoqda.  Ular  orasida  XVF,  BMT,  Iqtisodiy  rivojlanish  va  Hamkorlik 
tashkiloti  (IRXT),  Evropa  Hamkorligi  Komissiyasi  (EHK),  Jahon  banki  (JB)  va 
boshqalar bor.  
To’g’ri mamlakatga hech kim xalqaro standartlarga moslash deb ayta olmaydi 
va  aytmaydi  ham.  Lekin,  jaxon  iqtisodiy  hamjamiyatiga  a’zo  bo’lishni  o’zi  bu 
muammoni  echadi.  Shu  munosabat  bilan  O’zbekistonda  ham  bugungi  barcha 
moliyaviy hisob-kitoblar xalqaro standartlarga, taklifnomalar va me’yoriy hujjatlarga 
mos ravishda amalga oshirilmoqda.  
Hozirgi  zamon  moliya  statistikasi  O’zbekistonda  vazirlaklar  va  qo’mitalarga 
(Moliya Vazirligi, Markaiy bank, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi va 
boshqalar)  tegishli  boshqarma  bo’limlar  va  davlat  statistika  organlari  orqali  tashkil 
qilingan. 
Keng  ma’noda  olganda,  mohiyati  va  tayinlanishi  bo’yicha  Respublikadagi 
yuridik  shaxs  bo’lgan  korxona  va  tashkilotlar  (bo’ysunishi  va  mulk  shaklidan  qat’iy 
nazar) “Davlat statistikasi to’g’risida”gi qonunga muvofiq moliya hisobini yuritish va 
hisobot  berish  bilan  shug’ullanishadi.  Lekin  respublikada  markazlashtirilgan 
moliyaviy  xizmat  ko’rsatadigan  tashkilot  yo’q.  Hozirgi  paytda  bu  ishni 
koordinatsiyalash  moliya,  iqtosidiyot  vazirliklari,  markaziy  bank  va  statistika 
qo’mitasigi  yuklatilgan.  Ular  asosan  vazirliklar  va  muassasalar  tomonidan  taklif 
qilingan  buxgalteriya  hisobi  va  hisobot  shakllarini  ko’rib  chiqish  va  tasdiqlash  va 
ularni  tuzish  va  to’ldirish  bo’yicha  metodik  ko’rsatmalar  tayyorlash  bilan 
shug’ullanishadi. 
Respublika iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotining qonun va talablari asosida qayta 
qurilayotgan bugungi kunda moliyaviy hisob va hisobot ishlari kompleks soha, sektor, 
blok va xalq xo’jaligi tarmoqlari, o’lka va viloyatlar, rezident va norezidentlar, mulk 
va  tashkiliy  huquqiy  shakllari  bo’yicha  amalga  oshirilmoqda.  Ayrim  paytlarda, 
ayniqsa soliq hisobini olib borishda korxonani qaysi kategoriyaga (kichik korxonalar, 
shaxsiy  korxonalar,  qo’shma  korxonalar  va  hokazolar)  qarashliligi  e’tiborga  olinadi. 
Shunday bo’lishi kerak.  
Respublika  iqtisodiyotining  ayrim  institutitsion  sektorlarda  moliyaviy  xisob 
ishlari  aloxida  tavar  ishlab  chiqarish  va  unga  tenglashtirilgan  xizmat  ko’rsatish 
korxona  va  tashkilotlar  bo’yicha  (qaysi  mulk  shakli  va  tashkiliy-huquqiy  bo’ysunish 
turidan  qat’iy  nazar),  moliya  muassasalari  (Markaziy  bank,  tijorat  banklari,  sug’urta 
kompaniyalari,  jamg’armalar  va  moliyaviy  kompaniyalar,  birjalar,  investitsiya  va 
trast,    xolding  va  moliya  sanoat  guruxlari  va  xokazolar)  hamda  davlat  boshqaruv 
organlarida,  tijorat  bilan  shug’ullanmaydigan,  ya’ni  asosan  ijtimoiy  va  xizmat 


 
12 
ko’rsatuvchi tashkilotlar bo’yicha olib boriladi.  
Moliya hisobi va hisobot sub’ekti va boshlang’ich hisobot birligi bo’lib qonun 
bo’yicha hamma ro’yxatlardan o’tgan, rasmiylashtirilgan yuridik va jismoniy shaxslar 
hamda u yoki bu mulk egalari (agar ular iqtisodiy faoliyat ko’rsatish qobiliyatiga ega 
bo’lsa) hisoblanadi.  
Amaldagi  qonunlar  bo’yicha  hamma  ro’yxatlardan  o’tgan  yuridik  va  jismoniy 
shaxslar  yoki  guruxlar  hamda  u  yoki  bu  mulk  egalari  (agar  ular  iqtisodiy  faoliyat 
ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lsa) moliya hisobi va hisoboti sub’ekti va boshlang’ich 
hisob birligi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 17.11.94 
dagi  №555  sonli  qarori  bilan  tasdiqlangan  EGRPO  to’g’risidagi  nizomga  binoan 
respublikada  yangi  tashkil  qilingan  korxona  hokimiyatlar,  adliya  vazirligi  va  uning 
hududiy idoralarida davlat ro’yxatidan o’tgan holda yuridik shaxs maqomini oladi.  
Rasmiy  ro’yxatdan  utmagan  xech  bir  (yuridik  yoki  jismoniy)  shaxs  masalan 
ko’chadagi sigaret sotuvchi shaxslar, o’z qo’yini boquvchi cho’ponlar, shaxsiy vrach 
yoki repititorlar hisob birligi bo’la olmaydi. 
Moliya  hisobi  va  hisobotini  umumlashtiruvchi  ma’lumotlar  (odatda  ular  yil 
oxirida  beriladi)  yig’ma  moliyaviy  balansni  tuzish  uchun  asos  bo’lib  xizmat  qiladi, 
joriy ma’lumotlar esa milliy xisoblar tizimini tuzishda ishlatiladi. Bu ish respublikada 
anchadan beri boshlangan.  
Iqtisodiyot  sektorlarida  ma’lumotlarni  to’plash  va  qayta  ishlash  usullariga  va 
metodlariga  yondashishning  turlichaligi  moliya  hisob-  kitoblarini  tashkil  qilishning 
turli  usullarini  qo’llashni  taqozo  qiladi.  Shu  munosabat  bilan  moliya  statistikasi 
tashkil qilinishi bir butunligida emas, balki tarmoqlar va bo’limlar bo’yicha o’rganish 
zaruriyati tug’iladi.  
Yuqorida keltirilgan holatlar hisobga olingan holda moliya statistikasi quyidagi 
bo’limlardan tashkil topgan: 
-
 
moliya  statitstikasining  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlari  moliya  balansi  va 
schetlar  ko’rsatkichlari,  to’lov  balansi,  xalqaro  moliyaviy  zaxiralar  va  boshqa 
ko’rsatkichlar; 
-
 
davlat moliya statistikasi (davlat byudjeti statistikasi, davlat qarz statistikasi , 
baxo va soliqlar statistikasi); 
-
 
pul muomalasi satistikasi;  
-
 
banklar statistikasi; 
-
 
kapital mablag’lar (qo’yilmalar) statistikasi; 
-
 
kredit statistikasi; 
-
 
sug’urta statistikasi;  
-
 
qimmatli qog’ozlar statistikasi; 
-
 
korxona va tashkilotlar moliyasi statistikasi; 
 
Statistika  organlarida  bu  bo’limlar  yanada  kengaytirilib,  quyidagi  besh 
bo’limda beriladi: 
-
 
moliya statistikasi makroiqtisodiy ko’rsatkichlar; 
-
 
davlat va davlat muassasalari moliyasi statistikasi;  
-
 
tijorat korxona va tashkilotlar moliyasi statistikasi; 
-
 
pul muomalasi va kredit statistikasi; 
-
 
moliyaviy bozorlar statistikasi. 


 
13 
Qo’yilgan maqsad va vazifalarga binoan moliya statistikasi ko’rsatkichlarining 
boshqa variantlardagi guruxlari va bo’linmalari ham uchrashi mumkin. 
Moliya  statistikasi  ko’rsatkichlarini  hisoblash  metodologiyasi  yoki  ularning 
tuzilishi  sxemasi  hozirgi  zamon  moliya  statistikasi  fanining  muxim  tashkiliy 
asoslaridan  biridir.  Chunki  metodologik  jixatdan  to’g’ri  aniqlangan  ko’rsatkichlar 
yoki  gurux  ko’rsatkichlari  asosida  u  yoki  bu  moliyaviy  holat  konstruktsiyani  tuzish 
mumkin va shu moliyaviy modellarining makonda va zamonda o’zgarishini oldindan 
aytib berish imkoni tug’iladi. Moliyaviy hisob-kitoblar eng umumiy ko’rinishida XVF 
(xalqaro  valyuta  fondi)  va  boshqa  xalqaro  tashkilotlar  moliyaviy  ko’rsatkichlar 
standartlari asosida olib boriladi. O’zbekistonda, hozirgi kunda bu klassifikatsiyaning 
asosiy bo’limlari sifatida quyidagi guruxlarga ajratiladi: 
1. Moliya statistikasining yig’ma ko’rsatkichlari: 

 
yig’ma moliyaviy balans ko’rsatkichlari;  

 
to’lov balans ko’rsatkichlari; 

 
milliy hisoblar tizimining moliyaviy ko’rsatkichlari; 

 
O’zbekiston va boshqa mamlakatlarning taqqoslama ko’rsatkichlari; 

 
xalqaro moliya statistikasi ko’rsatkichlari. 
2. Davlat moliyasi ko’rsatkichlari: 

 
davlat byudjeti daromadlari va sarflari ko’rsatkichlari; 

 
davlat byudjet defitsiti ko’rsatkichlari;  

 
davlat qarzi ko’rsatkichlari;  

 
davlat solig’i, boji, tariflari va baxo ko’rsatkichlari;  

 
pensiya  jamg’armasi,  tabiiy  sug’urta  jamg’armasi,  ijtimoiy  sug’urta 
jamg’armasi,  axolini  ish  bilan  bandlik  jamg’armasi,  yo’l  jamg’armasi, 
respublika  kasaba  uyushmalar  kengashi  jamg’armasi  va  boshqa  byudjet 
jamg’armalarning tushumi va mablag’larining ishlatilishi ko’rsatkichlari. 
3. Pul muomalasi ko’rsatkichlari: 

 
pul potoklari ko’rsatkichlari; 

 
pul massasi (agregatlari) ko’rsatkichlari; 

 
pul emmissiyasi ko’rsatkichlari; 

 
pul massasining hududlararo migratsiyasi ko’rsatkichlari; 
4. Kredit operatsiyasi ko’rsatkichlari: 

 
kredit resurslari va qo’yilmalar ko’rsatkichlari; 

 
bank kredit ko’rsatkichlari; 

 
jismoniy shaxs krediti ko’rsatkichlari; 

 
kimoshdi bo’yicha joylashtirilgan kredit resurslari ko’rsatkichlari; 

 
O’zbekiston MB qayta moliyalashtirish stavkasi va boshqa stavkalar.  
5. Investitsiya operatsiyalari va bitimlar ko’rsatkichlari: 

 
investitsiyaning kapital to’plovchi ko’rsatkichlari; 

 
qurishga  qo’yilgan,  shu  jumladan  uy-joy  va  ijtimoiy-madaniy  qurilishga 
qo’yilmalar ko’rsatkichlari; 

 
chet davlatlardan kiritilgan investitsiyalar ko’rsatkichlari;  

 
moliyaviy investitsiyalar ko’rsatkichlari. 
6. Moliyaviy bozorlar faoliyatini xarakterlovchi ko’rsatkichlar: 


 
14 

 
birja fondi bozordagi operatsiyalar ko’rsatkichlari;  

 
qisqa muddatli davlat obligatsiyasi birinchi bozori ko’rsatkichlari;  

 
davlat qimmatli qog’ozlarining kimoshdi daromadaliligi foiz stavkalari; 

 
aholining qimmatli qog’ozlarini sotib olish ko’rsatkichlari;  

 
tijorat banklari faoliyatining xarakterlovchi ko’rsatkichlar; 

 
axolining  xalq  banki  va  tijorat  banklariga  qo’yilgan  qo’yilmalari  harakatini 
xarakterlovchi  ko’rsatkichlar; 

 
sug’urta tashkilotlari faoliyatini  xarakterlovchi  ko’rsatkichlar; 

 
valyuta savdosi va kursini xarakterlovchi ko’rsatkichlar. 
7. Korxona va tashkilotlar moliyaviy faoliyatini xarakterlovchi ko’rsatkichlar: 

 
korxona va tashkilotlar moliyaviy xolatini xarakterlovchi ko’rsatkichlar; 

 
korxona  va  tashkilotlar  moliyaviy  hisoblari  va  o’zaro  hisob-kitoblari 
ko’rsatkichlari;  

 
korxona  va  tashkilotlar  moliyaviy  faoliyatini  natijalarini  xarakterlovchi 
ko’rsatkichlar.  
Moliya statistikasini tashkil qilinishining har bir moliya tarmog’ida o’ziga xos 
xususiyatlari  mavjudligini  ham  aytib  o’tish  kerak.  Bu  o’ziga  xos  xususiyatlar  aynan 
shu  tarmoqning  maqsadi  va  tayinlanishidan  kelib  chiqish  tushunarli.  Masalan,  bank 
statistikasi bilan sug’urta statistikasining maqsadi bir xil emas. Shuning uchun ham bu 
bo’limda  biz  moliya  statistikasi  tashkil  qilinishini  hamma  xususiyatlarini  ko’rib 
chiqdik  deyishga  asos  yo’q.  Qolgan  xususiyatlarga  darslikning  navbatdagi 
bo’limlarida chuqurroq to’xtalamiz. 
 

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish